Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi:Sarvinozbegimxon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

 Buyuk Britaniya Qirolichasi, dunyodagi eng keksa va uzoq vaqt hukmron bo‘lib qolayotgan qirolicha Yelizaveta II ni marhum shaxslar ro‘yxatiga kiritib qo‘ydi. Ushbu tasodifiy xabar yana qirolicha Yelizaveta II vafot etsa, uning ta’ziya marosimini o‘tkazish bilan bog‘liq rasmiy protokolni kun tartibiga chiqardi. Xo‘sh, Yelizaveta II o‘lsa, nima bo‘ladi?  

Ajablanarlisi shundaki, har qanday vaziyatda xushmuomala hamda vazmin ko‘ringan inglizlar Yelizaveta II ning vafotidan keyin qanday yashashlarini uzoq va jiddiy muhokama qilishgan. 

2016 yil oktyabr oyining o‘rtalarida Tailand imperatori vafot etdi va yer yuzidagi eng keksa hukmdor monarx unvoni o‘sha paytdagi 90 yoshli Yelizaveta II ga nasib etdi. 1926 yilda tug‘ilgan baquvvat ayol 1952 yildan buyon 68 yil davomida mamlakatni boshqarib kelmoqda va u Britaniya tarixidagi eng uzoq muddat boshqargan monarxdir. Unga bo‘ysunuvchilarning aksariyati Yelizaveta II davrida dunyoga kelgan va olamni usiz tasavvur qila olmaydi. Xo‘sh, u vafot etsa, nimalar bo‘lishi mumkin? 

Katta moliyaviy zararlar

Yelizaveta II ning vafoti Buyuk Britaniya iqtisodiyotiga katta zarar keltiradi. Turli hisob-kitoblarga ko‘ra, mamlakat yalpi ichki mahsulotining 1,5 dan 6 milliard funt sterlinggacha tushib ketishiga olib keladi. Ushbu moliyaviy yo‘qotishlar o‘z ichiga janoza marosimi xarajatlarini olmaydi. Bunday yo‘qotish, avvalo, qirolicha vafot etgan daqiqalardan to 12 kun davom etadigan motam, mamlakatda ishbilarmonlik va ijtimoiy hayot muzlashi bilan bog‘liq. 

Qirolicha o‘lsa, qimmatli qog‘ozlar bozorlari va banklar noma’lum muddatga yopiladi. Televizion kanallar barcha ko‘ngilochar ko‘rsatuvlari va seriallar namoyishini bekor qilishga majbur bo‘ladi. Xuddi shu taqiqlar mamlakat bo‘ylab teatr va konsert tomoshalariga ham taalluqli. Ko‘ngilochar mahsulotlar va xizmatlar sohasi aql bovar qilmas yo‘qotishlarga duch keladi. Dafn marosimi kuni rasmiy ravishda dam olish kuni deb e’lon qilinadi va xalqning onlayn tarzda qirolicha bilan vidolashishiga imkon beriladi. 

“Qirol o‘ldi, yashasin Qirol”

Qadimgi an’ana bor, unga ko‘ra qirollik hokimiyati hech qachon to‘xtamaydi va bitta monarx vafot etishi bilanoq uning o‘rnini zudlik bilan vorisi egallaydi. Shu sababli, motam paytida qirollik belgisi – bayroq hech qachon boshqa bayroqlar singari tushirilmaydi. Ushbu vorislik qoidasi buzilgan kamdan-kam holatlar tarixda "notinch vaqt" deb nomlangan. Shunday qilib, Qirolichaning vafoti e’lon qilingan paytda Buyuk Britaniyada allaqachon yangi monarx paydo bo‘ladi. Taxt 100% valiahd shahzoda Charlzga o‘tadi. Chunki taxtga boshqa voris yo‘q.