Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi:Shahzodbek13pro/Nikelin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

NIKELIN, qizil nikel kolchedan i — arsenidlar sinfiga man-sub mineral. Kimyoviy tarkibi NiAs. Aralashma sifatida So, Fe, Sb, S va b. boʻladi. Geksagonal singoniyali kri-stallari kam uchraydi, koʻpincha dona-dor yaxlit yoki tayoqchasimon massalar hosil qiladi. Rangi och qizil, metal-lsimon yaltiroq. Qattiqligi minera-logik shkala boʻyicha 5,5—6,0. Zichligi 7600—7800 kg/m3. Elektr tokini yaxshi oʻtkazadi. Nikelin magmatik va gidrotermal mis-nikel-kumush va uran-vismutli rudalarda uchraydi. Yer yuzasidagi katlam sharoitlarida osongina ikkilamchi mineral annabergitga aylanadi. Germaniya, RF, AQSH, Kanada va b. mamlakatlarda uchraydi. Kattaroquyumlari toʻplangan joyda nikel olish uchun muhim ruda hisoblanadi.