Foydalanuvchi:Salazarov/qumloq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kundizbek Abdirasilov
Qozog‘iston Respublikasi Oliy Hisob palatasi apparati rahbari
Mansab davri
2024-yil aprel
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi
Kundizbek Bolatovich Abdirasilov

16-noyabr 1982-yil (1982-11-16) (41 yosh)
Qozogʻiston SSR
Kasbi
  • Siyosatchi

Kundizbek Bolatovich Abdirasilov (1982-yil 16-noyabrda tugʻilgan) — qozogʻistonlik siyosatchi, davlat arbobi. 2022-yilning fevral — 2023-yilning may oraligʻida Qozogʻiston Respublikasi Bosh vaziri kotibiyati mudiri, 2023-yilning may oyi — 2024-yil fevral sanalarida Qozogʻiston Respublikasi hukumati apparati rahbari oʻrinbosari, 2024-yil apreldan esa Qozogʻiston Respublikasi Oliy Hisob palatasi apparati rahbari[1].

Hayoti va faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kundizbek Bolatovich Abdirasilov 1982-yil 16-noyabrda Qozogʻiston SSRda tavallud topgan. K. Abdirasilov Auliye-ata universitetida „Iqtisodiyotda axborot tizimlari“ boʻyicha bakalavr darajasini olgan. Jambil gumanitar-texnika universiteti moliya fakultetini ham tamomlagan.

Kundizbek Abdirasilov Oʻz faoliyatini shtatdan tashqari xodim sifatida boshlagan. 2005-yildan Qozogʻiston Respublikasi Soliq qoʻmitasining Jambil viloyati Boyzoq tumani boʻyicha soliqni hisobga olish boʻlimi mutaxassisi sifatida faoliyat yuritgan. 20142018-yillarda Qozogʻiston Milliy iqtisodiyot vazirligi Statistika qo‘mitasining Ostona shahar statistika boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari, soʻngra esa tashkilot boshligʻi lavozimlarida ishlagan.

Abdirasilov Qozogʻiston Respublikasi moliya vaziri maslahatchisi, Qozogʻiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari maslahatchisi, respublika Iqtisodiyot va moliya siyosati vaziri devonining rahbari, Qozogʻiston Respublikasi Bosh vaziri maslahatchisi kabi lavozimlarda ham faoliyat olib borgan[2].

Kundizbek Abdirasilov Qozogʻiston Respublikasi Bosh vaziri kotibiyati mudiri sifatida ham 2022-yilning fevral oyidan to 2023-yilning may oyigacha ishlagan. 2023-yilning may oyidan 2024-yil fevral oyigacha Qozogʻiston Respublikasi hukumati apparati rahbari oʻrinbosari lavozimida ham bir muddat mehnat qilgan. 2024-yil aprel oyidan esa Qozogʻiston Respublikasi Oliy Hisob palatasi apparati rahbari lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda[3].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „https://centrasia.org/person2.php?st=1683175752“. primeminister.kz. Qaraldi: 29-aprel 2024-yil.
  2. „АБДРАСИЛОВ Кундызбек Болатович“. centrasia.org. Qaraldi: 29-aprel 2024-yil.
  3. „Абдрасилов Кундызбек Болатович“. zakon.kz. Qaraldi: 29-aprel 2024-yil.