Foydalanuvchi:Mohira04/qumloq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Zulfiya tarjimai holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Zulfiya Isroilova 1915-yil 1-mart kuni Toshkentning O‘qchi mahallasida hunarmand-ishchilar oilasida tavallud topgan. She’rga, so‘zga, adabiyotga muhabbat unda bolaligida oialsidagi muhit sababli paydo bo‘lgan bo‘lsa ajab emas. Ayniqsa, bunda onasi Xadichabegimning roli katta:

– Onamning qanchadan-qancha qo‘shiq va afsonalarni bilishiga aqlimiz bovar qilmasdi. Bu sehrli afsona va dostonlar bizga benihoya huzur bag‘ishlar, o‘ziga rom qilib olar, har safar yangi jilva kasb etar edi. Hozirgidek charog‘on davrda yashasa, onam yo shoira, yo olima bo‘lardi. Shunga aminmanki, mo‘’jizalar yaratishga qodir, jahonni ko‘zga keng ochuvchi, insonni go‘zallik sari yetaklovchi so‘zga shaydolik hissini mening qalbimda maktab ko‘rmagan ana shu onam uyg‘otgandi, – deb yozadi Zulfiya o‘zining tarjimai holida.

O‘rta maktab va ayollar pedagogik bilim yurtini a’lo baholarga tugatgan Zulfiya respublikaning turli gazeta jurnallarida faoliyat yuritadi. Ilk she’ri “Men ish qizi” nomi bilan 1931-yili “Ishchi” gazetasida chop etiladi. Havaskor shoiraning bu kabi ilk she’rlari “Yangi yo‘l” jurnali, “Qizil O‘zbekiston”, “Yosh leninchi” gazetalarida chop etiladi.

1932 yil 17 yoshida ilk she’riy to‘plami “Hayot varaqalari” nomi bilan chop etiladi. Ular asosan yoshlik, muhabbat, inson qalbi haqida edi. 1938-yillarda u turli yirik nashriyotlarda, gazeta-jurnallarda faoliyat yuritadi, turli respublika va respublikalararo tashkilotlariga a’zo bo‘ladi.

Ayollar bilim yurtini tamomlagandan so‘ng, 1935-yilda Zulfiya O‘zbekiston fanlar qo‘mitasi qoshidagi Til va adabiyot instituti aspiranturasiga o‘qishga kiradi. Aynan shu paytlar institutda Hamid Olimjon ham faoliyat yuritar edi. Keyinchalik o‘qituvchi Hamid Olimjon va talaba Zulfiya o‘rtasidagi iliq munosabatlar muhabbatga aylanib, 1935-yilning 23-iyul kuni ikkisi oila quradi.

Zulfiya she’rlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

1944 yil turmush o‘rtog‘i Hamid Olimjon avtohalokatda vafot etadi. Shoiraning shoir Hamid Olimjon xotirasiga bag‘ishlab yaratgan “Hayot jilosi”, “O‘rik gullaganda”, “Xayollar”, “Sog‘inish” va boshqa to‘plamlaridan joy olgan she’rlari tuyg‘ular, falsafiy umumlashmalar hayotga muhabbat ruhi bilan sug‘orilgan she’rlar turkumiga kiradi.

Zulfiyaning 1947-yilda yozilgan ,,Bahor keldi seni so‘roqlab“ she’ri insoniy muhabbatni haqqoniy tasvirlovchi badiiy pishiq, ta’sir kuchi g‘oyat o‘tkir she’r bo‘lib, bahor kechalarida lirik qahramonning bedor qalbini qiynayotgan hijron nidosidir.1950-yillarning yarmida Zulfiya Osiyo va Afrika yozuvchilarining tinchlik va xalqaro birdamlik shiori ostida o‘tgan harakatida faol qatnashib, ko‘plab mamlakatlarda bo‘ladi. Hindiston, Misr, Yaponiya kabi mamlakatlariga qilgan sayohati shoirada chuqur iz qoldiradi. "Mushoira", "O‘g‘lim, sira bo‘lmaydi urush", "Qozog‘iston o‘lanlari", "Men chizolmagan surat" singari she’rlari Zulfiyaga shuhrat keltirdi.Zulfiya 1968-yilda Hindistonning Javoharlal Neru, 1971-yilda xalqaro “Nilufar” hamda 1970-yilda Hamza nomidagi O‘zbekiston davlat mukofoti sohibasi bo‘lgan. Shuningdek, Bolgariyaning “Kirill va Mefodiy” ordeniga sazovor bo‘lgan.