Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi:Lily197

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
                                                               Ertak termini va unga muqobil atamalar.

Ertak epik turga mansub qadimiy janrlardan biri bo'lib ,xalq orasida g'oyat keng tarqalganligi ,asrlar davomida shakllangan milliy qadriyatlar, xalq turmush tarzi,an'analari va ur-odatlarini o'ziga xos tarzdaepik talqin qiladigan ,asosa, proffesional ijrochilar- ertakchilar tomonidan nasriy usulda og'zaki tarzda hikoya etish orqali ommalashishi, yaxlit poetik tizim sifatida shakllanganligi, o'ziga xos badiiy struktura va motivlar tarkibiga egaligi, hayotiy voqealikni xayoliy uydirma,fantastik talqin orqali ifoda etishi bilan xarakterlanadi.Ertak folklorning afsona , rivoyat, naql, latifa singari janrlarga yaqin turganligi sababli folklorshunoslikda bu tip xalq ijodi namunalari "xalq nasri janrlari"silsilasida ham tasniflanadi. Ertak o'zbek xalq nasrining asosiy janrlaridan biri hisoblanadi.Tarixiy asoslari qadimgi mifologiya va arxaik marosimlarning epik diffuziyasiga aloqador bo'lgan ertak janrida o'zbek xalqining ezgu g'oyalari, ruhiy -emotsional kechinmalari o'z aksini topgan.