Foydalanuvchi:Maftunam1202/Idializm

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Idializm[tahrir | manbasini tahrirlash]

(yunoncha -idea - tasavvur, tushuncha) olam va odamning yaralishi, tabiat va jamiyatning mohiyati va rivojida ruhiy, moddiy bo‘lmagan omillarni ustuvor deb biluvchi falsafiy yo‘nalish. Idealizm tarixi buyuk yunon faylasufi Aflotun ta'limotidan boshlanadi. U turli xil falsafiy fikrlarni tahlil qilar ekan, o‘zini idealizm namoyandasi deya ochiq tan oladi. Xuddi shu davrdan boshlab falsafiy qarashlarda idealizm va materializm (moddiyunchilik) ta'limotlari paydo bo‘lgan. Idealizm o‘z taraqqiyotida bir qator davrlarni boshdan kechirgan. U Aflotun, Foma Akvinskiy, Shelling, Gegel, neotomizm yo‘nalishi namoyandalari ta'limotida ob'ektiv idealizm shaklida, Berkli, Yum va boshqa ba'zi hozirgi zamon G‘arb falsafiy fikri namoyandalari ta'limotlarida esa sub'ektiv idealizm shaklida, rivoj topgan.