Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi:SarvinozAbdullayevna/qumloq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

"Boburnoma – til qomusi" monografiyasi haqida.

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Zulxumor Xolmonovaning qalamiga mansub ushbu monografiyada "Boburnoma"ning buyuk memuar, tengsiz xotira, til haqidagi nazariy ma'lumotlar va amaliy material jamlangan qomus sifatidagi qiymati yoritilgan. "Boburnoma"ni lingvistik aspektda o'rganishga oid tadqiqotlar tavsifi, asar leksikasining tarixiy-etimologik, semantik maydon, semantik paradigma asosidagi tasniflari keltirilgan. Boburning so'z qo'llash mahorati, tilshunoslikka doir qarashlari, etimologiyaga doir kuzatishlari, chog'ishtirma tilshunoslikni shakllantirishdagi o'rni, turkiy so'zlarni ommalashtirishdagi xizmatlari ko'rsatib berilgan.

"Boburnoma" leksikasining tarixiy-etimologik tasnifi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Asar leksikasi tarixiy-etimologik gnezesiga ko'ra o'z va o'zlashgan qatlamda so'zlaridan iborat.

Oʻz qatlam leksikasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbek tili oʻz qatlam leksikasining kam o'rganilganligi manbalarda qayd etilgan. Ammo keyingi yillarda bu borada bir qator tadqiqotlar yaratildi. "Boburnoma"dagi turkiy leksika voqelikni, muallif fikri, dunyoqarashi, qiziqishlari, orzu-armonlarini aks ettirishga xizmat qilgan. Soʻzning ifoda semalarini badiiy uslubda maqsadga muvofiq aks ettirish ijodkorning tafakkur darajasi, badiiy mahorati bilan belgilanadi. Turkiy so'zlar Boburning zamondoshi Muhammad Solih tomonidan yaratilgan "Shayboniynoma" leksikasida 32% dan iborat bo'lsa, "Boburnoma" leksikasining 61% ini tashkil qiladi.