Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi:Progint/sandbox/Imomzoda maqbarasi (Ganja)

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Imomzoda maqbarasi
ozarb. İmamzadə türbəsi
maqbaraning tashqaridan koʻrish.
Mamlakat Ozarbayjon
Shahar Ganja
Qurilish vaqti XVI asr
Tegishli Ganja Davlat Tarix-Madaniyat Qoʻriqxonasi
Uslubi Ozarbayjon meʼmorligi
Holati muzey
Ozarbayjondagi tarixiy obidalarni ro‘yxatga olish
Manba nomeri 472
Kategoriya Maqbara
Ahamiyati Respublika miqyosida
Xarita

40°42′55″N 46°25′33″E / 40.71528°N 46.42583°E / 40.71528; 46.42583

Imomzoda yoki Koʻk imom maqbarasi — Ozarbayjoning Ganja shahrining 7 km yaqinligida, qadimiy Ganja vayronalari tomonda VIII asrga tegishli tarixiy meʼmorlik obidasi.

Abbosquli Ogʻa Bakixonov 1841-yilda yozgan mashhur "Gulistoni Iram" asarida shuni keltirib oʻtgan:

Bir qancha jihatdan qishloq xarobalari, vayrona shaharlarda yuksak darajadagi uch imomzodaning Shamaxi, Ganja va Barda shaharlaridagi maqbaralari, shuningdek Bulbula qishlog’idagi Imomzoda maqbarasi shuni ko’rsatadiki, bu mamlakat doimo diniy ulamolarning vatani bo’lgan.[1]

Ganja shahrining eng qiziqarli meʼmorlik obidalaridan biri xalq orasida Koʻk gumbaz yoki Koʻk masjid (Koʻk Imom)nomi bilan tanilgan Imomzoda kompleksidir.  Gʻishtdan qurilgan maqbaraning atrofida kichik masjidlar, xonaqohlar, karvonsaroyli uylar, qoʻshimcha xonalardan iborat diniy kompleks insho etilgan, kompleks atrofiga tosh va gʻishtlardan devorlar qurilgan.[2]

Maqbara bu kompleksning eng muhim obidasidir. Imomzoda maqbarasining qurilgan yili aniqlanmagan. Meʼmorlik ishlariga qarab maqbaraning XIV asr oxiri — XV asr boshlarida, atrofidagi kompleks esa XVII asrda qurilgani tahmin qilinadi. Maqbaraning balandligi 12 metr, gumbaz balandligi 2,7 metr, diametri esa 4,4 metrdan iborat.[2][3]

Gumbaz  moviy rangli marmarlar bilan qoplangan („Koʻk imom“ nomi ham ana shu bilan aloqador). Barda va Naxchivon imomzoda masjidlarida boʻlganidek Imomzoda bilan Barda maqbarasi, shuningdek Axsadanbaba maqbarasi orasida meʼmorlik jihatdan uslub oʻxshashligi mavjud. Maqbara keyinchalik (tahminan XVII asrda) ziyoratgohga aylangan va uning atrofida diniy ahamiyat kasb etgan binolar qurilgan. Ganja Imomzoda Piri meʼmorlik obidasi sifatida oʻrta asrlarga tegishli ekani taʼkidlanadi. Imomzoda maqbarasi gʻishtdan qurilgan boʻlib, rangbarang marmarli, gʻisht bilan oʻralgan gumbazga ega.[3]

Atrofida esa masjid, sardoba va boshqa maqbaralar qurilgan. Turli vaqtlarda olib borilgan taʼmirlash ishlari tashqi koʻrinishidagi oʻzgarishlarga sababchi boʻlgan.[3]

thumb|200px|right|Magbaraning plani. Ibrohimning dafn qilingan qabristoni bir zamonlar Ganja shahrining yaqinligida boʻlgan. Buni maʼlum hudularda olib borilgan  qazilma ishlari vaqti topilgan qadimiy ahyolarning, shahar xarobaliklarining qoldiqlari ham tasdiqlaydi. Tarixning turli davrlarida muayyan sabablarga koʻra Ganja shahrining yeri uch-toʻrt marotaba oʻzgartirilgan. Hozirda ziyoratgoh shaharning 6-7 kilometr yaqinligidadir.[2]

