Foydalanuvchi:Olmostolayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Konsta[tahrir | manbasini tahrirlash]

Konsta(haqiqiy ism-sharifi Abdullayev Sharifjon Shokir oʻgʻli) Oʻzbekistonlik reper. U jamiyatdagi ayrim bir muammolarga bagʻishlangan musiqalari bilan tanilgan .

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

U 1992-yil 9-Sentyabrda Guliston shahrida tugʻilgan. Kollejni tugatganidan soʻng. Qisqa vaqt Guliston shahridagi doʻkonda ishlagan. Vaqtincha, uning oilasi ovqatni tayyorlab sotar edi, lekin bu ular xohlagandek boʻlmadi. 2012-yil Sharif Abdullayev Rossiya Federatsiyasiga mehnat migranti sifatida ketdi.

Karyerasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Konsta musiqalarini 2011-yildan beri yozib kelmoqda. Moskvada ishlab yurgan vaqtida, U musiqalarini Sentr, Guf va Ptaha kabi reperlarning studiyasida ishlagan Xorazmlik yigit studiyasida yozib olishgan. 2012-2013-yillarda, u oʻz ona shahrida „Koʻchalar guvoh“ musiqasi bilan tanildi. Konsta Gulim musiqasi bilan mashhurlikka erishdi. „Boy“ musiqasi, qaysiki blogger Timur Alixanov bilan aytgan, ishida katta burilish qildi. „Ertasi yoʻq“, „Oʻzbegim“, „Utopiya“, „Odamlar ucha olar“, „Biz yoʻq joyda“ musiqalari qaysiki u asosan jamiyatdagi muammolarga qaratilgan.

konsta 2022-yil 31-martda u oʻzining birinchi konsertini Zarafshon Konsert zalida berdi.

Konstaning ijodida, Konsta Oʻzbek migrantlari muammolari va hayotiga eʼtibor qaratgan. Konsta tarafidan kuylangan „Oʻzbekistonlik“ treki 1 kunda 100,000 ta koʻrilgan. 2023-yil Konsta havo musiqasini chiqardi va bu musiqiy video tabiatdagi muammolar haqida.2022-yil 13-noyabrda Konsta oʻzining „Odamlar nima deydi“ trekini chiqardi. Ushbu trekka 2023-yil 6-avgustda videoklip YouTubeʼga yuklangan va hozirda 1,5 milliondan ortiq koʻrilgan. Konsta 2023 yil 12-may sanasida Qarshi shahriga tashrif buyurgan va ’’Global Education in Karshi’’ oʻquv markaziga trek yozgan.

Musiqalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • "Gulim"
  • "Odamlar nima deydi"
  • "Odamlar ucha olar"
  • "Utopia"
  • "Yolg'izlik"
  • "O'zbekistonlik"