Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi:Mrshaxas/2024 yil Varzagan vertolyoti halokatga uchradi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

2024-yil 19-may kuni Eronning Varzaqan shahridan Tabrizga ketayotgan vertolyot[1] halokatga uchradi. Vertolyot bortida Eron prezidenti Ibrohim Raisiy, tashqi ishlar vaziri Husayn Amir-Abdullaxon, Sharqiy Ozarbayjon gubernatori Malek Rahmatiy va Oliy rahbarning Sharqiy Ozarbayjondagi vakili Muhammad Ali Ale-Hoshem boʻlgan[2]. 40 nafar qutqaruv guruhi[3] vertolyotni topishga harakat qilmoqda, xabarlarga koʻra, vertolyot Dizmar oʻrmoni hududida qulagan[3]. Vertolyotning joylashuvi va yoʻlovchilarning ahvoli nomaʼlumligicha qolmoqda[4].

Bu hodisa, Rasisiy Eronning Sharqiy Ozarbayjon viloyatining, Ozarbayjon bilan chegarada joylashgan Joʻlfa shahri yaqinida sayohat qilayotgan chogʻida sodir boʻlgan[5][6]. Eron televideniyesining xabar berishicha, qutqaruv ishlari zich oʻrmon relyefi, kuchli yomgʻir, tuman va kuchli shamol kabi noqulay ob-havo sharoiti tufayli qiyinchiliklarga duch kelmoqda[7]. Vertolyotni qidirishga yordam berish uchun dronlar, qidiruv-qutqaruv guruhlari va maxsus oʻqitilgan itlar safarbar etilgan[8].

Eron rasmiy manbalari tomonidan Reuters axborot agentligiga, Raisiy va Amir-Abdullaxonning hayoti xavf ostida ekanini aytilgan[9].


19-may kuni Ibrohim Raisiy Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan birga Ozarbayjonda yangi „Qiz qalasi toʻgʻoni“ning ochilish marosimiga tashrif buyurgan paytida koʻrishgan edi. Bu toʻgʻon Eron va Ozarbayjon oʻrtasida, Aras daryosidagi uchinchi hamkorlik loyihasi boʻlgan[10][11].

Eron qonunlariga koʻra, prezident vafot etgan taqdirda uning oʻrnini vaqtincha birinchi vitse-prezident (hozirda Muhammad Moxber) egallaydi. Shuningdek saylov olti oy ichida oʻtkazilishi kerakligi belgilangan[12].

Hodisa sodir boʻlishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Fassihi, Farnaz „Helicopter Carrying Iran's President Has Crashed, State Media Reports“. The New York Times (2024-yil 19-may). Qaraldi: 2024-yil 19-may.
  2. „Who was on the missing helicopter?“. Al Jazeera Media Network (2024-yil 19-may). Qaraldi: 2024-yil 19-may.
  3. Makoii, Akhtar; Abrahams, Jessica. „Iranian president Ebrahim Raisi 'missing' after helicopter makes hard landing“ (en-GB). The Telegraph (2024-yil 19-may). Qaraldi: 2024-yil 19-may.
  4. Moshtaghian, Artemis; Mando, Nechirvan; Rahimi, Rosa; Brennan, Eve „Helicopter carrying Iranian President Raisi crashes, local media reports“ (en). CNN (2024-yil 19-may). Qaraldi: 2024-yil 19-may.
  5. „Helicopter carrying Iran's president suffers a 'hard landing,' state TV says without further details“ (en). AP News (2024-yil 19-may). 2024-yil 19-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 19-may.
  6. „Helicopter carrying Iran's president Raisi makes rough landing, says state TV“. Reuters (2024-yil 19-may).
  7. „Helicopter carrying Iran's president suffers a 'hard landing,' state TV says without further details“ (en). AP News (2024-yil 19-may). 2024-yil 19-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 19-may.
  8. Raice, Shayndi; Eqbali, Aresu „Iran Says Helicopter Carrying Its President Is Missing After 'Difficult Landing'“. The Wall Street Journal (2024-yil 19-may). Qaraldi: 2024-yil 19-may.
  9. „Helicopter carrying Iran's president Raisi makes rough landing, says state TV“. Reuters (2024-yil 19-may).
  10. „Helicopter carrying Iran's president suffers a 'hard landing,' state TV says without further details“ (en). AP News (2024-yil 19-may). 2024-yil 19-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 19-may.
  11. „Qiz-Qalasi Dam symbol of cooperation between Tehran, Baku“. Mehr News Agency (2024-yil 19-may).
  12. Fassihi, Farnaz „Helicopter Carrying Iran's President Has Crashed, State Media Reports“. The New York Times (2024-yil 19-may). Qaraldi: 2024-yil 19-may.