Ozarbayjon hududidagi boshqa imomzodalarda boʻlgani kabi Ganja Imomzodasida ham imom avlodi Ibrohimning dafn qilinishi tarixi borasida dastlabki qoʻlyozmalar mavjud emas. Faqat ziyoratgoh haqidagi eng katta haqiqatlardan biri tadqiqotchi olim Mashadixonim Neʼmat tomonidan oʻqilgan tosh yozuvlardir.[3][4] Yozuvda yozilgan:

U, Alloh boqiydir. Bu Imom Muhammad Bag’ir – unga salom bo’lsin – o’g’li mavlono Ibrohimning muqaddas makoni (joylashgan) sharafli (jannat) bog’idir. O’z bobosining vafotidan  120 yil so’ng vafot etgan – unga Allohning salavoti bo’lsin. Va shu sababli ham bu yuksak maqomga ega yerning barpo etilishiga tbilisilik general-mayor Israfilbey Yodgorzoda hijriy 1296-yilda (1878-79) buyurdi

Qoʻlyozma shuni tasdiqlaydiki, Ganja Imomzoda Pirida — V Imom Muhammad Bagʻirning oʻgʻli Mavlono Ibrohim dafn qilingan.

„Imomzoda“ Ozarbayjon hududidagi muqaddas ziyoratgohlardan biridir. Xususan, Ashuro marosimlari vaqti bu yerga oʻn minglab musulmonlar toʻplanadi. Ganja asosan mahalliy aholi tomonidan Imom Husayn shahri deb ham nomlanadi. Bu ifodaning „Imomzoda“ maqbarasi bilan bogʻliqligi tahmin qilinadi. Tarixchi olim F. Ahmadov „Ganjaning tarixiy xotirasi“ kitobida qayd qilingan ifoda haqida qiziqarli mulohazalarini ilgari surgan. Muallif 1803-yilning dekabridan 1904-yilning yanvar oyigacha Ganjani qamal qilgan rus qoʻshinlari qoʻmondonligining shahar mudofaachilarining irodasini sindirish maqsadida qal’aga boruvchi yerosti suv quvurlarini kesishi boʻyicha buyruq berganidan yozadi. Ishgʻolchilar tomonidan bu „tadbir“ koʻrilgach, shaharda suvsizlik boshlanadi va bu tufayli vafot etganlarning soni ortib boradi.[4][5]

Hijriy 114-yilda Madina shahrida vafot etgan Imom Bagʻir Boqiy qabristonida oʻz otasining va bobosining yoniga dafn qilingan. Uning oʻgʻli Ibrohimga esa ota-bobolarining mozorlaridan juda uzoqlarda — Ganja tuprogʻida dafn qilinish nasib etgan. Imom Bagʻir oʻgʻli Mavlono Ibrohimning ham tazyiqlar tufayli bu yerga kelgani bashorat qilinadi. Baʼzi manbalarda uning xastalik tufayli vafot etgani qayd qilinadi.[5][6]

Mavlono Ibrohim Ozarbayjonga kelgan yagona imom avlodi emas. Undan boshqa ham bu oʻlkada panoh topgan paygʻambar avlodlari boʻlgan. Imom avlodlari istiqomat uchun tasodifan Ozarbayjonni tanlamaganlar. Paygʻambar (s.a.v.) naslining namoyandalari bu yerda katta sevgi bilan qarshi olingan, katta ehtirom koʻrsatilgan. Ularni xalq himoya qilgan.[6]

