Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi:Maqsuda Abrorova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
                                  Suv- hayot manbai.
   Markaziy Osiyoda yaqin o’tmishda afsusuki tabiatning insoniyatga qaytaradigan ehtimoliy javobiga e’tibor bermasdan suvdan foydalanilgan. Suv tugamaydigandek ko’rilgan va undan xohlagancha foydalanilgan. Bu bilan tabiat qonunlari e’tiborga olinmagan. O’sha ehtimoliy “tarsaki” esa juda qattiq tushdi. Mana endi “Nima qilamiz?” deb boshimiz qotgan. Zararli oqibatlar ro’yxati uzun. Bundan endi shunday xulosa qilish mumkin: tabiatga bo’lgan munosabatni o’zgartirish lozim. Bu nima bilan bo’ladi? “Mana suv serob-ku”, deb ishlatib ketaverish emas, daryodan shuncha suv olamiz deyilsa, “To’xtachi, bundan tabiatga qancha zarar yetadi?”, degan tamoyil birinchi o’rinda tursa, maqsadga muvofiq bo’lardi.

Yer paydo bo’libdiki, suv mavjud. Gidrosfera tarkibining juda oz qismini tashkil etadigan chuchuk suv zahiralari XXI asrga kelib, har xil sabablar tufayli ko’p ifloslanib bormoqda. Xalqimizda bir naql bor: “Suv yetti dumalab toza bo’ladi”. Lekin bu naql bugungi kunda talabga javob bermaydi. Chunki hozir “ XXI- fan-texnika inqilobi asridir”, har bir bajarayotgan ishimizni o’ylab bajarishimiz kerak, chunki keyinchalik xatolarni to’g’irlay olmasligimiz mumkin.