Foydalanuvchi:Shavkat Xalillayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Enzimologiya (fermentlar yoki enzimlar haqidagi taʼlimot) ning avval boshi achitkilar sabab buladigan spirtli bijg'ish, kraxmalli xom ashyoni shakarga boyitish uchun ungan arpa donlari (solod) dan foydalanish, non yopishda xamirturush ishlatish singari inson tomonidan madaniyat endi paydo bulib kelayotgan davrda qo'llanilgan texnologik protsesslarga borib takaladi. Ferment so'zi latincha fermentum — xamirturush degan so'zdan olingan; fermentlarning enzimlar degan ikkinchi bir nomi yunoncha en zyme, yaʼni achitqilarda, degan suzdan olingan. Peterburg Fanlar Аkademiyasining aʼzosi K. S. Kirxgof 1814 yili soloddan tayyorlangan ekstrakt kraxmalning birmuncha oddiy .Qandlarga aylanishiga sabab bulishini topdi. Boshqacha aytganda, dastlab ferment preparati tirik hujayralar tarki­bida olinmasdan, balki eritma kurinishida olindi. 1897 yili E. Buxner degan nemis olimi yanchilgan achitkilarni presslash yo'li bilan ularning shirasini oldi, bu shira ham garchi hujayralari bo'lmasa-da, spirtli bijg'ishga sabab bo'la olar edi. Mana shu xildagi tajribalar tirik xujayralarda muayyan reaktsiyalarni katalizlaydigan moddalar bo'ladi va bu moddalarni hujayralardan ajratib olib, ximiya metodlari bilan o'rganib chirish mumkin, degan tasavvurni tasdiqlab berdi. XX asrning 30-yillarida baʼzi fermentlar yuksak darajada tozalangan kristalik holda olindi. Ximiyaviy tabiatiga kura bu kristallar oqsil moddalari bo'lib chiqdi va shu narsa fermentlar oqsillardan iborat ekanligini isbot etuvchi dastlabki ishonchli dalil bo'ldi .