Foydalanuvchi:Salohiddin Umrzoq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

   BMT Xavfsizlik kengashi Veto tizimi, (Birdamlik tamoyili deyilishining sababi - veto huquqiga ega 5 ta davlatdan birontasi ko'rilayotgan masalaga qarshi chiqib veto qo'ysa birdamlik yo'qoladi) Ikkinchi Jahon urushidan g'olib chiqqan Birlashgan Millatlar Tashkiloti ta'sischilari tomonidan yaratilgan. Xalqaro tashkilotlarning xatti-harakatlariga veto qo'yish huquqi haqidagi fikr 1945 yilda yangi emas edi. Millatlar Ligasida Liga Kengashining har bir a'zosi har qanday protsessual bo'lmagan masalalarga veto qo'yishi mumkin edi. Liga tashkil etilayotganda 4 doimiy va 4 ta doimiy bo'lmagan a'zolar mavjud edi.  Liga Kengashi 1936 yilga kelib 4 ta doimiy va 11 ta doimiy bo'lmagan a'zolarga ega bo'ldi, bu esa veto huquqiga ega bo'lgan 15 ta mamlakatning mavjudligini anglatar edi.  Bunday ko'p miqdordagi veto huquqiga ega mamlakatlarning mavjudligi Ligaga ko'plab masalalarda kelishib olishni qiyinlashtirdi.    Veto Birlashgan Millatlar Tashkilotini tuzish bo'yicha Dumbarton Oaks (1944 yil avgust-oktyabr) va Yalta (1945 yil fevral)da o'tkazilgan muzokaralar chog'ida keng muhokama qilindi.  Dalillar shundan dalolat beradiki, AQSH, SSSR, Buyuk Britaniya va Xitoy birdamlik tamoyilini ma'qullashdi, bu nafaqat yirik davlatlarning birgalikda harakat qilish istagi, balki o'zlarining suveren huquqlari va milliy manfaatlarini himoya qilish edi. Fransiya xatto fashistlar Germaniyasi tomonidan bosib olingan bo‘lsada, Millatlar Ligasining doimiy a'zosi sifatida muhim rol o'ynagan va muhim ahamiyatga ega bo'lgan mustamlakachi kuch edi. Shu sababli ittifoqchilar bilan bir qatorda Ozod frantsuz kuchlarining faoliyati ularga katta to'rtlik bilan bir stolda o'tirish imkonini berdi.    1945 yil aprel oyida Qo'shma Shtatlarning Prezidenti bo'lgan Harri Truman: "Bizning barcha, fuqarolik va harbiy mutaxassislarimiz  buni ma'qullashdi va vetosiz nizom Senat tomonidan qabul qilinmaydi" - degan edi.    San-Frantsiskoda Katta Beshlik, agar ularga veto berilmaydigan bo'lsa, Birlashgan Millatlar Tashkiloti bo'lmaydi, deb aytishdi.  AQSH delegatsiyasining maslahatchisi Frensis Uilkoks dramatik muzokaralarni shunday ta'rifladi: "San-Frantsiskoda bu masala Katta Beshlik rahbarlari tomonidan aniq ko'rinib turdi: bu vetoga ega nizom bo'ladi, yoki umuman Xartiya(tashkilot) bo'lmaydi."  Senator Konnally (AQSH delegatsiyasidan) o'z nutqida Nizomning nusxasini keskin yirtib tashladi va kichik davlatlarga agar ular birdamlik tamoyiliga qarshi chiqsalar, ular aybdor bo'lishlarini eslatib qo'ydi va "Agar xohlasangiz, ushbu konferentsiyadan uyga boring va vetoni bekor qilganingizni ayting. Sizdan: Nizom qaerda? deb so'ralganda, nima deb javob berasiz?"-deydi.