Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi:Lebriss

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

ALISHER NAVOIY XALQPARVAR VA MEHR – SAXOVAT SOHIBI

Safarova E’zoza Faxriddin qizi O’rta maxsus, JIDU akademik litseyi, 1-kurs o’quvchisi

HYPERLINK "mailto:Ezozasafarova8@gmail.com" Ezozasafarova8@gmail.com

ANNOTATSIYA

   Alisher Navoiy o’z davrining buyuk mutafakkiri, turk olamining buyuk shoiri sifatida jahon badiiy tafakkuri tarixida o’z o’rni va maqomiga ega ijodkor bo’lishi bilan bir qatorda, xalqparvar davlat arbobi va saxovat saltanatining sultonidir.

Muruvvat borcha bermakdur -- yemak yo’q. Futuvvat borcha qilmakdir -- demak yo’q, Shoir nazdida, muruvvat insonparvarlik yuzasidan qilingan himmat,saxovat, o’zida bor narsalarni muhtojlarga berish bo’lsa, futuvvat esa odamlarga yaxshilik qilish va uni minnat qilmaslikdir. Xalqimiz ong - u shuurida azal-azaldan shakllanib kelgan ushbu fazilatlar Navoiy timsolida o’zining yanada yorqin ifodasini topdi. Buyuk olim Alisher Navoiyning hayot yo’liga nazar tashlaydigan bo’lsak,uning bunyodkorlik, doimo insonlarga yaxshilik qilishga intilish, hamisha xalq dardi,uning buguni va ertasi bilan yashash kabi oliyjanob xislatlari uning faoliyatida ham asosiy o’rin egallashiga guvoh bo’lamiz. Shu jumladan, uning mamlakat obodonchiligi va bunyodkorligiga qo’shgan hissasi beqiyosdir.Turli shaharlarda qurdirgan ko’plab madrasalar, 16 ko’prik, 52 rabot, 20 hovuz, 9 hammom, 2 ta to’g’on, 17 ta masjid va boshqa bir qancha inshootlari xalq manfaatini ko’zlab qilingan o’z davri me’morchiligining yuksak namunalari edi. Ular orasida Marvdagi ’’Xusraviya’’madrasasi, Hirotdagi ’’Xalosiya’’’xonaqohi, ’’Shifoiya’’ shifoxonasi,’’Dor ul- huffoz’’qiroatxonasi,’’Íxlosiya’’, ’’Nizomiya’’’madrasalari va ’’Únsiya’’majmuasi alohida ahamiyatga ega me’morchilik durdonalari edi. U xalqning madaniy hordiq olishini ko’zlab ko’plab bog’ va sayrgohlar qurdirgan Margáni bogí, Gozurgoh, Taxti Saripuli Sangkashon, Bogçhayi Shavqiya, Bobo So’xta va ’’Havzi mohiyon’’ imorati shular jumlasidandir. Mutafakkirning tarixiy-memuar ruhida bitilgan ’’Vaqfiya’’ asari ham uning ko’p qurilish va obodonchilik ishlariga bosh-qosh bo’lganligini yorqin dalili bo’lib, xususan, Ne’matobod mavzesi o’zining ahamiyati jihatidan aholini mehnat va tirikchilik vosialari bilan ta’minlaganligi borasida ma’lumot keltirib o’tadi Bu buqáki , to binosi bunyod o’ldi, El hojat ila faqrdin ozod o’ldi, Darveshu gániy ne’matidin shod o’ldi, Bu vajdin oti Ne’matobod o’ldi. Davlatshoh Samarqandiy bu borada shunday lutf etadi ’’Ulug’amirning imoratlari hamda xayr-ehsonlarining hammasini ta’riflab tugatib bo’lmas, chunki ularning hisob-kitobiga yetib bo’lmas’’. Xayr-u saxovat, mehr-u muruvvatda tengsiz bo’lgan Navoiy o’z asarlari orqali ham kishilarni ezgulikka chorlagan, bir-birini qo’llab-quvvatlashga da’vat etgan.Vaholanki, ’’Mahbub ul-qulub’’ asarida himmat va saxovat borasida o’zining qarashlarini bayon qilgan; ’’Saxovatni insoniyat bogíning mevali daraxtiga qiyoslasa, odamiylik mamlakatning mavjli ummoniga, bu ummonning bebaho gavhariga o’xshatadi.Saxovatni insonning jismi, himmatni esa uni joni deya ta’riflaydi. Shu jumladan, ushbu misra himmatsiz boy qiyosini keltiradi; Mol o’lub, gar yo’q kishining himmati, Ma’ni ahli oldida yo’q izzati. O’z navbatida, Sulton Husayn Boyqaro ham Hazrat Navoiyni ulug’lab, o’z maktublarini doimo shundayin so’zlar bilan bitar ekan;

   ’’Hidoyat egasi, sharaf va hurmatning qaytish joyi, din-u davlat egalarining sarasi, mulk-u millat egalarining yetakchisi, xayr-u ehsonlarni ta’sis etuvchi, xayr-u ehson muassasalariga ravnaq beruvchi, saltanat ustuni, podsholarni qo’lidan yetaklovchi, xoqon davlatining umidi, sulton hazratlarining yaqin do’sti, haqiqat va din nizomi amir Alisher…’’
      Ma’rifat va madaniyatning buyuk homiysi,xalq umidi  va ishonchi bo’lgan Hazrat Navoiyning insonparvarlik bobida qilgan ishlari, unga berilgan ta’riflarning o’zi ham uning nechog’lik buyuk himmat sohibi ekanligidan darak beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar roýxati; 1.Ochilov. E. Alisher Navoiy. – Toshkent O’zbekiston,2013. 2.Sirojiddinov. Sh . Alisher Navoiy manbalarning qiyosiy-tipologik,tekstologik tahlili – Toshkent;akadem nashr,2011.