Foydalanuvchi:Qobil.2001/Zaysev Gavriil Semyonovich

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

ZAYSEV Gavriil Semyonovich (1887.13.3 — Moskva — 1929.17.1) — rus biolog olimi, seleksioner, paxtachilik ilmi asoschilaridan biri. Moskva dehqonchilik maktabini (1909), Petrovsk q. x. akademiyasini tugatgan (1914), Mirzachoʻl q. x. tajriba dalasi seleksiya boʻlimi mudiri (1914—18), Turkiston seleksiya styasi asoschisi vadirektori (1922—29). 3. gʻoʻza sistematikasi, morfologiyasi, genetikasi, fiziologiyasi, seleksiyasi sohalarida tadqiqotlar olib bordi, shuningdek, makkajoʻxori, beda, yeryongʻoq, kunjut singari ekinlar seleksiyasi muammolari b-n shugʻullandi. 3. Oʻzbekistonda birinchi boʻlib gʻoʻza qadimdan ekiladigan mamlakatlardan yigʻilgan jahon gʻoʻza kolleksiyasini toʻpladi; gʻoʻzaning rivojlanish fazalari qonuniyatlarini aniqladi; gʻoʻzaning oʻsishida fotodavriylikning ahamiyatini ochib berdi, natijada gʻoʻzaning koʻp yillik tropik shakllarni bir yillik oʻsimliklarga aylantirish imkoniyatlari ochildi. Oʻzbekiston gʻoʻza seleksiyasi va urugchiligi i. t. intiga 3. nomi berilgan (1971). As: Sveteniye, shyudoobrazovaniye i raskrыtiye korobochek u xlopchatnika, L., 1924; Vliyaniye temperaturы na razvitiye xlopchatnika, M., 1927; K klassifikatsii roda Cossypium L., M. —L., 1928.

Manba

https://qomus.info/oz/encyclopedia/z/zaytsev-gavriil-semyonovich/