Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi:Rajabov Bekzod O'ZMU

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Elementar zarralar klassfikatsiyasi

Elementar zarracha (boshqa nomlari:fundamental zarracha, elementar zarra) parchalanishi mumkin boʻlmagan yoki parchalana olishi isbot etilmagan zarrachadir. Standard modelda kvark , lepton va kalibr bozonlar elementar zarracha, deb koʻriladi.

Kvark — Standard modeldagi fundamental zarra. Uning zaryadi e/3  ga karrali boʻlib, erkin holda mavjud boʻla olmaydi.Biroq adronlar (kuchli o’zaro ta’sirda ishtirok etuvchi zarralar, masalan proton va neytron) tarkibida boʻladi. Kvarklarni strukturaga ega boʻlmagan nuqtaviy zaryadlar deb atash mumkin; ularning oʻlchami〗  10-16  sm   tartibida boʻlishi aniqlangan. Bu oʻlcham protonning oʻlchamidan ming marta kichikdir. Hozirgi kunda kvarklarning 6 xil turi maʼlum. Bundan tashqari, kvarklarning ichki xossalarini tavsiflash uchun „rang“ tushunchasi ham kiritilgan. Har bir kvarkka mos holda antikvark mavjud. Ular bir birida kvant soni bilan farq qiladi. 

Lepton kuchli o’zaro ta’sirda qatnashmaydigan yarim spinli elementar zarrachadir.

Leptonlar fermionlar oilasiga kiradi. Leptonlarning uch xili bor: elektron, myuon va tau lepton.Leptonlar (yun. leptos — yengil, kuchsiz) — oʻzaro kuchli taʼsirlashmaydigan elementar zarralar; ular faqat kuchsiz, elektromagnit va gravitatsion oʻzaro taʼsirlarda ishtirok etadi. Barcha Leptonlar 1/2 spiniga ega, yaʼni ular fermionlar hisoblanib, Fermi — Dirak statistikasita boʻysunadi. 1975-yilgacha massasi protonning 0,12 massasidan kichik boʻlgan, Leptongina: — elektron, myuon, elektron va myuon neytrino, shuningdek, ularning antizarralari maʼlum boʻlgan. Elektron modda tarkibiga kiruvchi yagona barkaror lepton hisoblanadi. Pozitron moddadagi elektron bilan qoʻshilib, juda qisqa vaqtda annigilyasiyalanadi, yaʼni fotonlar (ikkita yoki uchta)ga aylanadi. Tabiatda neytrino va antineytrinolar yadrolarning R-yemirilish jarayonlarida va elementar zarralarning yemirilishidan hosil boʻladi. Ularning massasi nolga yaqin. Yadro reaktorlari neytrinolarning manbai hisoblanadi. Yangi maʼlumotlar protondan ogʻirroq Leptonning mavjudligini koʻrsatmoqda. Tarkibida Lepton boʻlgan elementar zarralarning bir holatdan ikkinchi holatga oʻtganda Lepton va antilepton sonlari orasidagi farq oʻzgarmas kattalik boʻlib qoladi.

O’tmishda adronlar (masalan, prorton va neytron) va hatto atomlar elementar zarracha, deb hisoblangan; biroq keyinchalik ularning kichikroq zarrachalardan tashkil topgani ayon boʻldi. XX asrda elementar zarrachalar nazariyasiga kvant tushunchasi kiritildi; bu tushuncha elektromagnetizmda inqilob yasab, kvant mexanikasi sohasi yaratilishiga sabab boʻldi. Dastlabki maʼnosiga koʻra, Elementar zarracha materiya tuzilishining boshlangʻich boʻlinmas elementlaridir. Elementar zarrachadan birinchi boʻlib manfiy elementar elektr zaryadli elektron (e) kashf qilingan (J. Tomson, 1897). 1919-yilda E. Rezerford (atom yadrosidan urib chiqarilayotgan zarralarni oʻrganishda) musbat zaryadli va elektron massasiga qaraganda 1840-marta katta massali proton )ni kashf qildi. Ingliz fizigi J. Chedvik zarralarning berilliy bilan oʻzaro taʼsirini oʻrganishda neytral zarra — neytron (n) ni kashf qidsi (1932). Neytronning massasi protonning massasiga juda yaqin. Bu uchta zarra (elektron, proton va neytron) atom tuzilishida qatnashadi. Hozirgi paytda maʼlumki, boʻlinmas Elementar zarracha hisoblangan proton va neytron murakkab tarkibiy tuzilishga ega.1900-yilda M. Plank mutlaq qora jism nurlanishi energiyasidan kvantlangan deb foton tushunchasiga asos soldi. Keyinchalik A. Eynshteyn elektromagnit nurlanish fotonlar tarzida yuz berib, muhitda tarqaladi va yutiladi deb fotonning hozirgi zamon tushunchasini yaratdi. Fotonlarning mavjudligi R.Milliken (1912—15) va R.R. Kompton (1922) oʻtkazgan tajribalarda tasdiqlandi.P. Dirak oʻzi yaratgan elektronning relyativistik nazariyasidagi (1928—31) harakat tenglamasining simmetriyasiga asoslanib, massasi elektron massasiga teng, lekin musbat zaryadli zarra — pozitron (e^+) ning tabiatda mavjudligini nazariy ochgan boʻlsa, amerikalik fizik K.D. Anderson uni kosmik nurlar tarkibida qayd qildi (1932). Mavjudligi yapon fizigi X. Yukava tomonidan yadro kuchlar tabiatini tushuntirishda taxmin qilingan (1935) va massasi 274 elektron massasiga teng boʻlgan neytral musbat va manfiy zaryadli pimezonlarnn ingliz fizigi S.Pauell kosmik nurlar tarkibida aniqladi (1947). K.D. Anderson va amerikalik fizik S. Nedermeyer kosmik nurlar ustidagi tadqiqotlari jarayonida massasi taxminan 207 elektron massasiga teng, boshqa xossalari bilan elektronga oʻxshash musbat va manfiy zaryadli myuonlarni kashf qildilar (1936).