Foydalanuvchi:Maftunam1202/Ipak yo'lining vujudga kelishi.

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qadimgi savdo yo'llari:[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qadimda sharq bilan gʻarbni boʻgʻlab turgan savdo yoʻlidir.Buyuk Ipak yoʻli Vizantiya imperiyasi va Xitoy imperiyasi oʻrtasidagi buyuk ipak yoʻli (555-yil)

Marko Poloning 1271—1295-yillardagi sayohati 1-asrda Ipak yoʻli Dengiz, okean yoʻllari ochilmasdan oldin bu yoʻllar muhim ahamiyat kasb etgan.

Ipak yo'lining vujudga kelishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Buyuk Ipak yoʻli — insoniyat rivojlanishi tarixining, uning birlashuvga hamda madaniy qadriyatlari bilan almashishga, hayotiy fazo-yu mahsulotlarni sotish uchun bozorlarga erishishga intilishining oʻziga xos boʻlgan hodisasidir. Sharqda aytiladigan naqlga qaraganda: „Oʻtirgan — boʻyra, yurgan — daryo“. Harakatlanish — bu hayotdir, sayohat qilish, jahongashtalik doimo taraqqiyotning harakatlantiruvchi kuchi boʻlgan edi. Insoniyat tarixida eng ulkan boʻlgan ushbu qitʼalararo savdo yoʻli Yevropa va Osiyoni bir-biriga bogʻlab, oʻtmishda antik Rim davlatidan to Yaponiyaning qadimgi poytaxti Nara shahrigacha choʻzilgan edi. Albatta, sharq va Gʻarb oʻrtasidagi savdo oʻtmish qaʼriga choʻkkan qadim-qadim zamonlardan beri olib borilar edi, lekin bu kelgusida bunyod etilgan Buyuk yoʻlning aloxidagi qismlari edi. Savdo aloqalari hosil boʻlishiga Markaziy Osiyo togʻlarida yarim qimmatbaho toshlar — Sharqda nihoyatda qadrlangan lazurit, nefrit, aqiq, feruzalar qazib chiqariladigan konlarni topib, qazib olish koʻp jihatdan koʻmaklashgan. Masalan, Markaziy Osiyodan Eronga, Mesopotamiyaga va hatto Misrga lazurit toshi yetkazib beriladigan „lazurit yoʻli“ mavjud edi. U bilan bir paytda „nefrit yoʻli“ ham tarkib topgan, bu yoʻl Xotan va Yorkent tumanlarini Shimoliy Xitoy mintaqalari bilan bogʻlar edi. Bundan tashqari, Old Osiyo mamlakatlariga Soʻgʻdiyona va Baqtriya davlatlaridan aqiq toshlari olib ketilar edi, Xorazmdan esa feruza keltirilgan. Bu yoʻnalishlarning barchasi oxir-oqibat Buyuk Ipak yoʻliga kirib mujassamlashgan. Markaziy Osiyodan Gʻarbga va Janubga oʻtkazilgan karvon yoʻllarini hamda Xitoydan Sharqiy Turkistonga olib boradigan yoʻllarni oʻzaro bogʻlab bergan buyuk yoʻlning haqiqiy boshlanishini tarixchilar eramizdan avvalgi ikkinchi asrning oʻrtalarida, deb hisoblaydilar, oʻsha davrda xitoyliklar uchun ilk bora Gʻarb oʻlkalari — Markaziy Osiyo davlatlari kashf etilgan edi.

Chjan syan[tahrir | manbasini tahrirlash]

Chjan Syan ( miloddan avvalgi taxminan 103-yillarda) — xitoylik diplomat va sayyoh. Miloddan avvalgi 138 yil imperator Udu tomonidan g'arbga, yuyechjilar bilan xunnularga qarshi ittifoq tuzish maqsadida yuborilgan. Xunnular qoʻliga tushib qolib, faqat 10 yil oʻtgachgina qochishga muvaffaq boʻlib sayohatini davom ettirgan. Qaytishda yana hunnular qoʻliga tushgan, lekin tez orada qochishga erishgan. Miloddan avvalgi 115- yil elchilarga bosh boʻlib Xitoy chegaralaridan gʻarbdagi koʻchmanchi usun qabilasi hukmdori (gunmo) huzuriga joʻnatilgan. Chjan Syan uni Xitoy bilan ittifoq tuzishga koʻndirgan. Chjan Syan tomonidan Xitoydan Oʻrta Osiyoga bosib oʻtilgan yoʻl keyinchalik Yevropada Buyuk ipak yoʻli nomini olgan.

Adabiyotlar:[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rtveladze E. V. "Velikiy shyolkoviy put" Toshkent. 1999.