Imomzoda vaqfi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Imomzoda bir vaqtlar Ganjaning aslzodalaridan hisoblangan Shayxzamonovlarga oid boʻlgan. Oʻz shajaralari bilan doimo faxrlangan Shayxzamonovlar oʻzlarini Shayx Nizomiy naslidan deb hisoblaydilar. Diniy xodim Hoji Alisaftar Safaraliyevning aytishicha, 1901-yilda Ganja Xayriya Jamiyati bilan Imomzoda zamondoshlari, yaʼni xodimlari orasida noroziliklar yuzaga keldi. Xayriya jamiyati aʼzolari talab qiladilarki, Imomzodaga yigʻilgan nazrlar ularning ixtiyoriga berilsin, ularni yetimlar uchun ochilgan yerlarga, xayriya ishlariga sarflasinlar. Ish shu darajaga boradiki, Tbilisda Kafkaz Vakolatxonasi idorasida bu masala koʻrib chiqiladi. U vaqtda 1586-yilda Ikkinchi Shoh Taxmasp bergan farmoni hujjati chop qilindi. Hujjatda maʼlum boʻlishicha, yerlar, shu jumladan, Ganja Imomzoda Piri joylashgan hudud Shayxzamanovlarga meros qolgan yerlar boʻlgan. Ehtimol, shuning uchun oʻsha yerlarga ganjaliklar „Shix tekisligi“ deydilar. Sovet hokimiyati davrigacha Ganja Imomzoda Piriga egalik qilish Shayxzamanovlarga nasldan naslga oʻtgan. Bu naslning namoyandalaridan bir qanchasining mozori oʻsha yerda joylashgan. Umuman olganda, vaqti-vaqti bilan Ganja aholisi, xususan, yuqori tabaqaga mansub shaxslar, moʻminlar, diniy xodimlar qarindoshlari, yaqinlarini ziyoratgohda joylashgan qabristonga dafn qilganlar, oʻzlari ham vafot etgach, oʻsha yerga dafn qilinishlarini vasiyat qilganlar. Shu sababli ham Imomzoda maqbarasining atrofidagi qabriston ham tarixiy ahamiyatga molik.[2][3]

Bu yerga kelganlar avval maqbaraga kirib, imom avlodlarini ziyorat qiladilar. Soʻngra Imomzoda yaqinida dafn qilingan sayyid avlodlarining, aziz avliyolar qabrini ziyorat qiladilar. Ularning koʻpchiligiga nazr berib, sham yoqadilar va duo oʻqiydilar. Bu nazrlar, asosan, bugʻdoydan iborat boʻladi. Imomzoda mozorlaridan birining boshiga kelganlar esa orzulari amalga oshishini sinash uchun qabrtoshiga qand yopishtiradilar…

Imomzoda hovlisida ustida Shixzamanova Mashadi Zarriy Mashadi Bayramxon qizi va Fattohov Narimon Gafar oʻgʻli deb yozilgan kichik maqbaralar ham bor. Qabristonda rus qoʻshini polkovniki, sayyid naslidan boʻlgan Agʻalarov oʻz rafiqasi bilan yonma-yon dafn qilingan.

SSSR davrida aksariyat ziyoratgohlar, ibodatxonalar kabi Imomzoda ham yopildi. Toʻgʻri, Imomzodaning eshigiga qulf osilishi haqida hech qachon rasmiy qaror berilmadi, binodan boshqa maqsadda foydalanilmadi, ammo insonlarning bu yerga kelishining oldini olish uchun chora-tadbirlar koʻrildi. Ulugʻ Vatan urushi yillarida esa Imomzodadagi ziyoratchilar uchun qurilgan hujralarda yetim bolalarga boshpana sifatida berilgan. Ukrainadan, Rossiyadan, shuningdek, Ozarbayjondan va boshqa respublikalardan bu yerga qonli urushning ota-onasiz, kimsasiz qoʻygan bolalar keltirildi. Turli millatlarning namoyandalari boʻlganlikalrini, ota-onalarning boshqa-boshqa dinlarga eʼtiqod qilganlarini tushunmaydigan begunoh goʻdaklar ogʻir kunlarida Imomzodaga sigʻinganlar. Baʼzan hatto kattalarning yonidan oʻtganda ham, oʻsha yerdagi qabrlar atrofida istar-istamas aylanar, bu ularga yoqar edi. Aslida ular bu gʻalati shaharchani ham, bu yerdagi gʻayrioddiy toshlarni ham sevardilar. Chunki tez-tez bu yerga kelganlar, ayniqsa, ayollar, ularning yoniga shirinliklar, konfetlar, qandlar qoʻyar, bolalar ham yeb och qorinlarini toʻydirardilar. Ammo ziyoratchilar bu shirinliklarni qabrda yotgan insonlarning ruhlarini shod qilish, ularni unutilmaganliklarini bildirish uchun olib kelishlarini tushunmas edilar.[4][5][6]

1946-yildan Imomzoda Piri mustaqil ziyoratgoh sifatida faoliyat koʻrsatgan. Tahminan 1970-yillarda Imomzodaning idora qilinishi Kavkazorti Ruhoniylar Idorasiga topshirildi. Imomzoda 1993-yil iyul oyida Hoji Voqif tomonidan taʼmirlandi. Soʻnggi taʼmir-barpo ishlari esa tahminan, uch yil avval olib borilgan. Rossiyada ishlagan ikki ganjalik oʻz hisoblariga ziyoratgohning faqatgina ibodatgoh-kompleksini taʼmirlatdilar.[5][6][7]

Imomzoda maqbarasi barposi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Soʻnggi ikki asr davomida Imomzodada qurilish ishlari 1878-79-yillarda polkovnik Isrofilbey Yodgorzodaning va 1993-yil iyulida Hoji Voqif Valiyevning xayriya tashabbuslari bilan olib borilgan. Imomzoda maqbarasi gʻishtdan qurilgan boʻlib, gumbazning tashqi sathi naqshli gʻisht bilan bezatilgan.

