Foydalanuvchi:Navruz1202/Bagugan yayla

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

BABUGAN-YAYLA — Qrim togʻlarining Bosh tizmasidagi eng baland togʻ, Gurzuf va Alushta oraligʻida. Oʻrtacha bal. 1000—1400 m, eng baland joyi 1545 m (Roman-Kosh). Yuqori yura davrining ohaktoshlaridan tarkib topgan. Karst hodisasi tufayli yer yuzasi oʻnqirchoʻnqir boʻlib ketgan. Yon bagʻirlari oʻrmon bilan qoplangan, togʻ tepasi toshloq va oʻtloq. Yon bagʻrida Qrim qoʻriqxona – ov xoʻjaligi joylashgan.

Manba

https://qomus.info/oz/encyclopedia/b/babugan-yayla/