Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi:Malika Ravshan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

ELEKTRON MEDIA TILI

Bugungi kunda, elektron media tili ko‘plab lingvistlar e’tiborini tortib kelmoqda. Dastavval, elektron media o‘zi nima? degan savollarga javob bersak. Uni ikki qismga bo’lib olsak bo’ladi: - Elektron ommaviy axborot vositalari (Televideniya, radio); - Global va internet tarmoqlari (Saytlar, bloglar) ​Ommaviy axborot vositalarining tili yuksak obro‘-e’tibor va eng zamonaviy tarqatish vositalariga ega bo‘lib, “axborot jamiyati”da milliy tilning o‘ziga xos modeli rolini o‘ynaydi,adabiy me’yor, til didi va xohish-istaklariga faol ta’sir ko‘rsatadi. N.Volodinaning so‘zlariga ko‘ra: “Bir tomondan, ommaviy muloqot tili o‘ziga xos tarzda adabiy tilni boyitadi, uni baholovchi burilishlar bilan to‘ldiradi, nafis, ko‘pincha aforistik nutqni shakllantiradi”. ​Ba'zi ommaviy axborot vositalari, til me'yoriga amal qilmasliklari jargonlarni ko‘payishiga olib keladi. Og'zaki ommaviy axborot vositalarida huquqiy normadan chetga chiqish, adabiy tilni buzilishiga sabab bo‘ladi. Tanganing ikkinchi tomoniga qaraydigan bo‘lsak, aynan elektron media tufayli yangi so’zlar kirib kelmoqda va tilni boyishiga xizmat qilmoqda. ​Ommaviy axborot vositalari tili o‘z mohiyatiga ko‘ra dinamik bo‘lib, ijtimoiy ongdagi barcha o‘zgarishlarga eng tez javob beradi, uning holatini aks ettiradi va uning shakllanishiga ta’sir qiladi. O. Aleksandrovaning so'zlariga qaraganda, zamonaviy tilshunoslikda kuzatilishi mumkin bo'lgan til o'rganishga yondashuvlardagi yangi tendentsiyalarni aynan ommaviy axborot vositalari tilida ko'rish mumkin.