Ozarbayjon Respublikasi toʻrtinchi Prezidenti Ilhom Aliyev 1-mart 2010-yilda „Imomzoda“ kompleksining milliy meʼmorlik anʼanalarimizga uygʻun shaklda taʼmiri, barposi va atrofida obodonlashtirish ishlarini olib borish maqsadida Ozarbayjon Respublikasining 2010-yil davlat byudjetida nazarda tutilgan Ozarbayjon Respublikasi Prezidentining Zahira Fondidan Ganja Davlat Tarix-Madaniyat Qoʻriqxonasi hududida joylashgan „Imomzoda“ kompleksining taʼmiri, barposi va atrofida  obodonlashtirish ishlarini olib borish uchun Ganja shahri Ijro hokimiyatiga 3 mln manat miqdorida mablagʻ ajratilishi toʻgʻrisida hujjat imzoladi.[8]

I.Aliyev 30-dekabr 2011-yilda „Imomzoda“ kompleksining barposi bilan aloqador ishlarni jadallashtirish maqsadi bilan Ozarbayjon Respublikasining 2011-yil davlat byudjetida nazarda tutilgan Ozarbayjon Respublikasi Prezidentining Zahira Fondidan Ganja shahri Ijro hokimiyatiga 2 (ikki) mln manat ajratilishi toʻgʻrisida hujjat imzolangan.[9]

I.Aliyev 5-iyun 2013-yilda „Imomzoda“ kompleksining barposi bilan aloqador ishlarni tugatish maqsadida Ozarbayjon Respublikasining 2013-yil  davlat byudjetida nazarda tutilgan Ozarbayjon Respublikasi Prezidentining Zahira Fondidan Ganja shahri Ijro hokimiyatiga 4 (toʻrt) mln manat ajratilishi toʻgʻrisida hujjat imzoladi.[10]

I.Aliyev 16-may 2014-yilda „Imomzoda“ kompleksi qurilishini tugatish bilan bogʻliq rekonstruksiya qilish va taʼmirlash ishlarini amalga oshirish uchun Ozarbayjon Respublikasining 2014-yil  davlat byudjetida nazarda tutilgan Ozarbayjon Respublikasi Prezidentining Zahira Fondidan Ganja shahri Ijro hokimiyatiga 3 mln manat miqdorida mablagʻ ajratilishi toʻgʻrisida hujjat imzoladi.[10]

I.Aliyev 21-oktyabr 2014-yilda „Imomzoda“ kompleksi qurilishi bilan birga Ganjaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini yana-da jadallashtirish maqsadida Ganja shahri Ijro hokimiyatiga Ozarbayjon Respublikasining 2014-yil  davlat byudjetida nazarda tutilgan Ozarbayjon Respublikasi Prezidentining Zahira Fondidan 5 mln manat miqdorida mablagʻ ajratilishi toʻgʻrisida hujjat imzoladi.[11]

I.Aliyev 5-noyabr 2014-yilda „Imomzoda“ kompleksi qurilishining tugatilishi uchun Ozarbayjon Respublikasining 2014-yil  davlat byudjetida nazarda tutilgan Ozarbayjon Respublikasi Prezidentining Zahira Fondidan Ganja shahri Ijro hokimiyatiga 5 mln manat miqdorida mablagʻ ajratilishi toʻgʻrisida hujjat imzoladi.[12]

I.Aliyev 9-aprel 2015-yilda „Imomzoda“ kompleksida qurilish, rekonstruksiya va taʼmirlash ishlarining tugatilishi va yoʻl infratuzilmasining yangidan qurilishi, shu jumladan, Zazali-"Imomzoda" kompleksi-Ganja avtomobil yoʻlining qurilishi maqsadida Ozarbayjon Respublikasining 2015-yil  davlat byudjetida nazarda tutilgan Ozarbayjon Respublikasi Prezidentining Zahira Fondidan Ganja shahri Ijro hokimiyatiga dastlab 5 mln manat miqdorida mablagʻ ajratilishi toʻgʻrisida hujjat imzoladi.[13]

