Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi:Nasibaxon Ibrohimova

Vikipediya, erkin ensiklopediya

MUSIQA O`QITISH METODIKASIDA TO`GARAK MASHG`ULOTLARNING AHAMIYATI VA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH


“Musiqa – tafakkurning qudratli manbai. Musiqy tarbiyasiz tom ma`nodagi aqliy kamolot bo`lishi mumkin emas” V.A.Suxlominskiy

Наr qanday davlat ravnaqini belgilab beradigan asosiy omillardan biri kadrlarning o‘z sohasi bo‘yicha mukammal ta’lim olganligi va ruhiy jihatdan barkamolligi, shaxsning ma’naviy yetukligi, o‘zligini anglaganligi, vatanparvarlik va fidoiylik kabi yuksak hislaming rivojlantirilganlik darajasi bilan bog‘liq. Ayniqsa, ta’lim-tarbiya jarayonida xorijiy tillarni o‘qitish va o‘rgatishning o‘ziga xos jihatlarini hisobga olgan holda musiqa fanlarini o‘qitish alohida ahamiyat kasb etadi. Hozirgi davrda musiqa fanini o‘qitish bo‘lg‘usi o‘qituvchilarda musiqiy bilimlarini rivojlantirish, musiqa fanining mazmun-mohiyati, musiqaning ilmiy tadqiqot metodlari, musiqiy taraqqiyot va unga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar, faollik va faoliyatga undovchi motivlarning shaxs taraqqiyotida tutgan o‘rni, shaxsda bilish jarayonlarining kechishi va rivojlanishi, shaxsning tevarak-olamdagi voqeliklami anglashda bilish jarayonlarining roli, har bir shaxsning individual musiqiy xususiyatlari va shu asosda hissiy-irodaviy, hissiy-emotsional holatlarning o‘ziga xos kechishi, haqidagi bilimlarni ilmiy-nazariy jihatdan umumiy tayyorgarlik ko‘rgan holda egallashga yo‘naltirilgan. Har bir o‘qituvchi o‘quv-tarbiyaviy faoliyatni muvaffaqiyatli olib borishi uchun zarur bo‘lgan psixologik bilimlar va ko‘nikmalami, o‘qituvchi-murabbiyga xos umumiy kasbiy va shaxsiy fazilatlami egallashi lozim. Shunga ko‘ra har bir mutaxassis-o‘qituvchi umumiy psixologiya fanidan chuqur bilim, malaka va ko‘nikmalami egallashi bugungi kun talabidir. O`zbek xalqining musiqa merosi juda boy va qadimiy tarixga ega. Uning ajoyib an`analari hozirgi kunda ham o`z badiiy va estetik qiymatni saqlab kelmoqda. Bu an`analarni zamonaviy o`zbek musiqa madaniyatining ajralmas qismini tashkil qiladi. “An`ana – o`tmishning yakuni emas, balki yangi zamonning ilhomlantiruvchi jonli kuchidir”, - degan edi XX asrning buyuk kompazitorlaridan biri Igor Stravinskiy. Darhaqiqat, musiqa merosidan, xalq kuy va qo`shiqlaridan ilhom olmagan biron-bir sohasini topish qiyin. Ommaviy Estrada qo`shiqlaridan tortib, yirik xor, simfonik musiqa, opera, balet janrlarining rivojlanish jarayonini musiqa me`rosidan ajralgan holda tassavur etib bo`lmaydi. Yosh avlodga har taraflama va chuqur bilim berish, ularni Vatanimiznig yetuk kishilari qiib yetishtirishimizda umumta`lim maktablari asosiy rol o`ynaydi. Maktab o`qituvchilari o`quvchiga bilim berish, ularni har tomonlama rivojlangan shaxs qilib yetishtirish borasda barcha amallarni bajarishi bilan birglikda, ularni san`at olamiga olib kiradi, go`zalikka bo`lgan qiziqishini kuchaytiradi. Shuning uchun ham maktabdagi ta`lim – tarbiya ishlarida san`at asarlarini keng targ`ib qilish, uning barcha turlari bo`yicha to`garaklar tashkil qilish maqsadga muvofiqdir. Ma`lumki, har qanday milliy san`atning ifodasi xalq hayot va turmushdagi muvaffaqiyatlaridir. San`at xalq hayoti bilan qanchalik chambarchas aloqada bo`lsa, u shunchalik rivoj topadi, yashovchan bo`ladi, xalqning va ayniqsa, yosh avlodning estetik tarbiyasida katta o`ri tutadi. Pedagoglar bolada nimaga ko`proq ishtiyoq borligini aniqlab, uni ma`lum to`garakka jalb etishlari lozim. Bu orqali bolanining iste`dodi