Foydalanuvchi:Sagdullayeva Sevinch/qumloq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Avstraliya Avstraliya Ittifoqi (Commonwealth of Australia)— Jan. yarim shardagi davlat, A. materigi, Tasmaniya orol va boshqa orollarda joylashgan. Maydoni 7,682 mln. km². Aholisi 19 mln. kishi (1999). Poytaxti — Kanberra shahri

DAVLAT TUZIMI

avstraliya tarixi

Avstraliya— Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdo‘stlik tarkibiga kiruvchi federal davlat. Avstraliyaning amaldagi Konstitutsiyasi 1901 yilda qabul qilingan. Davlat tuzilishi shakli jihatidan — federatsiya. Davlat boshlig‘i — Buyuk Britaniya qiroli (qirolichasi), general-gubernator uning vakili hisoblanadi. Konun chiqaruvchi hokimiyat ikki palatali (vakillar palatasi va senat) federal parlament. Vakillar palatasi (quyi pa-lata) 3 yil muddatga, senat (yuqori palata) deputatlari har bir shtatdan 6 yil muddat-105ga saylanadi. Senat tarkibining yarmi har 3 yilda yangilanadi. General-guberna-tor va bosh vazir boshchilik qiladigan hukumat ijroiya hokimiyatni amalga oshiradi. Avstraliyaning har bir shtati o‘z kon-stitutsiyasi, parlamenti va hukumatiga ega; shtatlarning huquqlari cheklangan.

Avstraliya— Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdo‘stlik tarkibiga kiruvchi federal davlat. Avstraliyaning amaldagi Konstitutsiyasi 1901 yilda qabul qilingan. Davlat tuzilishi shakli jihatidan — federatsiya. Davlat boshlig‘i — Buyuk Britaniya qiroli (qirolichasi), general-gubernator uning vakili hisoblanadi. Konun chiqaruvchi hokimiyat ikki palatali (vakillar palatasi va senat) federal parlament. Vakillar palatasi (quyi pa-lata) 3 yil muddatga, senat (yuqori palata) deputatlari har bir shtatdan 6 yil muddat-105ga saylanadi. Senat tarkibining yarmi har 3 yilda yangilanadi. General-guberna-tor va bosh vazir boshchilik qiladigan hukumat ijroiya hokimiyatni amalga oshiradi. Avstraliyaning har bir shtati o‘z kon-stitutsiyasi, parlamenti va hukumatiga ega; shtatlarning huquqlari cheklangan.

AHOLISI

Avstraliya hozirgi aholisining aso-siy qismi — Britaniya o.laridan ko‘chib kelganlarning avlodlari — inglizlar, irlandlar, shotlandlar bo‘lib, ular av-straliyaliklar millatini tashkil eta-di (q. Avstraliyaliklar). Tub joy aholi va duragaylar Avstraliya aholisining 1,5% ni tashkil etadi; ukrainlar, italyanlar, nemislar, greklar, gollandlar va boshqa ham yashaydi. Bir necha yuz o‘zbek bor. Rasmiy tili — ingliz tili. Aholining o‘rtacha zichligi — 1 km² ga salkam 2 kishi. Aholining 80% ga yaqini materik-ning sharqiy va jan.-sharqiy sohilida istiqomat qiladi; aholining — 2/3 qismi yirik shaharlarda yashaydi. Eng yirik shaharlari: Sidney, Melburn, Brisben, Adelaida, Pert.

TARIXI

18-asrgacha Avstraliya aborigenlari ibtidoiy jamoa tuzumi sharoitida yashagan. Yevropaliklardan birinchi bo‘lib mate-rikka golland dengiz sayyohlari V. Yans-zon (1606) va A. Ya. Tasman (1642) kelgan-lar. Yangi qit’ani o‘rganish uchun Angliya bir necha ekspeditsiya, jumladan J. Kuk rahbarligidagi ekspeditsiyani yubordi (1770). 1788 yilda A. Angliya hududi deb e’lon qilindi.19-asrning 20-yillaridan boshlab A.da qo‘ychilik rivojlandi, 30-yillarda dast-labki sanoat korxonalari paydo bo‘ldi. 19-asrning 2-yarmidagi "oltin talvasasi" (1851—61) munosabati bilan ko‘chib keluv-chilar ancha ko‘paydi. Angliya hukumati A. dagi mustamlakalarda boshlangan keng xalq harakati (oltin izlovchilarning 1854 yildagi Evrika qo‘zg‘oloni va boshqa isyonlar) tazyiqi ostida 1855 yilda ular-ning ko‘pchiligiga o‘zini o‘zi boshqarish xuquqini berishga majbur bo‘ldi. 1901 yil A. dagi mustamlakalar 6 shtatdan ibo-rat federatsiyaga — Avstraliya Ittifoqiga birlashtirildi va u dominion maqomini oddi. 1906 yilda unga Britaniyaning Pa-pua mustamlakasi (Yangi Gvineya o.ning jan.-sharqiy qismi), 1-jahon urushidan keyin esa (bu urushda A. qo‘shinlari Bri-taniya armiyasi tarkibida jang qildi) Germaniyaning sobiq Yangi Gvineya mu-stamlakasi (Yangi Gvineya o.ning shim.-sharqiy qismi) va Nauru orol (Millatlar Ittifoqi mandati ostidagi hudud sifa-tida) berildi. 2-jahon urushi vaqtida A. gitlerchilarga qarshi koalitsiya tarafida harakat qildi. 1945 yildan Avstraliya— BMT a’-zosi. Urushdan keyin A. Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdo‘stlik tarkibida qolgan holda mustaqil davlatga aylandi. Urushdan keyin deyarli doimo hokimiyat tepasida burjua partiyalari — liberal va agrar (1975 yildan milliy agrar) partiyalari koalitsiyasi bo‘ldi. Faqat 1949 yilgacha, 1972-75 yillarda va 1983 yilda hukumatni leyboristlar tuzdi. Bu par-tiya tashki va ichki siyosatda mustaqil yo‘ldan borish uchun bir qancha tadbir-larni amalga oshirdi. A. hukumati Nauru (1968) va Papua Yangi Gvineya (1975)ga mustaqillik berishga majbur bo‘ldi. 1991 yilda A. bilan O‘zR o‘rtasida diploma-tiya munosabatlari o‘rnatilgan. Milliy bayrami — A. kuni (26 yanvar).

