Foydalanuvchi:NikoMinsok

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

XIV asrning 60-yillari oʻrtalarida turkiy-moʻgʻul barlas qabilasining zodagonlar oilasi vakili Temur kutilmaganda Movaronanahrning siyosiy maydoniga kirib keldi va Oʻrta Osiyo tarixining keyingi rivojiga katta taʼsir koʻrsatdi. Tug‘ma diplomat va nozik siyosatchi Temur siyosiy vaziyatni doimo to‘g‘ri baholagan.

1360 -1370 yillar uning keyingi faoliyatiga asos soldi , chunki ayni shu davrda Movarounnahrda ichki va tashqi vaziyatlar nihoyatda tahlikali ahvolda edi.  Aynan shunday qiyin sharoitda Temur harbiy va siyosiy kuchga  erishish uchun qiyin va mashaqqatli yo'lni tanladi , bunga sabab esa Vatanga bo'lgan muhabbat edi . O'sha paytda Temurda aytarli kuch yo'q edi.  Temur o‘z askarlari bilan Mo'g'ul xonlariga qarshi kurashda Chig'atoy amirlari  bilan bir safda turib shiddatli jang olib bordi.  U tez-tez o'rtada elchilik qilardi , ayrim hollarda esa  o'z qo'shini bilan  urushayotgan tomonlarini o'zgartirib bir lagerdan ikkinchisiga o'tib jang qilardi . Aynan ushbu sharoitda Temurda turli harbiy va diplomatik nayranglar, hiylalarni o'rgandi, o'ziga kerak bo'lgan shaxslar bilan qarindoshlik rishtalarini bog'lab , atrofdan o'ziga kuch to'pladi.
Temurning barcha faoliyati, o'zining hokimiyatini mustahkamlash va Movarounnahrda mustahkam birlashgan davlat yaratishga qaratilgan edi.
1370-yilda Temur Balxda Amir Husayn bilan shiddatli jangda zafar quchadi. Natijada 1370-yilning yozida Balxda boʻlib oʻtgan qurultoyda Temur Movarounnahr amiri deb eʼlon qilindi.  Ayni shu damdan boshlab O‘rta Osiyoning  keyingi 135 yillik siyosiy tarixi va diplomatiyasi Temur (1370-1405) va Temuriylar sulolasi (1405-1507) bilan chambarchas bog'landi.
 Temur jahon miqyosidagi noyob avtokratik hukmdor bo'lib, dunyo hukmronligiga da'vogarlik qilgan , kamdan -kam insonlarda uchraydigan  ambitsiyalarga ega inson  edi.  Movarounnahni birlashtirgandan keyin Xitoy, Hindiston, Moʻgʻuliston, Oltin Orda , Iroq, Vizantiya va boshqa yirik mamlakat hukmdorlari Temur huzuriga oʻz elchilarini yuborishdi .Temurni qo'lga kiritgan g'alabasi bilan tabriklash uchun noma yuborib ,diplomatik munosabatlarni o'rnatish istagida ekanliklarini bayon etdilar.  
Uning kelajakni ko'ra bilishi,  tashqi siyosat va diplomatiya sohasida  yaqqol namoyon bo'ldi.  Aynan shu omillar Temurning zukko davlat arbobi, nozik siyosatchi  va diplomat sifatidagi fazilatlarini to‘liq ochib  berdi.
 Ulug' saltanatning yaratuvchisi Temurga davlat birligini saqlab qolish oson emas edi , shuning uchun ko'plar uning davlati uzoqqa bormaydi deb o'ylashgandi,  lekin u eng murakkab siyosiy vaziyatlarda ham hushyorlik, tahliliy fikrga tayanib  nafaqat saltanat birligini saqlab qoldi , balki  iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va ma'naviy tamoyillarni birlashtirib , qudratli davlatga asos soldi.   Oʻrta Osiyo va unga tutash hududlarni yagona markazlashgan davlatga birlashtirish uchun Temur bularni ustuvor deb hisobladi  : harbiy kuch ishlatish, ayyorlik, diplomatiya va, albatta, adolat. Ayrim sotqinlarni kuch ishlatish bilan jazolab , shu orqali qolganlarni  har qanday xoinona  xatti-harakatdan saqladi, u o'zi bilan boshdan birga bo'lib kelayotgan yaqin insonlarini ardoqladi.  

Bu paytda , Temur va Toʻxtamish oʻrtasidagi munosabatlar rus knyazliklaridagi vaziyatga oʻz taʼsirini oʻtkazdi . Temur o'z davlati mustaqilligini saqlab qolish uchun To'xtamish bilan jangga kirdi va uni tormor etdi. Natijada Oltin O'rda ham Temuriylar davlati hududiga qo'shildi . Oz fursatdan keyin , Temur va Boyazid oʻrtasidagi munosabatlar chigallashdi , chunki azaldan Boyazidda Temurga nisbatan adovat bor edi . Endi , urush boshlanmasligining iloji yo'q edi. Yevropa mamlakatlari esa o'rtada manfaatdor bo'lib qoldilar , ikki gegemon davlatdan biri mag'lubiyatga uchrashi aniq edi. Agarda Temur g'alaba qozonsa , Yevropa xalqlarini Turkiyaning Bolqon yarim oroli hududiga bostirib kirishi xavfidan qutqarardi. Va shunday ham bo'ldi.

