Foydalanuvchi:O`zMUGEOL/qumloq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya


Pirit

Pirit(Nomi yunoncha piros — olov so‘zidan kelib chiqqan va piritning zarba taʼsirida uchqun chiqarish xususiyatini aks ettaradi) — Sulfidlar sinfiga oid eng keng tarqalgan mineral. Kimyoviy tarkibi FeS2(Fe 46,6 %, S 53,4 %). Pirit tarkibida juda kam miqdorda Co (kobaltpirit), Ni, As, Sb, baʼzan Cu Au, Ag va b. Qo‘shimchalar uchrashi mumkin. Bu qoʻshimchalar ularning tarkibiy tipamorf xususiyati hisoblanadi.

Tuzilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Pirit tabiatda zich donali mayda va o‘rtacha kristalli agregatlar, loviyasimon va uyushiqsimon ajratmalar, odatda tomonlari yaxshi rivojlangan kub shakldagi kristallardan iborat bo‘ladi. Singoniyasi kubik.Mineral hosil boʻlish sharoitiga qarab kubik, pentagondodekaydir, kubooktatdir, oktaedir shakllarda kristallanadi. Kub tomonlarida chiziqchalar mavjud, zarba taʼsirida uchqun chiqaradi va oltingugurt hidini taratadi. Pirit amalda barcha maʼlum yo‘llar bilan hosil bo‘lishi mumkin, ularning orasida gidrotermal va magmatik yo‘llar asosiysi sanaladi. Rangi latunsimon sariq, oltinsimon sariq, somonsimon-sariq, chizig‘ining rangi tim qora, baʼzan yashilsimon qora, yaltiroqligi yorqin metalsimon, shaffofligi shaffofmas mineral, ulanishi  mukammal emas, sinishi notekis, baʼzan chig‘anoqsimon, agregatlarda donali. Moos shikalasi boʻyicha qattiqligi  6 — 6,5, zichligi 4,9 — 5,2 g/sm3.", erish harorati 1177—1188 °C.

Paydo boʻlishi va konlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Pirit yer qobig‘ida eng kup tarqalgan sulfid bo‘ulib, juda ham xilma-xil geologik sharoitlarda yuzaga keladi. 1. Kupgina magmatik togʻ jinslari orasida mayda-mayda xol-xol donalar shaklida uchraydi. Koʻpincha silikatlarga nisbatan epigenetik mineral boʻlib, keyingi gidrotermal mahsulot bilan bogʻliq tarzda yuzaga keladi. 2. Kontakt — metasomatnk konlarda, skarnlar va magnetit uyumlari orasida sulfidlarning doimiy yoʻldoshi boʻlib topiladi. Koʻpincha tarkibida kobalt ham bo‘ladi. Boshqa sulfidlarga o‘xshab kontakt-metasomatik protsessning gidrotermal stadiyasi bilan bog‘lik ravishda paydo buladi. 3. Xar xil tipdagi turli tarkibli ma’danlarning gidrotermal konlarida yoʻldosh sifatida keng tarkalgan bo‘lib, xilma-xil minerallar bilan bir paragenezisda topiladi. Shu bilan birga u faqat ma’danli minerallar orasidagina emas, balki atrof jinslarda ham metasomatik yʻl bilan paydo bo‘lgan (metakristallar) xol-xol, yaxshi taraqqiy qilgan kristallar holida koʻp uchraydi.

Qo‘llanilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Pirit asosan sulfat kislota ishlab chiqarishda ishlatiladi, bunda yo‘l-yo‘lakay mis, oltin va b. ajratib olinishi mumkin.