Foydalanuvchi:Shahinabonu Farhodova/qumloq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bahor qaytmaydi[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Mutolaa
  • Tahrirlash
  • Manbasini tahrirlash
  • Tarix
  • kuzatma

Asboblar

Umumiy

Nashr/eksport qilish

  • PDF sifatida yuklash
  • Bosma uchun versiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bahor qaytmaydi - taniqli oʻzbek rejissori Mirabbos Mirzahmedov 1972-yilda yaratgan kinofilm. Melodramma O'tkir Xoshimovning shu nomli asari asosida suratga olingan. Ushbu film o'z davrining eng yaxshi filmlaridan biri bo'lgan.

Asar haqida[tahrir | manbasini tahrirlash][tahrir | manbasini tahrirlash]

Asarda sevgi, ishonch, umid kabi go‘zal tuyg‘ular bilan bir qatorda, unga qarama-qarshi bo‘lgan salbiy tuyg‘ular - razillik, nafrat, befarqlik, noinsoflik, xiyonat tushunchalari orqali inson taqdirining fojialarini ifoda etadi. Òtkir  Hoshimovning  ,,Bahor qaytmaydi”qissasidagi  har  bir qahramon  va  tasvirning  asardagi òrni beqiyosdir.Yozuvchi  asarning nomidanoq  kimlar  uchundir  bahor endi  hech  qachon  qaytmasligini voqealar  timsolida  kòrsatib beradi.Asar  boshlanmasida tòģridan-tòģri  asar  qahramonlari  haqida ma’lumot beribgina qolmay, kitobxonni asar voqealariga zimdan tayyorlab boradi.Buni birgina,, Bòston qishloģiga  og‘ir-vazmin qadamlar  bilan  kuz  kirib   keldi”gapi  misolida kòrishimiz mumkin.Yozuvchi oddiygina tarzda  kuz  kirib  keldi  deb aytmasdan,  ,,oģir  vazmin  qadamlar bilan”birikmasi  orqali qahramonlarning hayotidagi yuz berishi kutilayotgan  voqealarning oddiy emas,ayni damda qiyin va ziddiyatli jarayonlarda yuz berishini va mana shu jarayonda qaysi qahramonlar òz muvozanatini saqlay olishi-yu qaysilari saqlay olmasligini anglatmoqchi bòladi.

Mazmuni[tahrir | manbasini tahrirlash][tahrir | manbasini tahrirlash]

Bahor qaytmaydi asari 3 ta bosh qahramon hayotiga asoslangan bo'lib, ikki beg'ubor yosh Anvar va Muqaddamning sevgi qissasi ila boshlanadi. Anvarning yaqin do'sti Alimardon esa Muqaddamni bir ko'rishda yoqtirib qoladi va do'stiga xiyonat qilib, u qizga uylanadi. Ammo keyinchalik taqdirlar ayrilib hikoya o'zgacha tus oladi. Alimardonning o'limi bilan yakunlanuvchi ushbu qissada insoniylik, marhamat, o'zaro ishonch tuyg'ulari naqadar nozik munosabatlar ekanligi va birgina xato katta yo'qotishlarga olib kelishi mumkinligi, va bu dunyo o'tkinchi ekanligini uqtiradi.

Rollarda[tahrir | manbasini tahrirlash][tahrir | manbasini tahrirlash]

Alimardon - Lutfulla Sa'dullayev (bosh rolda)

Muqaddam - Gulchehra Sa'dullayeva (bosh rolda)

Anvar - Rustam Afzalov

Lobar - Dilbar Abdulazizova

Iqbol - Mansura Hamidova

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash][tahrir | manbasini tahrirlash]

O'tkir Xoshimov

Lutfulla Sa'dullayev

Gulchehra Sa'dullayeva

Film