Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi:KenjayevaSarvinoz/Oila — jamiyat negizi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Oilam – mening hayotim[tahrir | manbasini tahrirlash]

Annotatsiya: Oila deb qon-qarindoshlik, qarindoshchilik (nikoh orqali) yoki birga istiqomat qilish orqali bogʻlangan odamlardan iborat ijtimoiy guruhdir. Oilani bir katta daraxtga o'xshatsak, uning quvvati, tanasi va ildizi ota va onadir. Uning shohlari va mevalari esa biz farzandlarmiz.

Kalit so'zlar: oila, oiladagi tarbiya.

Oila — hayot abadiyligi va avlodlar davomiyligini ta’minlovchi qadriyatlar beshigi, kelajak nasllar uchun betakror tarbiya maskanidir. Har bir odam bu dunyoda baxt-saodatni faqat va faqat oilasidan topadi, har kimning qanday inson bo‘lib hayotga kirib borishi, avvalo, ulg‘aygan muhiti va oiladan olgan tarbiyasi bilan bog‘liq. Ma’lumki, oilani milliy qadriyatlarimiz hamda zamonaviy qarashlar uyg‘unligi asosiga qurish — kechagi kundan xulosa, bugunidan ma’no va ertangi kunga ishonch bilan yashayotgan xalqimiz tanlovi, mustahkam ma’naviy ildizlarga tayanib yashash saodatidir. Yer yuzida hayot paydo bo‘libdiki, odamzod mo’tabar ota-ona siymosi oldida hamisha ta’zim qiladi. Ota-onalarimizga sharqona ehtirom va e’zoz ko‘rsatish — biz uchun ajdodlarimizdan qolgan ibratli meros bo‘lib, bunday an’analarimizga doim sodiq bo‘lib yashaymiz. Bugun qator mamlakatlarda iqtisodiy inqiroz, qirg‘inbarot urushlar, tabiiy ofatlar, ichki mojarolar oqibatida fuqarolar himoyasiz, nochor va g‘arib ahvolda qolayotgan bir paytda yurtimiz oilalari tinch-omon, farovon turmush kechirmoqda. Buni barcha oilalar o‘z taqdiri misolida ko‘rib, anglab turibdi. Butun dunyo mamlakatlari oilalarida bo'lmagan urf-odatlar, qadriyatlar o’zbek oilalarida bor. Oila – bu bizning hayotimiz mazmunidir. Oiladagi eng muhim masalalardan biri bu farzand tarbiyasidir. Bu borada o'zbek jadidchilik namoyandalaridan biri Abdurauf Fitrat shunday degan edi: “Xalqning aniq maqsad sari harakat qilishi, davlatmand bo‘lishi, baxtli bo‘lib izzat-hurmat topishi, jahongir bo‘lishi yoki zaif bo‘lib xorlikka tushishi, baxtsizlik yukini tortishi, e’tibordan qolib, o‘zgalarga tobe va qul, asir bo‘lishi ularning o‘z ota-onalaridan bolalikda olgan tarbiyalariga bog‘liq”. Mamlakat hayotida yuz beradigan har qanday o‘zgarish, amalga oshirilayotgan islohotlar, avvalo, oilalarda namoyon bo‘ladi. Shu bois ham oilalarda tinchlik va osoyishtalik, sog‘lom muhit mo’tadilligini ta’minlash oldimizda turgan eng muhim vazifalardandir. Darhaqiqat, ahil va mustahkam oila — yurt tayanchi, uning ishonchli kelajagi, millat sharafini yuksaklarga ko‘taradigan mehr-muruvvat, ma’naviyat o‘chog‘i hisoblanadi. Zero, oilalarimiz tinch bo‘lsa, jamiyatimiz osoyishta, farovon, farzandlar esa to‘la-to‘kis ma’naviy-ruhiy muhitda voyaga yetadi. Davlat oilalari tinch-osoyishta bo’lsa, yurtda tinchlik hukm suradi va davlat yuksalaveradi. Har kim baxtli oilani, sizni kutayotgan va sizni sevadigan uyni orzu qiladi. Ko`p odamlar baxtni birinchi navbatda oilada ko`rishadi. Uy – bu butun oila, bu kichik vatan, undan Vatanga sadoqat, Vatanga muhabbat boshlanadi. Oila eng aziz, eng yaqin odamlardir. Oila – har birimiz ega bo`lgan eng muhim narsadir. Oila muqaddas va buyuk ne’mat hisoblangani uchun ham juda ko’p donishmandlar oilani tuzishni mamlakatni tashkil qilish kabi muhim deb biladilar. Oilaning barqarorligi va baxtli hayoti – shu mamlakatning yuzi, obro’yi deb qaraladi. Taraqqiy etgan davlatlarning o’z mamlakatlarida oilaga bunday katta e’tibor berishi, turli yo’llar bilan uning nufuzini ko’tarishga intilishi also bejiz emas. Alloh taolo hech bir ishni behikmat qilmaydi. Jumladan, erkak kishi oila rahbari bo'lsa va u o'z rahbarligini shariatda ko'rsatilgandek ado etsa, bunday oilalar baxt-saodatga erishadi, Inshaalloh. Bu ko'rsatmalarga yurmagan oilalar esa, baxtsizlikka uchramoqda. Shunday oilalardan tashkil topgan jamiyatlar ham kulfat va bebaxtlikka duchor bo'lmoqda. Aslida, bu rahbarlik mas'uliyatdir. Mas'uliyat bo'lganida ham, ulkan mas'uliyatdir. Ushbu mas'uliyatga binoan, erkak kishi oilasining, jumladan, ayolining homiyligini, boquvini, muhofazasini ado etmog'i lozim.