SIYOSIY PARTIYA VA KASABA UYUSHMASI

Avstraliya milliy partiyasi, 1916 yilda tashkil etilgan; Avstraliya liberal partiyasi, 1944 yilda tuzilgan; A. leyboristlar partiyasi, 1891 yilda tashkil etilgan; A. demokratlari partiyasi, 1977 yilda tashkil etilgan. Avstraliya kasaba uyushmalari kengashi 1927 yilda tuzilgan. Xalqaro erkin kasaba uyushma-lari konfederatsiyasiga kiradi.

TASHQI SAVDOSI

Eksportda q.h. mahsulotining ulushi 30%, mineral xom ashyo 27,8% va tayyor sanoat mahsulotlari 20% ni tashkil etadi. Tayyor iste’mol mollari, asbob-uskunalar, neft chet el-dan keltiriladi. Asosan Yaponiya, AQSH, Buyuk Britaniya bilan savdo-sotiq qiladi. Pul birligi — A. dollari.

ADABIYOTI

Avstraliya adabiyoti ingliz tilida (aborigenlarning o‘z yozuvi yo‘q). 19-asrning 1-yarmida metropoliya adabi-yoti ta’sirida rivojlandi. Milliy realistik adabiyot 90-yillardagi ijti-moiy-siyosiy yuksalish muhitida yuzaga keldi. Unga T. Kollinz, X. Louson va boshqa asos soldi. 1-jahon urushi voqealari A. adabiyotining yanada ravnaq topishiga ko‘maklashdi. Bu davr asarlarida jabr-zulm fosh qilindi, aborigenlarning fojiasi aks ettirildi (K. S. Prichard, X. X. Richardson, E. V. Palmer, K. Tennant, B. Penton va boshqalarlar). A. Marshall, J. Morrison prozasida, B. Adamson, M. Gilmor poeziyasida jamiyat nuqsonlari tanqid qilindi, milliy mustaqillik g‘oyalari tarannum etildi. Irqiy kamsi-tish adiblarning muhim mavzuidir. Bun-ga F. B. Vikersning "Sarob" (1955), D. Kyuzekning "Quvg‘indagi quyosh" (1955) va "Qora chaqmoq" (1964), G. Keysining "Snoubol" (1958), D. Styuartning "Yen-di" (1959), M. Dyurekning "Uni saqla, ona yurtim" (1955) asarlari va boshqa asar-lar misol bo‘ladi. Dramaturgiyada hozirgi zamon muammolariga murojaat etilgan: A. Terner, S. Lokk-Elliot, K. Dankan, D. Kyuzek, O. Grey, R. Louler, M. Brend pesalari.

Meʼmorligi

A. da me’morlik 18-asr oxirlarida ingliz klassitsizmi va yangi gotikasi ruhida rivojlana boshladi. 19-asrning 2-yarmidan Sidney, Melburn, Brisben, Adelaida shaharlarida to‘g‘ri bur-chakli ko‘p qavatli uylar qurildi. 20-asrning 20-yillaridan A. me’morligida yangi oqimlar, asosan konstruktivizm yoyi-la boshladi (poytaxt Kanberra, 1913—1927, me’mor U. Griffin). Zamonaviy inshootlar orasida Sidneydagi opera teatri (me’mor G. Zaydler), Melburn-dagi olimpiada stadioni (1956) va boshqa diqqatga sazovor.

Tasviriy sanʼati

Avstraliya badiiy mada-niyati ikki ilk asosga ega. Ularning biri aborigenlar san’ati (o‘ymakorlik, bumeranglarga naqsh solish, g‘orlardagi qoya toshlarda inson qiyofasini tasvir-lash), ikkinchisi — yevropacha madaniyat. 18-asrning oxiri — 19-asrning boshlarida A. tabiatining aynan aniq tasviri (K. Martene, A. L. Byuvelot), hajviy grafika (S.T.Xill) paydo bo‘ldi. 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida hayotiy rangtasvir milliy maktabi rivojlandi (rassomlar J. U. Lambert, F. Mak-Kabin, N. Kuni-xon, haykaltarosh P. Dadsuel). 20-asrning 40-yillarida aborigenlarning yangi san’ati vujudga keldi (Namatjir va Pa-rerulya oilalari).