Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi:Sevayuu/Marilyn Saviola

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Marilyn E.Saviola – imkoniyati cheklanganlar huquqlari boʻyicha aktivist ayol. 1983-yildan 1999-yilgacha Nyu-Yorkdagi Imkoniyati cheklanganlar Mustaqilligi va 2000-yildan Mustaqil Gʻamxoʻrlik qilish tizimi vitse-prezidenti. Saviola Nyu-Yorkning Manhattan shahridagi poliomiyelitdan omon qolgan nogironlar huquqlarini himoya qilish harakati bilan tanilgan va bu ishi uchun koʻplab mukofot va eʼtiroflarga sazovor boʻlgan.

Hayoti va taʼlimi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Saviola 1945-yil 13-iyulda Manhattandagi Nyu-York shifoxonasida dunyoga kelgan[1]. Uning ota-onasi Peter Saviola va Camilla 'Millieʼ Saviola boʻlib, ular italyan immigrantlari boʻlishgan. 1955-yilning avgustida tugʻilgan kunidan bir necha kun oʻtgach Saviola poliomiyelit bilan ogʻrib qolgan. U Willard Parker Hospital yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan va 2 oy davomida maxsus "temir oʻpka kapsulasida saqlangan[2]. Keyinchalik poliomiyelit unda tetraplegiyani keltirib chiqargan va shu sababdan ham Saviola nogironlar aravachasi va doimiy ravishda tibbiy ventilatordan foydalangan.


Uyiga, oʻz oilasi bagʻriga qaytish imkoni boʻlmaganligi sababli, Saviola oʻzining oʻsmirlik davrida Roosevelt orolidagi Goldwater Memorial Hospital kasalxonasida yashagan. Saviola kasalxonaning yosh bemorlar boʻlimi yaratilishning bir qismi, yaʼni sababchisi boʻlib, unda yoshga mos tartiblar, tadbirlar va sayohatlar mavjud boʻlgan[3]. U Long Island University universitetida tahsil olib, 1970-yilda psixologiya boʻyicha bakalavr darajasini olgan. Birinchi kurslik vaqtida u va boshqa Goldwater bemorlari masofadan turib, telefon orqali darslarga qatnashgan va pochta orqali imtixonlardan oʻtgan[4]. Keyinchalik Nyu-York universitetida reabilitatsiya maslahati bilan magistrlik darajasini olgan[5][6]. Saviola LIUdagi talabalik chogʻida faol talaba Judy Heumann bilan tanishgan.

Saviola 1970-yil oxiri 1980-yilning boshlaridan Goldwater Memorial Hospital kasalxonasida 11 yil davomida reabilitatsiya boʻyicha maslahatchi boʻlib ishlagan[7][8][9]. Goldwater Memorial kasalxonasida ishlagan vaqtida Saviola ogʻir jismoniy nuqsonlari boʻlgan odamlarga yordam bergan va ularga kasalxona hayotidan jamiyat hayotida yashashga oʻtishda yordam bergan[10]. U 1983-yildan 1998-yilgacha Nyu-Yorkdagi Nogironlar Mustaqilligi Markazining ijrochi direktori[11] va 2000-yildan Mustaqil Gʻamxoʻrlik qilish tizimi vitse-prezidenti lavozimida faoliat olib borgan[12]. Saviola Manhattandagi Nogironlik boʻyicha maslahat guruhiga raislik qilgan va Nyu-Yorkdagi Mustaqil Yashash Markazlari Uyushmasi, Nogironlar harakati va Nyu-York shahridagi Medicaid Managed Care Task Force boʻyicha ishchi guruhi kengashlarida xizmat qilgan[13][14]. Saviola nogiron Nyu-Yorkliklarning jamiyat hayoti va mustaqilligini qoʻllab-quvvatlash uchun shtat qonunchiligida ham ishlagan[15][16].

Saviola nogiron ayollarning huquqlari va salomatligi masalalariga alohida qiziqish bildirgan[17][18]. 1979-yilda Ayollar maqomi boʻyicha Nyu-York shahar komissiyasi va nogironlar uchun shahar Mayorlik Offisi tomonidan moliyalasashtrilgan nogiron ayollarning hayotiga bagʻishlangan birinchi konferensiyada nutq soʻzlagan. Konferensiya davomida u nogironlar huquqi faollari Sandra Shnur, Mariya Nardone va Frida Zames edi[19]. Saviolaning targʻibot ishlari natijasida 2019-yilda Bronksning Morrisania manzilidagi NYC Health + Hospitals yangi radiologiya boʻlimining ochilishi moliyalashtirildi, unda qulay tekshiruv stollari va mammografiya uskunalari ham mavjud boʻlgan[20][21].

