Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi:Sarvinoz Umirzoqova/qumloq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Toshkent viloyati Ohangaron tuman 2-sonli kasb-hunar maktabi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rasmiy veb-sayt

Tashkil topishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ohangaron tuman 2-son kasb-hunar maktabi 2007 yil yangi qurilish yoʻli bilan foydalanishga topshirilib, „Ohangaron tumani Transport va servis kasb-hunar kolleji“ maqomida faoliyatini boshlagan. Quvvati 540 oʻrin. Hozirgi kunda 344 nafar oʻquvchi tahsil olmoqda.[1]

Oʻzgarishlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 06 sentabrdagi „Professional taʼlim tizimini yanada takomillashtirish chora–tadbirlari toʻgʻrisida“gi PF-5812 son farmoniga asosan, „Ohangaron tumani Transport va servis kasb-hunar kolleji“ Ohangaron tuman 2-son kasb-hunar maktabiga aylantiridi. Hozirgi kunda 344 nafar oʻquvchi tahsil olmoqda.

Umumiy maʼlumotlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Taʼlim muassasida oʻquv xonalari, innovatsiyon xonalar, oʻquv ustaxonasi (chilangarlik ishi, avtomobil tuzilishi, tikuvchilik, yoʻl harakati qoidalari xonalari), axborot- kutubxona markazi, 150 oʻrinli faollar zali, oʻquv laboratoriya xonalari, bufet, sport zal, avtodrom, 2 dona yengil rusumdagi oʻquv mashq avtomobili (damas, matiz) mavjud.

Qabul yoʻnalishlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qabul rejasi • Axborot vositalari, mashinalari va kompyuter tarmoqlari operatori kompyuter injinirligi („AT-servis“, „Axborot xafsizligi“, „Multimediya texnologiyalari“)

• Avtomobil shassisiga texnik xizmat koʻrsatish va taʼmirlash

• Sotuvchi, nazoratchi-kassir. Maishiy xizmatlar (xizmat koʻrsatish tarmoqlari)

• Payvandlovchi (elektrgazpayvandlash ishlari) payvandlash

• Tikuvchi (Dual taʼlim shaklida) 4 kun korxonada ish oylik ish haqi bilan taʼminlanadi, 2 kun maktabda oʻqish tizimida amalga oshirish. 07.12. 2023 yil Qaror № 647

  1. „Rasmiy veb-sayt“ (2024-yil 25-mart). Qaraldi: 2024-yil 25-mart.