" Temur tuzuklari "  shuni ko'rsatadiki , tashqi siyosat, qo‘shni davlatlar bilan bo'lgan munosabatlarda ,Temur  savdogarlar va karvon boshliqlariga tayangan . Ularning ma’lumotlariga tayangan holda asosli qarorlar qabul qilgan. "Uzoq mamlakatlarni zabt etish - men uchun shaxmat o'yini " deb yozgan edi Temur . 
" Temur  tuzuklari "da Temur  o‘z fuqarolarini 12 tabaqaga ajratadi va tabaqaga ta’rif berishda quyidagilarni ta’kidlaydi: “Men begona saltanatlardan xabar olish uchun barcha viloyatlar, davlatlarga yordam qo‘lini cho‘zdim, savdogarlar va karvonlar jo‘natdim. Men ularga Ho'tan, Xitoy, Hindiston, Misr, Arabiston, Suriya, Rum shaharlarida va hatto Franklar orolida topilishi mumkin bo'lgan eng nodir narsalarni olib kelishni buyurdim.  Men bu mamlakatlarning tub aholisi va mustamlakachilarining ahvoli, odob-axloqi va odatlari, ayniqsa, chet el hukmdorlarining o'z fuqarolari bilan bo'lgan munosabatlari haqida menga xabar berishlarini xohladim.
 Bu maqolada Temur va Temuriylar davrining Movarounnahrga tutash hududlari, xususan Oltin O‘rda, Mo‘g‘uliston (Sharqiy Turkiston va Yettisuv), shuningdek Hindiston va Xitoy bilan  munosabatlari va diplomatiyasini  yoritishga e’tibor qaratdim. 
 Temur va Temuriylar davlatining tashqi siyosati va diplomatiyasini o'rganish milliy davlatchiligimizdagi   koʻplab muhim muammolarini hal etish imkonini beradi. Movarounnahr, Xuroson va Eron kabi mamlakatlarni birlashtirgan Buyuk Temur davlati tarixini o'rganish bir qator muammolarni yechish imkonini beradi , bular:
Temur va temuriylar davlati o‘rta asrlar Movarounnahr va Xurosonning xalqaro aloqalarini  o'rganish imkonini beradi.  Temur hokimiyat uchun da'vogarlar o'rtasida mohirona diplomatiyasi orqali , Movarounnahrni o'z qo'lida saqlab qoldi. Temur hukmronligining o'rnatilganidan to  Temuriylar davlatining qulashigacha (XIV asrning 60-70-yillaridan 1507-yilgacha) Movarounnahr, Xuroson va Eronning ichki va tashqi siyosiy ahvolini kuzatish imkonini beradi.Bu davrda Temur davlatni idora qilish  va diplomatik sohada shaxsiy jasorat, donolik,  aql va tashkilotchilik qobiliyatini namoyon etdi. Temur davlati va Temuriylar davlatining qo‘shni va uzoq mamlakatlar, ham Sharq va G‘arb bilan diplomatik aloqalari tarixini o‘rganishga yo'l ochib beradi.  Amir Temur Oʻrta Osiyo va unga tutash hududlarda oʻz hukmronligini oʻrnatish uchun nafaqat harbiy  usullarni qoʻllagan, balki savdo-sotiq va elchilik aloqalarini oʻrnatish yoʻlini tutgan, ittifoqchilarni oʻziga jalb qilish uchun diplomatiyadan foydalangan . Chet el elchilarining Temuriylar poytaxti– Samarqandga safarining tarixiy ahamiyatini yoritib berishga imkon beradi.  Xususan, Kastiliya qiroli Genrix III ning maxsus vakili – Ruyi Gonsales de Klavixoning Temur saroyiga tashrifi (1404) va Xitoy elchisi Chen Chenning (1414) Hirotga tashrifi va boshqalarni biz misol qilib olsak bo'ladi. Temuriylarning boshqa davlatlar hukmdorlari bilan yozishmalari tadqiqot uchun qiziq va qimmatli manba hisoblanadi. Temur va temuriylar davlatining xorijiy davlatlar bilan tashqi siyosiy aloqalarini o‘rnatishdagi o‘rni va vazifasini aniqlashga imkon beradi.  Ayniqsa ,Anqara jangida Temurning Oltin O'rda hukmdori To'xtamishxon va turk sultoni Boyazid I ustidan qozongan g'alabasining roli va ahamiyati beqiyosdir. (1402 y.) 

Manbalar : "Temur tuzuklari " 1992 yil Toshkent , Cho'lpon "O'rta Osiyoning XIV asrning ikkinchi yarmi XVI asr boshlari tarixi" M.Karimov