Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi:Qilchinoqium

Vikipediya, ochiq ensiklopediya


Ko‘chma ma‘no haqida[tahrir | manbasini tahrirlash]

So‘zlar o‘z ma‘nosi bilan betaraf bo‘lsalar ham,ammo uslubiy ma‘no ifodalashi uchun ularning ma‘nosi kontekstda ko‘chma ma‘noga ega bo‘ladi. Gulning chiroyli belgisi odamga(gul yuz),o‘rin-joyga (gulbog),biror harakatga (qo'li gul) ko‘chiriladi, natijada gul so‘zi qo'shimcha uslubiy mazmun oladi. So‘zning o‘z ma‘nosidan ko‘chishi,uslubiy mazmun olishi ko‘proq badiiy uslub,ba‘zan publististik uslub va o'rni bilan og'zaki so'zlashuv tilida uchraydi. So‘zlarning ko‘chma ma‘noda qo‘llanishiga ma'no ko'chishi deyiladi.

Turlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ma‘no ko‘chishining nima asosda ro‘yobga chiqishiga ko‘ra 4 turi mavjud. Bular:

1.Metafora

2. Metanimiya

3. Sinekdoxa

4. Vazifadoshlik

Nutqimizda eng keng tarqalgan ma'no ko'chish usuli metaforadir.

Metafora[tahrir | manbasini tahrirlash]

Metafora (grekcha metaphora - ko'chirish )- biror predmet belgisining, harakatning o'xshash tomonini boshqasiga ko'chirish.

Metaforada ma'no ko'chish quyidagicha amalga oshadi:

  1. Inson a'zolarining nomi boshqa narsalarga ko'chadi.
  2. Inson kiyimlari qismlarining nomi boshqa narsaga ko'chadi.
  3. Qush, parranda, hayvon a'zolaring nomi boshqa narsalarga ko'chadi.
  4. Harakat-holat(fe'l), belgi-xususiyat(sifat)lar ham o'xshashlik belgisiga ko'ra metafora asosida ko'chishga uchraydi.

Misollar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shirin: Shirin olma (o'z ma'nosida)- Shirin muomala(metafora asosida ma'no ko'chishi);

Chiroyli: Chiroyli guldasta(o'z ma'nosida)- Chiroyli muomala (metafora asosida ma'no ko'chish)

Qurimoq: Ko'l quridi (o'z ma'nosida) - Iz quridi (ko'chma ma'no asosida ma'no ko'chish)

Metanimiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Metanimiya (grekcha metanymia-qayta nomlash)-narsa va hodisalar o'rtasida makon hamda zamondagi o'zaro aloqadorlik asosida birining nomi ikkinchisiga ko'chishidir.Turmushda har doim ikkita narsa birgalikda qo'llansa,ular orasida aloqadorlik vujudga keladi. Natijada ulardan birining nomi aytilsa,ikkinchisi tushuniladi. Navoiyni qo'lga oldim deganda shoir bilan uning asarlari o'rtasidagi aloqadorlik mavjud bo'lganligi sababli Navoiy emas, uning asarini qo'lga olish tushuniladi. Metanimiyada har doim biri aytilib,ikkinchisi tushuniladi,shuning uchun ikkinchi predmet nomi tushirilgan bo'lsa-da,birinchi predmetning nomi orqali anglashiladi.

Misollar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Zal oyoqqa turdi- zalda yig'ilganlar oyoqqa turdi.

Auditoriya kuldi - auditoriyada o'tirganlar kuldi.

18 ga kirdim - 18 yoshga kirdim.

Sinekdoxa[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sinekdoxa (grekcha synecdoche - birgalikda anglash)- shaxs yoki predmetning nomi o'rnida biror a'zo, bo'lak orqali o'sha tushunchani berish, ya'ni bo'lak orqali butunni yoki butun orqali bo'lakni ifodalashni bildiradi. Masalan:

-Farzandi bormi?

-Tirnoqqa zor.

Nima uchun farzand yoki bola o'rnida tirnoq so'zi ishlatilyapti? Tirnoq - bolaning kichkinagina a'zosi. Shu a'zoga ham zorligi,tashna ekanini bildirish bilan bolaga zorligi bo'rttirib ko'rsatilyapti.

Misollar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kechgacha tuz totmadi.(taomning eng muhim qismi orqali butun nazarda tutilgan)

Uyda meni ikkita qora ko'z kutib turibdi.(kutish a'zosi hisoblangan qism -ko'z orqali butun bir inson nazarda tutilgan)

Hajringda qaro boshim oqardi. (oqarish xusussiyatiga ega bo'lgan qism -soch orqali butun bir bosh nazarda tutilgan)

Vazifadoshlik[tahrir | manbasini tahrirlash]

Narsa va hodisalar o'rtasidagi vazifaviy birxillik asosida birining nomi orqali ikkinchisining ifodalanishi vazifadoshlik asosida ma'no ko'chishi deyiladi. Siyoh so'zi tojik tilida qorama'nosini bildirib,qadimda yozish uchun mo'ljallangan qora rangdagi suyuqlik ma'nosini ifodalagan. Keyinchalik yozish uchun mo'ljallangan har xil rangdagi suyuqlik uchun siyoh atamasi qo'llana boshladi, qizil siyoh,ko'k siyoh,qora siyoh deya yuritiladi boshladi.

Misollar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Stolning oyog'i qiyshayib qolibdi.(inson oyog'i va stol oyog'i uchun bir xil bo'lgan tayanch vazifasi asosida)

Devorning ham qulog'i bor, aylanay.(inson qulog'i bilan devor qulog'i uchun bir xil bo'lgan tovush o'tkazish vazifasi asosida)

Mashinaning eshigini ochib do'stini chiqardi.(eshiklar uchun umumiy bo'lgan kirish vazifasining birxilligi asosida)

Manba[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Nargiza Erkaboyeva "O'zbek tilidan ma'ruzalar to'plami" to'ldirilgan qayta ishlangan nashr 2021- yil. Toshkent
  2. Telegram manzili:@nargizaerkaboyeva