to`g`ri yo`natirilish bilan birga yanada sayqallanadi. Respublikamizdagi barcha umumta`lim maktablarining 1-7 sinflarida musiqa darsi o`tiladi. Maktabda musiqa tarbiyasiniing amalga oshirishdan maqsad o`quvchilarning estetik qobilyatlarini o`stirish, ularning iste`dodlarini shakillantrishdan iborat. Darsdan tashqari o`tiadigan mashg`ulotlar orali esa boladagi qiziqishni yanada oshirish va uning iste`dodini rivojlantirishga ershiladi. Musiqiy tarbiya insonni go'zallikka yetaklovchi bir vosita bo'lib, u insonning estetik va emotsional xususiyatlarini shakllantiradi. Haqiqiy musiqa asarlari zamonning estetik-axloqiy va siyosiy g'oyalarini umumlashtiradi. Inson hayotini musiqa san'atisiz tasavvur qilib bo'lmaydi. San'at kishilarga faqatgina ma'naviy ozuqa beribgina qolmasdan, jismoniy kamolotga erishuvida ham muhim o'rin o'ynaydi. Musiqa san'atining axloqiy-estetik tarbiyadagi rolini to 'g 'ri his etib, uning yosh avlodni tarbiyalashdagi ahamiyalini aslo unutmaslik zarur. Musiqiy go'zallik insonning ma'naviy qiyofasi shakllanishida muhim omildir. Musiqa go'zallikka intilish, estetik ehtiyoj tug'ma xislat emas. U insonda mehnat va atrof-tevarakdagi olamni ta'sirida paydo bo'lgan. Tashqi olamni o'zgartirish bilan insonning o'zi ham o'zgarib bordi, bunda faqat u jismoniy jihatdangina taraqqiy qilib qolmay, balki ma'naviy jihatdan ham taraqqiy etdi. Insonning ma'naviy qobiliyati va avvalo, estetik hissi asta-sekin taraqqiy etib, tarbiyalanib bordi. Musiqa san'ati hayotni bilish va odamlarni tarbiyalashning qudratli vositasidir. Ammo uning bilish va tarbiyalashdagi xizmat darajasi kishiga estetik, badiiy jihatdan ta'sir etish kuchiga bog'liqdir. Musiqa san'ati kishi faoliyatining muayyan bir turi bo'lib, uning vazifasi jamiyatga estetik xizmat ko'rsatishdir. Shu ma'noda uning o'rnini hech bir narsa bosa olmaydi. Musiqa ijtimoiy hayotning hamma sohalarida faol sur'atda o'rin oladi. Shunday qilib, voqelikka bo'lgan estetik munosabat bastakorlar tomonidan yaratilgan musiqa asarlarida ham, mehnatga, maishiy hayotga va odamlar munosabatiga olib kiriladigan badiiy asoslarda ham ifodalanadi. Наг bir san'at turi singari musiqa san'ati ham juda qadim zamonlarda, odamlar g'orlarda yashab, tosh qurollaridan foydalanib, hayvon terilarini yopinib yurgan o'tmish davrlarida paydo bo'lgan. U odamlaming ma'naviy dunyosi cheklangan, tili kambag'al, atrofdagi voqea - hodisalar haqidagi tasavvurlari juda noaniq edi. Lekin shunga qaramay musiqiy asarlami, garchi u asarlar "yovvoyi" holatda bo'lsa-da, ana shu qadimgi odamlar yaratgan. San'atning deyarli hamma turlari minglab yillar ilgari vujudga kelgan. San'at qandaydir birgina yerdagina emas, balki bir yo'la bir necha qit'alarda, turli kengliklar, iqlim sharoitlarida paydo bo'ldi. Maktabda musiqaviy tarbiya tizimi ko'pgina elementlardan tashkil topadi, bular: musiqa darsi, musiqadan sinfdan va maktabdan tashqari musiqiy tarbiya, vokal va xor studiyalari hamda to'garaklari, vokal va cholg'u ansambllari, musiqa maktablari va hokazo. Bu tizimda ommaviy axborot tizimi juda katta o'rin egallaydi. Tarbiyalovchi va rivojlantiruvchi vositalaming hammasi musiqaviy-estetik muhitni tashkil etadiki, bu muhitda o'quvchilaming musiqa sohasidagi qiziqish va ehtiyojlari vujudga keladi. Maktabda musiqa darsi estetik tarbiya tizimining bir qismi bo'lib, u ko'p jihatdan maktab o'quvchisining ma'naviy rivojlanishiga qaratilgan bo'ladi. Musiqaviy-ijodiy qobiliyatlami rivojlantirish va boyitish, musiqani idrok etish malakalarini shakllantirish, musiqa san'atiga qiziqish bilan qarash, o'quvchilaming