Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi:Rustam1003/Temuriylar tarixi davlat muzeyi faoliyati.

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Temuriylar tarixi davlat muzeyi faoliyati. Mustaqillik yillarida 0 ‘zbekistonda yangidan yangi muzeylar tashkil etilib, bugungi madaniy hayotimizning uzviy qismiga aylandi. Ulai' orasida Temuriylar tarixi davlat muzeyinmg tashkil etilishini olamshumul voqea deb baholash mumkin. Temuriylar tarixi davlat muzeyi Amir Temur va temuriylar davrida ilm-fan, maorif va madaniyatning yuksak darajadagi taraqqiyotini haqqoniy aks ettirish va keng targib qilish, chuqur insonparvarlik ruhi bilan sug‘orilgan tarixiy yutuqlarimiz va an’analarimiz asosida yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida barpo etildi. Qisqa faoliyati davrida 0 ‘zbekiston Respublikasi FA tasarrufidagi Temuriylar tarixi davlat muzeyi asosiy muzeyshunoslik ilmiy-uslubiy markaziga aylandi. Keng koiamdagi tadbirlar va koigazmalami tashkil etishda ham u asosiy tayanch vazifasini ado etayotgani tabiiy holdir. Zero, o‘zbek xalqi yilnomasida oltin harflar bilan bitishga munosib voqealar aynan Sohibqiron Amir Temur hamda Temuriylar bilan chambarchas bogiiqdir. Muzeydagi Temuriylar tarixiga oid noyob eksponatlar 0 ‘zbekiston viloyatlaridagi yirik muzeylardan keltirilgan, shuningdek, 1996-yilda Parijda Amir Temur tavalludining 660 yilligiga bagishlab oikazilgan koigazmadagi eksponatlar ham muzeyga o'tkazilgan. Muzeyda arxeologiya, etaografiya, numizmatika yodgorliklari, qoiyozmalar, tasviriy san’at namunalari bor. Muzey xazinasida 0 ‘zbekiston tarixini aks ettiruvchi 3 mingdan ortiq ashyolar saqlanadi. Shundan «Asosiy fond»ga 1971 ta, «Yordamchi fond»ga 1090 ta ashvo kiritilgan. Hozirgi kunda muzey ekspozitsiyasidan 1700 dan ortiq eksponat joy olgan. Bular - Amir Temur va temuriylar davri tarixiga oid qoiyozmalar, yozishmalar, kumush va mis tangalar, Go‘ri Amir maqbarasidan olingan ashyolar, sopol va mis buyumlar, me’moriy qoplamalar, XIX-XX asrlarga oid kitoblar. tangalar va etnografiyaga oid buyumlar va h.k. Muzey xazinasida 0 ‘zbekiston aholisi hamda chet davlatlarning sovg‘alari ham mavjud. Muzeyning keng ko‘lamli ishlarini 2017-yilgi hisobotni tahlil qilish orqali ham kuzatishimiz mumkin. 0 ‘zbekistonda hozirgi kunda 350 dan ortiq muzey va muzey faoliyati bilan bogMiq ko‘rgazma muassasalari mavjud. Ulaming 90 tasi davlat muzeylaridir.[1]

  1. Tarixiy o'lkashunoslik Ochildiyev F B Todhkent "Donishmand" ziyosi 2020