I.Aliyev 9-sentyabr 2015-yilda „Imomzoda“ kompleksida qurilish, rekonstruksiya va taʼmirlash ishlarining tugatilishi uchun maqsadida Ozarbayjon Respublikasining 2015-yil  davlat byudjetida nazarda tutilgan Ozarbayjon Respublikasi Prezidentining Zahira Fondidan Ganja shahri Ijro hokimiyatiga dastlab 4 mln manat miqdorida mablagʻ ajratilishi toʻgʻrisida hujjat imzoladi.[14]

I.Aliyev 9-fevral 2016-yilda Zazali-"Imomzoda" kompleksi-Ganja avtomobil yoʻlining qurilishi tugatilishi maqsadida Ozarbayjon Respublikasining 2016-yil  davlat byudjetida avtomobil yoʻllari xarajatlari uchun nazarda tutilgan mablagʻ hisobiga „Azeryoʻlservis“ Ochiq aksiyadorlik jamiyati 12 mln manat ajratilishi toʻgʻrisida hujjat imzoladi.[15]

Uchinchi yirik qurilish 2010-yil aprelida boshlangan. I.Aliyev bu yerda koʻrilgan ishlar bilan shaxsan bir necha marta: 9-fevral 2011-yil, 21-yanvar 2012-yil, 18-oktyabr 2014-yil va 17-fevral 2016-yilda tanishgan.[16]

2012-yil noyabr oyida kompleksning 7 xonasi buzilgan.[17]

Kompleks hududining 10 ming kvadrat metriga asfalt yotqizildi, yoʻlaklari dekorativ toshlar bilan bezatildi, zamonaviy yoritish tizimi oʻrnatildi, mukammal infratuzilma ishlab chiqildi. Hududda 500 avtomobil uchun 2 bekat qoʻyildi. Ikki zaldan iborat namozgohda nafis xattotlik namunalari ishlandi va naqshli materiallar bilan qoplandi. Loyihani amalga oshirgan „Ganjakoʻprikqurilish-2“ Aksiyadorlik Jamiyati ziyoratgohda taʼmirlash va qurilish ishlarini olib borar ekan, qadimiy meʼmorlik uslubini saqlab qolishga ahamiyat berildi.[18]

200 kvadratmetr hududni qamrab olgan qurbongohda ham ishlar yakunlanmoqda. Ziyoratgohning uch qavatli binosida taʼmirlash ishlari tugatilmoqda. Birinchi qavati tahorat uchun joy, ikkinchi qavati maʼmuriy xonalar, uchinchi qavati esa mehmonxonadan iborat boʻlgan binoda ziyoratchilar uchun sharoit yaratilgan.[19][20][21]

Imomzoda maqbarasi atrofida dafn qilinganlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Shayx Ibrohim Qudsiy 1816-1869
  • Mirza Mehdi Naji 1805-1882
  • Shayx Zamon
  • İlyosbey Ogʻalarov 1860-1913
  • Shayxulislom Muhammadali Pishnamozzoda 1853-1937