badiiy havaskorligi puxta o'ylangan va izchil tizim bo'yicha amalga oshirilmog'i kerak. Musiqa darsi o'ziga xos faoliyat turlari bilan: musiqa asarini tinglash va tahlil qilish, qo'shiq kuylash, musiqa ostida harakatlar bajarish, musiqa ijodkorligi bilan ajralib turadi. Dars jarayonida bu faoliyat turlarini bir-biridan ajratish mumkin emas, chunki ular bir-biri bilan o'zaro bog'langan va ba'zan bir-biriga singib ketgan bo'ladi. Musiqani tinglash jarayonida o'quvchilar muayyan miqdorda musiqaviy-nazariy bilimlar oladilar, musiqa tinglash qobiliyati tajribasini to'playdilar, ularda ayni vaqtning o'zida taxlil qilish malakalari shakllanadi. Jamoa bo'lib qo'shiq aytishda qo'shiqchilik ovozi hamda musiqa tinglash qobiliyatining barcha komponentlari (yuqori tovush, ritmika, tovushlar uyg'unligi, tembr) rivojlanadi. Xor bo'lib qo'shiq aytish, bolalar musiqa asboblarini chalish, musiqa ostida harakat qilish improvizatsiya (erkin ijod etish) jarayonida ijrochilik malakalarining rivojlanishi o'quvchilarni o'quv mashg'ulotining faol, manfaatdor, emotsional qatnashchilariga aylantirib qo'yadi. Musiqa fanining vazifasi-bolalami go'zallikka faol munosabatda bo'lishga, musiqaga ijodiy yondoshishga o'rgatishdan iboratdir. Bunga biron-bir asami o'zlashtirib va tushunib olish asosidagina emas, balki uning yaratilish tarixini, musiqa nazariyasining asoslarini, uning rivojlanish qonuniyatlarini bilish asosida erishish mumkin.Biroq darsda o'quvchi faoliyatining barcha turlariga musiqani idrok qilish asos bo'ladi. Musiqani tushinish atrofdagi hayotni to'la to'kis idrok qilish uchun zarurdir, chunki pirovardida san'at asari va hayotdagi estetik narsaning mohiyatiga chuqur kirib borish qobiliyati maktab o'quvchisi shaxsining har tomonlama rivojlanishiga yordam beradi. Musiqa darsi ham barcha fanlar qatori o 'z oldiga qo'ygan vazifalami hal qilmog'i kerak va bu vazifalami qanchalik faol va aniq maqsadni ko'zlagan holda hal qilsa, maktab o'quvchilariga musiqaviy ta'lim berish darajasi ham shunchalik yuqori bo'ladi. O’zbеkiston Rеspublikasida kеyingi yillarda barcha soxalarda siyosiy – iqtisodiy o’zgarishlar bo’lgani kabi xalq ta'limi sohasida ham katta o’zgarishlar ro’y bеrdi. «Ta'lim to’g’risidagi» qonun, «Kadrlar tayyorlash» Milliy dasturi»ni ro’yobga chiqarish sifat ko’rsatkichi bosqichiga kirdi. Davlat ta'lim standarti, o’quv dasturi, yangi avlod darsliklarini yaratilishi hamda madaniy rivojlanishni yuqori bosqichlarga ko’tarish, jaxon hamjamiyati safidan munosib o’rin egallashga yo’naltirilgan ezgu maqsadlarni amalga oshirishga xizmat qiladi. Yangi ta'lim standartlarni o’zlashtirish mustaqil fikr yuritishga undash, yangi tеxnologiya asosida ish olib borish bеvosita o’qituvchi faoliyatiga bog’liqdir. Ta'lim samaradorligini oshirish, davlat ta'lim standartlarining bajarilishini ta'minlash, ta'limning sifat ko’rsatkichini kafolatlashda zamonaviy tеxnologiya hal qiluvchi omillardan bo’lib bormoqda. Shuni aytib o’tish kеrakki, rеspublikamizda yangi pеdagogik tеxnologiyalar, Ta'lim innovatsiyalar to’planilib ular ichida ish faoliyatimiz uchun eng samaradorlari tajribalar sinovdan o’tkazilib biz o’qituvchi amaliyotchilar uchun ijodiy faoliyatlarimizga yordam bеrish maqsadida pеdagogik tеxnologiyalarni o’rganish va amalda joriy etish kurslari tashkil etildi. Pеdagogik tеxnologiyalarni o’quv jarayoniga tadbiq etish bo’yicha sеminarlar, trеnginglar o’tkazilyapti. Ilg’or pеdagogik tеxnologiyalarni amalda qo’llash tajribalarini taxlil etish, umumlashtirish, ommalashtirish buyicha tavsiya, qo’llanmalar yaratildi. Hozirgi vaqtda pedagogik