Foydalanuvchi:Marjona Turayevna Xudoyqulova/Siyosiy institut

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

SIYOSIY INSTITUT (lot. instititit - o'rnatish, ta'sis etish)-ijtimoiy agentlarning sistemalashgan, barchaga ma'lum, amalda qoʻllanuvchi (va ba'zan rasman qayd etilmagan bo'lsa-da) e'tirof etilgan o'zaro ta'sir, aloqalari shakli. Institutlar tarkibiga e'tirof etilgan siyosiy me'yorlar va qadriyatlar, siyosiy xulq-atvor modellari: siyosiy munosabatlarni tashkil etish shakllari; me'yorlar va qoidalar amalga oshirilishi ustidan nazorat kiradi. Institut o'zaro ta'sir-aloqalari ushbu shakllarda belgilangan qoidalar va me'yorlarni amalga oshirishga qaratilgan bo'ladi. Ba'zan, lekin har doim emas. Institutlar rasmiy tashkilotga aylanadi: moddiy belgilarga ega boʻladi (bino, muhr, faoliyat tartibi, tashkilot nomidan so'zlash huquqiga ega shaxslar). Siyosiy va siyosiy boʻlmagan institutlar o'rtasida farq juda nisbiy. Ular mamlakatlar, davrlar, vaziyatga qarab oʻzgaradi (davlat, din, armiya, ta'lim tizimi). Siyosiy institutlarga quyidagilar kiradi:

1) barcha e'tirof etgan va amal qiluvchi siyosiy me'yorlar va qadriyatlar;

2)siyosiy xulq-atvorning qabul qilingan modellari;

3) siyosiy munosabatlarni tashkil etish shakllari;

4) qoida va me'yorlar bajarilishini nazorat.

Rasmiy siyosiy institutlarga davlat hokimiyati organlari (parlament, hukumat, sud); manfaatlarni hokimiyatga taqdim etuvchi tuzilmalar (siyosiy partiyalar, manfaat guruhlari, lobbizm); mansabdor shaxslarni lavozimlarga tayinlash usullari (saylov tizimlari) singarilar kiradi.  Siyosiy institut bo'lib siyosiy faoliyat sub'yektlarining siyosiy faoliyat mexanizmlari bilan aloqadorlikda amalga oshuvchi tadbirlarni qo'llab-quvvatlovchi, turtki beruvchi, nazorat qiluvchi va tekshiruvchi tashkilotlar ham hisoblanadi.