Xorijiy oʻtishlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. Bakıxanov, Abasqulu Ağa. Gülüstani İrəm (Azerbaijani) — 35-37-bet. 
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 „«İmamzadə» türbəsi“ (Azerbaijani) (web). http://gencekitab.az. Gəncə şəhər Mərkəzləşdirilmiş Kitabxana Sistemi. Qaraldi: 2018-yil 22-yanvar.
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 3,4 „Gəncə İmamzadə ziyarətgahı“ (Azerbaijani) (web). http://portal.azertag.az. Azertag. Qaraldi: 2018-yil 22-yanvar.
  4. 4,0 4,1 4,2 „GƏNCƏ İMAMZADƏ TÜRBƏSI (TARIXI-ETNOQRAFIK TƏDQIQAT)“ (Azerbaijani) (web). http://lib.az. Azerbaijan National Library. Qaraldi: 2018-yil 22-yanvar.
  5. 5,0 5,1 5,2 5,3 „İmamzadə türbəsi (Gəncə)“ (Azerbaijani) (web). http://legend.az. Legend. Qaraldi: 2018-yil 22-yanvar.
  6. 6,0 6,1 6,2 6,3 „İlahi saflığın və halallığın məkanı: Gəncə İmamzadə Ziyarətgahı FOTO + VİDEO“ (Azerbaijani) (web). http://azpress.az. Azpress. Qaraldi: 2018-yil 22-yanvar.
  7. „Gəncənin təqribən 7 kilometrliyində yerləşən 'İmamzadə' kompleksi qədim şəhərin orta əsrlər dövrünə aid edilən ən mühüm dini və tarixi abidələrdəndir“ (Azerbaijani) (web). http://www.ganjanews.az. Ganjanews. Qaraldi: 2018-yil 22-yanvar.
  8. Gəncə Dövlət Tarix-Mədəniyyət Qoruğu ərazisindəki „İmamzadə“ kompleksinin bərpası ilə əlaqədar tədbirlər haqqında Azərbaycan Respublikası Prezidentinin sərəncamı
  9. Gəncə Dövlət Tarix-Mədəniyyət Qoruğu ərazisindəki „İmamzadə“ kompleksinin bərpası ilə əlaqədar işlərin sürətləndirilməsi haqqında Azərbaycan Respublikası Prezidentinin Sərəncamı
  10. 10,0 10,1 Gəncə şəhərinin sosial-iqtisadi inkişafının daha da sürətləndirilməsi ilə bağlı əlavə tədbirlər haqqında Azərbaycan Respublikası Prezidentinin Sərəncamı
  11. Gəncə Dövlət Tarix-Mədəniyyət Qoruğu ərazisindəki „İmamzadə“ kompleksinin bərpasının tamamlanması ilə əlaqədar əlavə tədbirlər haqqında Azərbaycan Respublikası Prezidentinin Sərəncamı
  12. Gəncə Dövlət Tarix-Mədəniyyət Qoruğu ərazisindəki „İmamzadə“ kompleksində abadlıq-quruculuq işlərinin aparılması haqqında Azərbaycan Respublikası Prezidentinin Sərəncamı
  13. Gəncə şəhərinin sosial-iqtisadi inkişafının sürətləndirilməsinə dair əlavə tədbirlər haqqında Azərbaycan Respublikası Prezidentinin Sərəncamı
  14. Gəncə Dövlət Tarix-Mədəniyyət Qoruğu ərazisindəki „İmamzadə“ kompleksində bərpa işlərinin aparılması haqqında Azərbaycan Respublikası Prezidentinin Sərəncamı
  15. Gəncə Dövlət Tarix-Mədəniyyət Qoruğu ərazisindəki „İmamzadə“ kompleksində bərpa, abadlıq-quruculuq işlərinin tamamlanması və yol infrastrukturunun yenidən qurulması ilə bağlı əlavə tədbirlər haqqında Azərbaycan Respublikası Prezidentinin Sərəncamı
  16. Gəncə Dövlət Tarix-Mədəniyyət Qoruğu ərazisindəki „İmamzadə“ kompleksində bərpa, abadlıq-quruculuq işlərinin tamamlanması ilə bağlı əlavə tədbirlər haqqında Azərbaycan Respublikası Prezidentinin Sərəncamı
  17. Gəncə şəhərinin Zazalı-"İmamzadə" kompleksi-Gəncə avtomobil yolunun tikintisi ilə bağlı əlavə tədbirlər haqqında Azərbaycan Respublikası Prezidentinin Sərəncamı
  18. İlham Əliyev Gəncədə „İmamzadə“ dini kompleksində tikinti-bərpa işlərinin gedişi ilə tanış olmuşdur
  19. İlham Əliyev Gəncədəki „İmamzadə“ kompleksində aparılan təmir-bərpa və tikinti işlərinin gedişi ilə tanış olmuşdur
  20. İlham Əliyev Gəncə şəhərindəki „İmamzadə“ kompleksində aparılan təmir-bərpa və tikinti işlərinin gedişi ilə tanış olub
  21. İlham Əliyev Gəncədə „İmamzadə“ dini kompleksində yaradılan şəraitlə tanış olub

Turkum:Ozarbayjon shaharlari Turkum:Ozarbayjon sanʼati Turkum:Ozarbayjon: Tarix Turkum:Ozarbayjon Turkum:Ozarbayjon meʼmoriy yodgorliklari‎