dasturiy ta’minotning turli xil klassifikatsiyalari va tipologiyalari juda ko‘p. Ushbu uslubiy maqsadga muvofiq pedagogik dasturiy vositalar quyidagilar bo‘lishi mumkin: kompyuter darsliklari (darslari); o‘quv dasturlari (repetitorlar); nazorat qilish (sinov chig‘anoqlari); ma’lumot va ma’lumotnoma (entsiklopediyalar); taqlid; modellashtirish; namoyish (slayd yoki videofilmlar); o‘quv o‘yinlari; bo‘sh vaqt (kompyuter o‘yinlari: rol o‘ynash, mantiqiy, sport va boshqa turlari). Musiqiy ta’limda yangi axborot texnologiyalaridan foydalanish o‘qitish vositalari, shakllari va usullarini optimallashtirishga, muayyan ta’lim muammolarining oqilona echimlarini topishga, o‘quv jarayonini takomillashtirishning tegishli usullarini tanlashga imkon beradi, an’anaviy muammolardan kelib chiqadigan bir qator qiyinchiliklarni engishga yordam beradi. Kompyuter ta’lim dasturlarining quyidagi turlari mavjud: elektron darslik; elektron musiqiy entsiklopediya; kutubxona ma’lumotlarini qidirish tizimlari; bilimlarni boshqarish kompyuter dasturlari. Bugungi kunda musiqiy kompyuter dasturlari musiqiy ta’limning quyidagi asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha ishlab chiqilmoqda. Musiqachining badiiy tafakkurini tarbiyalash; amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish; musiqiy qobiliyatlarni rivojlantirish; ijodiy faoliyat; atamalarning asosiy tushunchalarini o‘rganish; nazariy bilimlarni ta’minlovchi dasturlar - ular talabalar tomonidan musiqiy asarlar tuzish qonunlari va qoidalarini, asosiy nazariy tushunchalarni o‘zlashtirishga qaratilgan. Eshitish qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan dasturlar - intonatsiya, garmonik, ohangdor eshitish va hokazolarning sofligini rivojlantirish bo‘yicha turli treninglarni o‘z ichiga oladi. Ular tarkibida notalar, intervallarni, tarozilarni va boshqalarni aniqlashda mashq qilishga imkon beradigan turli xil eshitish diktantlari mavjud. Musiqiy adabiyot dasturlari - bular kitoblar, ensiklopediyalar, MIDI fayllari ko‘rinishidagi musiqiy asarlar to‘plamini, tegishli bastakorlar va musiqachilarning qisqa tarjimai hollarini o‘z ichiga olgan turli xil musiqiy asarlar to‘g‘risidagi kichik rasmli ma’lumotnomalar va ushbu material bo‘yicha kichik viktorina bo‘lishi mumkin. Musiqa va musiqiy adabiyotlar tarixi bo‘yicha dasturlarning matnlari slaydlar va reproduktsiyalar, musiqiy asarlardan parchalar, videofilmlar bilan tasvirlangan, tanlangan musiqiy va badiiy asarlar va maqolalar slayd-shousi bilan birga rivoyatlarni o‘z ichiga olishi mumkin. Bunday dasturlar yordamida siz turli mamlakatlar va davrlarning bastakorlari ijodi bilan tanishishingiz, ularning tarjimai hollarini bilishingiz, u yaratgan musiqa haqida ma’lumot olishingiz, lavhalar bo‘yicha ba’zi qismlarini saralashingiz, musiqiy san’atning turli janrlari, musiqachilar va musiqa asboblari haqida bilib olishingiz mumkin. Shunday qilib, ta’limni, mehnatni va umuman zamonaviy hayotni axborot texnologiyalarisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Bugungi kunda institutlar, universitetlar, gimnaziyalar, maktablar, kollejlar, texnik maktablar va hattoki bolalar bog‘chalari eng so‘nggi kompyuter texnologiyalari bilan jihozlangan.

Foydalanilgan adabiyotlaar: A.Xasanov “Maktabda Ashulla” Toshkent O`qituvchi 1981 E.Umarov, R.Karimov, M.Mirsaidova, G.Oyxo`jayeva “Estetika asoslari” Cho`lpon nomidagi nashriyot matbaa ijodiyot uyi 2009 Xizmat ko‘rsatadigan televidenie Musiqa darslarida axborot texnologiyalari / TV xizmat ko‘rsatishi mumkin. // Musiqani o‘rgatish. - 2007. -№. 10.–C. 15.