Foydalanuvchi:Normurodov Shavkat/qumloq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Dastlabki muzeylar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muzey(yunonchaːmusion-" go’zal buyumlar saqlanadigan joy") -noyob buyumlarni saqlash va namoyish qilish vazifasini bajargan. Ammo qadimda muzeylar alohida muassasa sifatida faoliyat ko’rsatmasdan, ma’lum vaqtlarda yoki birorta tadbir tarkibida o’tkazilgan, shuningdek, buyumlarga eksponat sifatida qaralmagan, balki kolleksiya namunasi sifatida e’tibor berilgan. Chunki turli mavzulardagi noyob buyumlar aholining o’ziga to’q tabaqasi, amaldorlardan iborat kolleksionerlar tomonidan yig’ilgan va xalqqa namoyish etilgan.

  Muzeylar dastlab antik davrda Yunoniston va Rimda vujudga kelgan. Ayni shu davrda kolleksiyalar to’plash an’anasi shakllangan. Yunonistondagi Gelikon tog’i yonida turli tasvirdagi yodgorliklar saqlanadigan joy muzeylarning ilk ko’rinishlaridan biri hisoblangan. San’at, madaniyat va fanda erishilgan yutuqlarning namunalaridan iborat kolleksiyalar to’plash Yevropada Uyg’onish davrida dastlab, Italiyada, so’ng esa Angliya, Fransiya, Germaniya va boshqa mamlakatlarda an’anaga aylandi. Italiyada XV asrda moddiy-madaniy buyumlarni yig’ish va namoyish etish ishlari aniq tizim asosida tashkil etilgan bo’lsa, XVI-XVII asrlarga kelib, Fransiya, Angliya, Germaniyada ham muzeylar tashkil etish odat tusiga kirgan. 1753- yil ochilgan Londondagi ”Britaniya muzeyi”, 1793- yil tashkil etilgan Parijdagi ”Luvr” muzeyi G’arbiy Yevropadagi ilk ommaviy muzeylar sanaladi.

XIX asrga kelib dunyo miqiyosida ko’plab yirik muzeylar vujudga keldi. 1819- yilda Madriddagi ”Prado muzeyi”, 1873- yilda Moskvadagi ”Tarix muzeyi”, 1852- yilda Sankt-Peterburgdagi  ”Ermitaj”, 1870- yilda Nyu-Yorkdagi ”Metropoliten” muzeylarini misol qilib keltirish mumkin. O’sha davrlarda ko’plab davlatlarda bo’lganidek, O’rta Osiyoda ham katta muzeylar barpo etilgan.Toshkentda ilk muzey 1876- yilda ochilgan, u hozirgi “O’zbekiston  tarixi davlat muzey”idir. Yurtimizdagi dastlabki muzeyning faoliyati A.P.Fedchenko, N.A. Mayev, V.F.Oshanin, I.V.Mushketov, V.V.Bartold kabi olimlarning sa’y-harakatlari va tashabbuslari bilan shakllanib borgan.