Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi:Ramazon Hamidov/Blade Runner 2049

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

2011-yilning avgust oyiga kelib Alcon matbuotga Ridley Scott filmga rejissyorlik qilish haqidagi shartnomaga imzo chekkanligini e'lon qilgan. Britaniyalik kinorejissyor ko'pdan beri film qamrovini kengaytirish uchun uning davomini olishni juda xohlagan. Scottning rejissyorlik qilishi tayin bo'lgach, studiya Michael Green va Hampton Fancherga ssenariy yozish vazifasini yuklagan. Alcon prodyuserlari o'zlarining qanday film xohlayotganlari haqida bir oz tushuncha berishgan bo'lsa-da, Blade Runner voqealariga qanday o'zgartirish kiritish haqida aniq bir qarorga kelishmagan. Shuning uchun nafaqat Scott, balki barcha ijodkorlar film suratga olinishidan oldin uyushtirilgan matbuot anjumanlarida filmdagi voqealar haqida umuman og'iz ochmaslik kerakligini his etishgan. Nihoyat, Scott o'zining Alien: Covenant (2017) filmi borasida mas'uliyati ortgach, undagi vazifasidan iste'fo berishga qaror qilgan, ammo bosh prodyuser sifatida faoliyatini qisman davom ettirgan. Ochiqchasiga bo'lmasa-da, ssenariyga katta hissasi qo'shilgan.

Blade Runner 2049 Alconning rejissyor Denis Villeneuve bilan hamkorlikdagi ikkinchi ishi bo'lib, ular ushbu masala bo'yicha muzokaralar olib borish uchun uchrashuvni Nyu-Meksiko shtatidagi qishloqlardan biridagi kafeda tashkil qilishga kelishishgan. Ular bundan oldin Prisoners (2013) loyihasi ustida ham professional hamkorlikda ish olib borishgan. Villeneuve Blade Runnerni kino sanoatiga bo‘lgan ishtiyoqining ortishiga sabab bo'lganini ta'kidlagan, lekin franshizaning obro'siga putur yetkazib qo'yishdan qo‘rqib, dastlab taklifni qabul qilishga ikkilangan. Shunga qaramay, unga ssenariy yoqqan va, shuningdek Fancherning loyihaga sarmoya kiritganligiga ishonch hosil qilgan. Villeneuve Blade Runnerning retrofuturistik virtual olamini zamonga moslashtirish orqali asl filmning barcha asosiy elementlarini saqlab qolgan, chunki ushbu elementlar, Villeneuvening fikriga ko'ra, hikoyaning realligini ta'minlashda muhim ahamiyat kasb etgan.

Steven Spielbergning "Brinchi o'yinga tayyor" (2018) filmining Blade Runner olamida kechadigan sahnasi yakuniy tahrirda filmdan olib tashlangan. Spielberg "Blade Runner 2049" ning suratga olinish jarayonida mualliflik huquqini mualliflik huquqini berishlarini so'ragan, Alcon prodyuserlari esa garchi Ready Player One bor-yo'g'i bir necha oy o'tib chiqqan bo'lsa ham bu ochiqdan ochiq ishora filmning kelgusidagi tijoriy jihatdan keltiradigan foydasiga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkinligidan cho'chishgan va bu taklifni rad etgan. Shunday qilib, Spielberg bu sahnaning o'rniga Stanley Kubrick bilan yaqin munosabatda bo'lganligi tufayli "The Shining" (1980) filmiga asoslangan boshqa sahna yaratishni ma'qul ko'rgan.

[[Turkum:Warner Bros. filmlari]] [[Turkum:IMAX filmlar]] [[Turkum:Columbia Pictures filmlari]] [[Turkum:AQSh detektiv filmlari]] [[Turkum:AQSh 3D filmlari]] [[Turkum:2017-yil filmlari]] [[Turkum:2017-yil 3D filmlari]]