Foydalanuvchi:Orzumurod Esonqulov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya



Ikki avlod uchrashuvi


Mening ismim Esonqulov Orzumurod Samarqand viloyatidagi Nurobod tumanidagi Saxoba qishlog’ida tug’ilganman. Taqdir meni o’qish istagida Ziyovuddin shaharchasiga yetakladi. 22-maktabda o’qib yurgan paytlarimda menga tarix faniga qiziqish uyg’onib qoldi.Tarix fani ustozim Ra’no G’aniyevadan 2-jahon urushida qatnashganlar haqida so’radim. O’tgan yili 2 kishi qolganligini, ular haqida tuman gazetasida maqola ham chiqqanligini ustozim aytib qoldi. Shunda menda ham ular bilan uchrashish va suhbatlashib, maqola yozish istagi tug’ildi. 30-aprel kuni Safarov G’affor boboni uylarini izlab topdim. Tushdan keyin bobo dam olib o’tirgan ekan. G’affor boboni asta suhbatga chorladim. 1943 yil hali maktabda o’qib yurgan kunlari urushga chaqiruv qog’ozi kelgan ekan.Sinfimizda 7-8 ta qiz bolalar qoldi. Ustozimiz "bular hali yosh bola-ku,"-deb yig’lab yuborganlarini eslab qoldilar. Uyga kelib onamizdan jigari rang undan bo’lgan zog’ora non oldik. O’shanda qishlog’imizdan 18 nafar yigit urushga jo’nadik. Meni yosh bola deb ko’p avaylashardi, unchalik o’g’ir yuk ko’tartirishmasdi. Bir oylik tayyorgarlikdan so’ng frontga yetib keldik. Har doim eson-omon Vatanimga qaytish niyatida bo’lganman,-deydi G’affor bobo. Sevastopol, Semfiropol va boshqa joylardajanglarda qatnashdim. Qirmdan nemislarni haydab chiqardik. Berlingacha to’xtovsiz, shiddatli janglar olib bordik. Suhbatimiz davomida bobo nemislarni shafqatsiz ekanligini ta’kidlab o’tdi. Janglardan birida qo’lim, oyog’im va qornimdan yaralanib,gospitalga tushub qoldim. Shunda menga 15 kunga uyga ruxsat berib qolishdi. Men 15 kunga bormayman, birdan g’alaba bilan qaytishimni aytdim. Nihoyat barcha orziqib kutgan g’alaba kuni ham keldi. Yaradorlarni ham bayramga olib borishdi. Faqat bizlarni mashinadan tushurmadilar.Bayramda hamma xursand. Kechga tomon yana harbiy gospitalga qaytdik va yaxshilab davolandim. Tuzalib, 21yoshimda sog’-salomat jonajon Vatanimga qatdim.Uyga kelsam otamlar Zoir qishlog’iga ko’chib o’tishgan ekan. Otamlar bilan diydorlashdim. Shu yerda 5-6 yil yashadik va yana o’z qishlog’imizga ko’chib o’tdik. Kunlardan bir kuni otan Qarnabdan 80kg.bug’doy olib kelishga jo’natdi. Men bug’doy olib keldim va Haydar bobo degan tegirmonchiga un qilish uchun olib bordim. Tegirmonchi un qilgan haqqini mendan olmadi.Ayoli tandirda non yopayotgan ekan, 4 dona menga issiqqina non berib yubordi. Uyga bordim, meni ko’rib otamni kayfiyati ko’tarildi. Suhbatimiz oxirida G’affor bobo urush vaqtlari va undan keyin juda qiyin damlar bo’lganligini aytib qoldi. Men juda katta taasurotlar bilan xursand bo’lib qaytdim va bu xabarni ustozimga aytishga shoshildim.

Esonqulov Orzumurod Paxtachi tuman gazetasiga bergan maqolasi.