Foydalanuvchi:Msindarov07/qumloq/2

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Google Keep[tahrir | manbasini tahrirlash]

Google Keep — Googlening bepul Google Docs Editors to'plamiga kiruvchi qayd qilish uchun ishlatiladigan dastur. Ushbu to'plamga, Google Docs, Google Sheets, Google Slides, Google Drawings, Google Forms va Google Sites kabi ilovalar ham kiradi. Google Keep, veb dastur hisoblanadi. Ammo, uning Android hamda iOS operatsion sistemalari uchun ham mobil versiyalari mavjud. Ilova qayd qilish uchun matnlar, ro'yhatlar, rasmlar va audiolardan foydalanish imkonini beradi. Google Keeps orqali foydalanuchi optik belgilarni aniqlash (OBA) usuli yordamida rasmlardan hamda audiolardan matnlarni ajratib olishi mumkin. Ilova interfeysi foydalanuvchilarga ilovani bir ustunli yoki ko'p ustunli qilib foydalanish imkonini beradi. Foydalanuvchi saqlangan qaydlarga o'ziga moslab rang berishi hamda turkumshlashtirishi mumkin. Keyingi yangilanishlar foydalanuvchilarga turli xil yangi imkoniyatlarni ochib berdi. Bulardan biri bu, qaydlarni qadash hamda boshqa foydalanuchilar bilan bo'lish kabilar kiradi.

Google Keep omma orasida turli xil sharhlar bilan baholandi. Uning 2013-yildagi ilk taqdim etilgan versiyasi omma orasida iliq kutib olindi. Dasturning tezligi, audio qaydlarning sifati hamda sinxronizatsiyasi foydalanuvchilar tomonida yuqori baholanadi. 2016-yildagi sharhlarda esa ilovada o'zgarishlarni orqaga qaytarish hamda interfeysdagi xatolar tanqid qilinadi. Bunda qaramasdan, ilova omma orasida mashhur edi. Chunki, ilovani deyarli hamma qurilmalar orqali foydalanish mumkin edi. Bundan tashqari, dasturni Googlening boshqa xizmatlari bilan bog'langan holda ishlatish mumkin edi.

Google Google Keep Chrome ilovasi qo'llab quvvatlashni tugatadi. Ammo, Google Keepning o'zidan boshqa ilovalar hamda veb brauzerlar orqali foydalanish mumkin.

Xususiyatlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Google Keep orqali foydalanuvchilar turli xil fayllarni qayd sifatida saqlashi mumkin (matn, ro'yxat, rasm va audio). Ilova matnli qaydlarni ro'yxatlarga aylantira oladi. Foydalanuvchilar xohishiga qarab, qaydlarga oq, qizil, to'q sariq, sariq, yashil, yashil-ko'k, kulrang hamda ko'k ranglarini berishi mumkin. Bundan tashqari, ilovadagi "Copy to Google Doc" funksiyasi orqali foydalanuvchi qaydlarini Google Docs ilovasiga o'tkazishi mumkin. Google Keeps foydalanuvchilarga ovoz orqali ham qaydlar yaratish imkonini beradi.

Yangilanishlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

2014-yiling noyabr oyida, Google ilova foydalanuvchilari orasida real vaqt rejimida qaydlarni boshqalar bilan ulashish funksiyasini taqdim etadi. 2016-yil oktyabrda, Google dasturga qaydlarni qadab qo'yich funksiyasini qo'shadi. 2017-yilning fevralida, Google Google Keep hamda Google Docsni integratsiyalashtiradi. Bu esa foydalanuvchilarga Docsdan foydalanish vaqtida qaydlarga kirish imkonini berdi. 2017-yil iyundagi yangilanish sababli foydalanuvchilar yozgan qaydlarini orqaga qaytarish imkoniga ega bo'lishadi.

Platformalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Google Keep android operatsion sistemasi uchun 2013-yilning 20-martida ommaga taqdim qilinadi. Ushbu android ilovani Wear OS bilan ishlatish mumkin edi. iOS operatsion sistemasi uchun 2015-yilning 24-sentyabrida ishlab chiqariladi.