Foydalanuvchi:Qodirali656/SHimolii dvina

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

SHIMOLIY DVINA — Rossiya federatsiyasi Yevropa qismining shimolidagi daryo. Yug va Suxona daryolarining qoʻshilishidan hosil boʻladi. Oq dengizning Dvina qoʻltigʻiga quyiladi. Uz. 750 km, havzasining mayd. 362 ming km2. Umumiy mayd. 900 km2 boʻlgan delta hosil qiladi. Irmoqlari: oʻngdan — Vichegda, Pinega, chapdan — Vaga. Dengiz suvining koʻtarilishi Pinega quyiladigan yergacha yetib keladi. Asosan, qordan, qisman yomgʻir va yer osti suvlaridan toʻyinadi. Suvi bahorda koʻpayadi. Oʻrtacha yillik suv sarfi quyilish yerida 3540 m3/sek. Noyab. — apr. da muzlaydi. Daryoda baliq koʻp, yogʻoch oqiziladi, kema qatnaydi. Asosiy pristanlari: Arxangelsk, Xolmogori, Verxnyaya Tayma, Kotlas, Krasnoborsk.[1]

  1. „Qomus.info“. 2022-yil 9-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.