Foydalanuvchi:Navoiy axborot texnologiyalari texnikumi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Navoiy axborot texnologiyalari texnikumi (Nav ATT) - O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yilning 6-sentyabridagi PF-5812-son “Professional ta’lim tizimini yanada  takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-maydagi 288-sonli qaroriga muvofiq 2021-2022-o'quv yilida tashkil etilgan.

Texnikumning to'liq nomi: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiylari universiteti huzuridagi Navoiy axborot texnologiyalari texnikumi

Asos solingan yil: 2021-yil

Manzil: Navoiy viloyati Karmana tumani Jaloyir MFY

Texnikum direktori: Safarov Ismoil Istamovich (28.08.2023 y h.v)

O'tmishdoshi: Safayev Sherzod Abduganiyevich (14.06.2021- 28.08.2023 yy)

Fakultetlar: 2 ta

Kunduzgi: 2 yil

Sirtqi: 2 yil, 6 oy

Pedagoglar soni: 14 nafar

Xalqaro standart tasniflagichi: 5-daraja

Ta'lim yo'nalishlari: 4 ta

  • Kompyuter injiniring; (audio va video texnologiyalarni o‘zlashtirish va yaratishni, mahsulotlar ishlab chiqarishni, ularni chop etish bilan bog‘liq ijodiy faoliyatni boshqarish; Qisqa metrajli va to‘liq metrajli badiiy hujjatli filmlarni yaratishdagi operatorlik faoliyatini olib borish va boshqarish)
  • Dasturiy injiniring; (mobil tizimlarning dasturiy taminotini sinash usullari; Mobil tizimlarning dasturiy taminotini yaratishda innavatsiyalardan foydalanish usullari.)
  • Axborot xavfsizligi; (axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridagi mavjud zaifliklar va ularga bo‘ladigan tahdidlardan himoyalash; axborotning mahfiyligi, axborotning butunligi va foydanuvchanligining buzilish usullarini tahlil qilish;)
  • Telekommunikatsiya texnologiyalari (telekommunikatsiya, teleradio eshittirish, mobil aloqa)