Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi:Sadiridinov Otabek

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Otabek Sadiridinov[tahrir | manbasini tahrirlash]

Toʻliq ismi Sadiridinov Otabek Faxriddin oʻg’li - Oʻzbekistonlik dasturchi va blogger. YouTube segmentiga veb-dasturlash boʻyicha oʻzining foydali video kontentlari orqali hissa qoʻshishi bilan mashhur. U UzHandy va Vista Academy kabi bir nechta shaxsiy YouTube kanallarini yuritadi.

Vista Academy YouTube kanali orqali u a turli qiziqarli, informatsion darsliklarni taqdim etadi.

UzHandy esa shaxsiy brendi hisoblanib, asosiy YouTube kanali ham shu nom bilan atalgan. Ushbu kanal orqali blogger sifatida hayotiy, voqeaviy videolar, shu jumladan hikoya va foydali ma’lumotlarni ulashib boradi.

Yoshligi va Ta’limi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yoshligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Otabek 2001-yil, 15-sentyabrda Oʻzbekiston respublikasining Namangan viloyati, Mingbuloq tumanida tug’ilgan.

Ta’limi[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 2018-2017 yillarda Mingbuloq tumani, 10-sonli umumiy oʻrta ta’lim maktabida davlat tomonidan belgilangan 9 yillik majburiy maktab ta’limini oʻzlashtirgan.
  • 2017-2019 yillarda Namangan sharidagi Namangan Muhandislik Qurilish Instituti (sobiq "Doʻstlik") Akademik Litseyida oʻrta maxsus ta’limni "Xorijiy til va filiologiyasi (Ingliz tili)" yoʻnalishida oʻqib tamomlagan.
  • 2020-2024 yillarda Namangan shahridagi "Hidoya" oʻrta maxsus islom bilim yurtida oʻqishini davom ettiradi.

Kasbiy Faoliyat[tahrir | manbasini tahrirlash]

Otabek dasturlash boʻyicha ta’limni akademik litseyga oʻqishga kirganidan boshlab oʻrgangan. Dasturlashni "Namangan Taraqqiyot Ta’lim" oʻquv markazida olgan. Akademik litseyni bitirishi bilan Namangan shahridagi "Devpro" kompaniyasiga ishga qabul qiliniv, veb-dasturlash sohasida yuqori darajali veb-dasturchi lavozimida ishlagan. "Hidoya" oʻrta maxsus islom bilim yurtiga qabul qilingach, onlayn tarzda turli chet-el kompaniyalari bilan, darslardan keyin qoʻshimcha frilanserlik faoliyatini olib borgan.

YouTube Kanallari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • UzHandy: Bu kanalda Otabek hikoyalar, hayotiy, va umumiy bilimlar hamda shaxsiy vlog videolari kabi qiziqarli va ma’lumotlarni aks ettirgan videolarni joylab boradi. Avvalboshda, ushbu kanal Bekky TV deb nomlangan. Keyinchalik "UzHandy" nomiga oʻzgartirilgan.
  • Vista Academy: Ushbu kanalda dasturlash sohasiga oid boʻlgan turli foydali videodarslarni ulashib boradi. Bu kanalning nomi qayta brendlash tufayli bir necha marta qayta nomlangan. Avvaliga Program with Otabek, keyin VueJS Akademiyasi deb nomlangan. Chunki, bu vaqtda Otabek faqatgina JavaScript dasturlash tilining Vue.js freymvorki boʻyicha video darslarni taqdim etar edi. Hozirda esa kanal nomi oʻzgarib, Otabek nafaqat Vue.js veb texnologiyasi, balki boshqa dasturlash tillari va texnologiyalarni qoʻllash boyicha ham koʻrsatmalar va yoʻriqnomalarni oʻz ichiga olgan video darsliklarni taqdim etadi.

Yutuq va E’tiroflar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 100 dan ortiq Udemy kurslarini yakunlab, deyarli barchasidan sertifikatlarga ega bo'lgan.
  • Boshqa koʻplab onlayn kurslarda oʻqib, jumladan "Google Launchpad" kabi sertifikatlar sohibi.
  • Frilanserlik faoliyatida bajargan ishlari uchun koʻplab yaxshi izohlar qoldirilib, qoʻshimcha mukofotlar bilan taqdirlangan.

Nashrlar va qoʻshimchalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tashqi Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]