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Marilyn Saviola 2019-yil 23-noyabr kuni 74 yoshida Bruklindagi uyida vafot etgan[2]. Saviola bilan uning hayoti va faoliyati haqidagi 2001-yilda yozib olingan ogʻzaki intervyu Kaliforniya shtatining Berkli shahridagi Bancroft kutubxonasi Nogironlik Huquqlari va Mustaqil Yashash Harakati Ogʻzaki Tarix Loyihasi bilan birgalikda arxivga olingan[20][22].

  • Poliomiyelitdan omon qolganlar roʻyxati
  1. Genzlinger, Neil „Marilyn Saviola, Disability Rights Advocate, Is Dead at 74“. The New York Times (2019-yil 1-dekabr). Qaraldi: 2019-yil 27-dekabr.
  2. 2,0 2,1 „Marilyn E. Saviola“. New York State Independent Living Council. Qaraldi: 2019-yil 27-dekabr.
  3. „Marilyn E. Saviola“. New York State Independent Living Council. Qaraldi: 2019-yil 27-dekabr.
  4. Turkel, Peter. „Intercom Brings School to Spunky Polio Victims“. Daily News (1965-yil 11-aprel), s. 137. Qaraldi: 2019-yil 25-dekabr.
  5. Genzlinger, Neil „Marilyn Saviola, Disability Rights Advocate, Is Dead at 74“. The New York Times (2019-yil 1-dekabr). Qaraldi: 2019-yil 27-dekabr.
  6. Gehrke, John. „Patients Being Elected to Help Run Hospital“. Daily News (1971-yil 5-avgust), s. 123. Qaraldi: 2019-yil 25-dekabr.
  7. Klemesrud, Judy „Disabled Women: A Conference on Discrimination“. The New York Times (1979-yil 25-may). Qaraldi: 2019-yil 27-dekabr.
  8. „Independence Care System | Our Leadership | Marilyn E. Saviola | SVP“. Independence Care System. Qaraldi: 2019-yil 27-dekabr.
  9. English, Bella. „1st-Class 1st-Grader; Paralysis no Handicap for Girl, 7“. NY Daily News (1981-yil 11-oktyabr), s. 191. Qaraldi: 2019-yil 25-dekabr.
  10. „Marilyn Saviola“. The Center for Translational and Basic Research (CTBR), Hunter College. Qaraldi: 2019-yil 24-dekabr.
  11. April 14, 1995 via ProQuestWalk For Justice To Protest Pataki Budget On Anniversary Of Dr. King's Assassination.
  12. „Marilyn Saviola“. The Center for Translational and Basic Research (CTBR), Hunter College. Qaraldi: 2019-yil 24-dekabr.
  13. „Marilyn Saviola“. The Center for Translational and Basic Research (CTBR), Hunter College. Qaraldi: 2019-yil 24-dekabr.
  14. „Crown Heights“. Daily News (1997-yil 30-sentyabr), s. 97. Qaraldi: 2019-yil 25-dekabr.
  15. „Marilyn E. Saviola“. New York State Independent Living Council. Qaraldi: 2019-yil 27-dekabr.
  16. „Marilyn E. Saviola“. New York State Independent Living Council. Qaraldi: 2019-yil 27-dekabr.
  17. „Marilyn E. Saviola“ (en-US). The Viscardi Center. Qaraldi: 2019-yil 24-dekabr.
  18. Boatman, Mark „Marilyn Saviola: Improving Access to Women's Health Care“ (en-US). New Mobility (2014-yil 2-may). Qaraldi: 2019-yil 24-dekabr.
  19. Klemesrud, Judy „Disabled Women: A Conference on Discrimination“. The New York Times (1979-yil 25-may). Qaraldi: 2019-yil 27-dekabr.
  20. 20,0 20,1 Genzlinger, Neil „Marilyn Saviola, Disability Rights Advocate, Is Dead at 74“. The New York Times (2019-yil 1-dekabr). Qaraldi: 2019-yil 27-dekabr.
  21. „Marilyn Saviola Honored for Advocacy for People with Disabilities' Right to Quality Health Care“. NYC Health + Hospitals. Qaraldi: 2019-yil 24-dekabr.
  22. „New York Activists and Leaders in the Disability Rights and Independent Living Movement: Vol I“. Oral History Center, UC Berkeley Library. Qaraldi: 2019-yil 24-dekabr.

Tashqi havolalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Saviolaning Mustaqil Parvarishlash tizimi veb-sayti profili.