Foydalanuvchi:Muhlisa01/Brovka

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

BROVKA Petrus (Petr Ustinovich) [1905.12 (25).6, Vitebsk viloyati 1980] — Belorussiya xalq shoiri (1962), Belorussiya Fanlar akademiyasi, Belorussiya ensiklopediyasi bosh muharriri (1966-y. dan), Mehnat Qahramoni (1972). 1926-y. dan ilk sheʼrlari bosila boshlagan. «1914» (1935), «Katerina» (1938) dostonlarida batrak ayollarning qismati, hayotda oʻz oʻrnini topishi tasvirlangan. «Belorus» (1943), «Non» (1946) dostonlari va qator sheʼrlari («Kastus Kalinovskiy», «Belorus jangchilariga», 1943) urush davri belorus adabiyotining eng yaxshi namunalaridan hisoblanadi. Urushdan keyingi yillarda xalqgsar doʻstligi, kishilarning fidokorona mehnati tarannum etilgan «Axa va singil», «Xalq minnatdorligi» (1946), «Hayotyoʻli» (1950), «Kunlar oʻtib boradi» (1961) tuplamlari shoirga katga shuhrat keltirdi. B. Shevchenko, Mayakovskiy, Tvardovskiy, Tichina singari koʻpgina shoirlarning asarlarini belorus tiliga tarjima qilgan. Uning koʻpgina asarlari esa jahondagi bir qator xalqlar tillariga tarjima qilingan. Brovka sheʼrlari («Yurak onti», «Oʻy», «Sen — mening bolalarim», «Eman daraxti», «Sheʼriyat»), «Daryolar tutashganda» romani uzbek tilida nashr etilgan.

Manba

https://qomus.info/oz/encyclopedia/b/brovka/