Foydalanuvchi:Ozodbek1202/Magiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Magiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

(lotincha magia – jodugarlik, afsungarlik) – insonning g‘ayri tabiiy vositalari yordamida voqyealarning tabiiy jarayoniga, moddiy predmetlarga yoki boshqa kishiga ta'sir ko‘rsata olish qobiliyati. O‘zining funksional vazifasiga ko‘ra magiya bir necha xil nomlarga egadir – ovchilik, ishlab chiqarish, sevgi - muhabbat, shifolovchi, zarar keltiruvchi, urug ‘ga yordamlashuvchi magiyalar. Magiya o‘zining umumiy yo ‘nalishi bo ‘yicha adolatli ravishda ta'sir ko ‘rsatish (uning maqsadi – ta'sirga uchragan ob'ektni magik harakatni bajaruvchi, kutayotgan harakatni amalga oshirishga yoki shunday holatda bo ‘lishga majbur qilishdir) va saqlovchi magiya (uning maqsadi – shaxsni yoki jamoani dushmanning har qanday magik ta'sir ko ‘rsatishidan yoki tashqi kuchlarning nomaqbul ta'siridan himoya qilishdir). Ba'zan bu ikki xil tipni qora va oq magiya deb atashadi. Magik harakatlarni amalga oshirish rasmlariga ko‘ra ular yakka tartibdagi va jamoa tarzidagi harakatlar bo‘lishi mumkin.

Manbalar:

https://qomus.info/oz/knowledgebase_category/sh/