Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi:Qodirali656/Ierarxiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

IYERARXIYA (yunoncha. hierarchia, hieros — avliyo va arche — hukmronlik, hokimiyat) — bir butun narsa yoki hodisalar ayrim qismlari yoki elementlarining yuqoridan quyiga tomon bir tartibda joy olishi. Fanga Ierarxiya tushunchasi 19-asr. ning 2-yarmida kirib keldi. Dastlab Ierarxiya jamiyatning sinfiy tabaqalanishini va hokimiyat tuzilishini tavsif etish maqsadida qoʻllanilgan. 20-asrdan boshlab esa har qanday obyekt sistemasini tavsif etishda qoʻllanila boshlandi.

B iol. da Ierarxiya termini bir guruhga mansub hayvonlar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarni, yaʼni ularning oziqqa, qaramaqarshi jinsga yoki qulay pana joyga ega boʻlish borasidagi faoliya-tini boshqarib turadigan xattiharakatlarni ifodalaydi. Ierarxiya turgʻun boʻlmasdan vaziyatga qarab oʻzgarib turishi (nisbiy dominantlik) yoki mutlaq boʻlishi (mutlaq dominantlik) mumkin. Mutlaq dominantlik koʻpincha toʻgʻri chiziqli (yoʻnalishli) xususiyatga ega (mas, A individning B ustidan, B ning esa V ustidan va h. k. tarzda ustunlik qilishi) boʻlib, har bir individning guruhda oʻz mavqei bor. Chiziqsiz Ierarxiyada uning tarkibiy qismlari oʻrtasida munosabatlar sharoitga qarab oʻzgarib turadi: mas, uchinchi individ boʻlganida A individ B dan, u boʻlmaganida B individ A dan ustunlik qiladi (tobe mavqelar). Koʻpincha guruxda erkak va urgʻochi hayvonlar mustaqil oʻz Ierarxiya sistemasiga ega boʻladi. Boshqa hollarda esa erkak xayvonlar urgʻochilari ustidan, voyaga yetgan hayvonlar yosh hayvonlar ustidan dominantlik qiladi. Erkaklari koʻp boʻladigan primatlar toʻdasida Ierarxiya sistemasi juda murakkab. Guruh boʻlib yashamaydigan hayvonlarda individlar soni oshib ketganida nisbiy dominantlik yuzaga keladi. Guruxdagi hayvonlar soni kam boʻlganida esa ular oʻrtasida maydonga egalik qilish xattiharakatlari namoyon boʻladi. Jamoa boʻlib yashaydigan yoki murakkab guruhlar hosil qiladigan hayvonlarda dominantlik konsepsi-yasi oʻrniga boshqacha munosabatlar, mas, individlarning vazifasiga binoan oʻzaro munosabatlari asosiy ahamiyatga ega boʻladi. Biol. da Ierarxiya tushunchasi har xil obyekt va jarayonlarga tavsif berishda keng qoʻllaniladi (mas, tabiiy jamoalar Ierarxiya strukturasi, organizm regulyator sistemasi Ierarxiyasi, taksonlar Ierarxiyasi va h. k.).

Manba

https://qomus.info/oz/encyclopedia/i/ierarxiya/