​Shu sabablar bois, aynan ommaviy axborot vositalari bugungi kunda jadal tarzda ommalashib borayotgan elektron media tili insonlar ongiga tez ta’sir qiladi. Misol uchun, blogerlarni oladigan bo‘lsak. Chet elga borib yangi bir so’zni o‘rganib uni qo‘llasa, kuzatuvchilari ham unga ta’qlid qila boshlashadi. Bu esa shu so‘zni ommalashishiga olib keladi. Tasavvur qilib ko‘radigan bo‘lsak bugungi kunda elektron mediadan foydalanuchilar soni ancha yuqori.Bu esa aynan elektron media orqali qo‘llaniladigan so‘zlar ommalashish ehtimoli yuqori ekanligini ko‘rsatadi. ​O‘zbekistonning rivojlanish sur’atiga qaraydigan bo‘lsak kelgusi yillarda elektron mediadan foydalanuvchilar soni ortib borsa boradiki, lekin kamaymaydi. Bu esa uning tez ommalashish xususiyati borligini ko‘rsatadi. Shu sababdan, bugungi kunda elektron media tili lingvistlar e’ tiborini tortib kelmoqda. ​Elektron media tilini o‘rganayotgan lingvistlar avvalo, ularni qismlarga bo‘lib o‘rganishlari o‘rinli bo‘ladi. Yuqorida aytib o‘tganimdek, televizion nutq insonlarning kundalik nutqiga ta’sir qiladi. Professional tilshunoslar tilning tanazzulga uchrashi, o‘zligini yo‘qotishi haqida tez-tez gapirishadi. ​Tilning rivojlanishidagi salbiy hodisalarning sabablaridan biri televizion nutq bilan bog'liq. E'tibor bering, televizion nutq va televizion til tushunchalari tubdan farq qiladi. Televizion til tushunchasi keng ko'lamli bo'lib, u vizual va ifodali vositalardan tashqari, ish jarayonidagi so‘zlarni o‘z ichiga oladi. Televizion nutq esa - bu shakl, til, boshlovchilar, dastur ishtirokchilari, jurnalistlar nutqi va boshqalar. Televizion nutqda tasvir va matnga katta e'tibor berish kerak, ayniqsa jurnalist uslubiga. Chunki, aynan jurnalist qo‘llayotgan uslub ommaga yetib boradi va ularning ongiga singib qolishi mumkin.Televizion nutq shakllanar ekan, tarixiy, siyosiy, ijtimoiy, lingvistik tabiatning turli tomonlarini o'zlashtiradi. ​Ulardan keyingisi bu radio. Radioda uzatilayotgan eshtirish biror bir janrga taalluqli bo‘lishi lozim. Nutqning har bir lingvistik va stilistik tuzilmalaridan, muloqotning turli daqiqalarida til vositalaridan foydalanish qonuniyatlarini bilish, stilistik va nutq hodisalariga funktsional va tizimli yondashuvni qo‘llash qobiliyati til vositalaridan to'g'ri foydalanishga imkon beradi. ​Til me’yori muxbir, kuzatuvchi, sharhlovchi, muharrir, eshittirish va teleboshlovchi nutqida aks etishi, ko‘rsatuvlar matni ustida ishlash tinglovchi va tomoshabinlarning nutq madaniyatini yuksaltirishga xizmat qiladi. Ayniqsa, radioda diktor nutqiga alohida e’tibor berish lozim. Televideniyada ovoz-ko’rinish faktorlari mavjud bo‘lsa, radioda faqat ovoz faktori bor. Shu boisdan, radioda asosiy e’tiborni matnga qaratish lozim. ​ Til birliklari va stilistik vositalardan foydalanishda dolzarblik va maqsadga muvofiqlik tamoyiliga amal qilgan holda, til va tafakkur o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni ham unutmaslik kerak. Nutq madaniyati, eng avvalo, fikrlash madaniyatidir. Bu nafaqat radio boshlovchida balki, barcha mutaxassislarda bo‘lishi kerak. Yuqori nutq madaniyati ko'p jihatdan ma'lum lingvistik va stilistik hodisalarga ongli ravishda yondashish qobiliyati, radio va televideniya eshittirishlarining mazmuni va butun tuzilishini hisobga olgan holda ma'lum bir kontekstda tanlangan til vositalarini tahlil qilish qobiliyati bilan belgilanadi. ​Bugunga kelib rivojlanib borayotgan elektron media tillardan biri bu internet tilidir. Xo‘sh, internet tili bu xalq tilimi? Internet o'z foydalanuvchilarining asosiy e'tiborini ular ishlatadigan til vositalariga qaratishga harakat qiladi. Bundan tashqari, foydalanuvchilarning o'zlari, tashrif buyuruvchilar yoki "virtual shaxslar" nafaqat, butun Internet makonini yaratadilar,hamda buni sezmasdan ushbu ijtimoiy qatlam muloqot qiladigan Internet tilini o'ylab topadilar. ​Nima sababdan internet o‘z foydalanuvchilariga o‘zlari ishlatadigan tilni qo’llashiga imkon beradi? Birinchidan, bu qulaylik tug’diradi. Ya’ni foydalanuvchi o‘zini qulay his qiladi va atrofidagi insonlar so‘zlashayotgan til unga yaqinlik tuyg’usini beradi. Bu esa internet tarmoqlaridan foydalanuvchilar sonini oshib borishiga xizmat qiladi. Ikkinchi masala axborot olish qulayligi va uning tezligidir. Internetdagi nutq ko'p jihatdan o'z xususiyatlariga ko'ra so'zlashuv nutqiga o'xshaydi. Xulosa qilib aytganda, elektron media tili va uni xususiyatlarini o‘rganayotganda qismlarga ajratish lozim. Boisi, elektron media tili tez rivojlanib bormoqda va ommaga ongida tez o‘rnashib qolmoqda. Televideniya, radio va internet tillari bir oila bo‘lgani bilan, ular turlicha. Har birini o‘ziga xos nozik jihatlari bor.