Yurtimiz oilaga jamiyatning asosiy negizi sifatida qarab, sog'lom oila muhitini yaratish, ona va bola salomatligini muhofaza qilish, sog'lom avlodni shakllantirish borasida juda ko'p xayrli ishlar amalga oshirilgan va hozirda ham davom etmoqda. O'zbek xalqi tarixiga nazar tashlaydigan bo'lsak, eng qimmatli an'analar: halollik, rostgo'ylik, or-nomus, sharmu hayo, mehru oqibat, mehnatsevarlik kabi barcha insoniy fazilatlar, eng avvalo, oilada shakllanishining guvohi bo'lamiz.

Bugungi kunda ham ana shu an'analarni davom ettirib, o'zbek oilalari oilaning sog'lom iqlimi, ota-onaning bir-biriga mehri va hurmati sharoitida, oila bag'rida farzandlarini el-yurtining munosib o'g'il-qizlari, Vatanining haqiqiy sodiq fuqarosi bo'lib voyaga yetishlarida jon kuydirmoqdalar.

Shu o'rinda men o'z oilamni ham tinch va farovon yurtimizdagi fayzli oilalar qatorida e'tirof eta olaman. Mening oila a’zolarim: otam, onam, ikki opam, akam, kelin oyim, jiyanlarim va men. Oilamizda har bir a’zoning o’rni bor. Otam arxitektor, ya’ni davlatimizda jadal islohotlar olib borilayotgan sohalardan biri qurilish sohasida faoliyat yuritadilar, ushbu qurilishlarni mustahkam qad rostlashi uchun otam o’z hissasini qo’shib kelmoqda. Onam 35 yil davomida o’qituvchilik kasbi bilan faoliyat yuritgan, ya’ni yurtimiz rivojlanishi uchun hissa qo’shuvchi yoshlarni tarbiyalab hozirda nafaqada. Opalarim turmushga chiqib o’z oilasi bilan baxtli yashab, farzandlarini tarbiyalab kelmoqda. Akam mudofa bo’limida ish olib borib, vatanga sitqidildan mas'uliyat bilan xizmat qilib kelmoqda. Kelinoyim hozirda farzand tarbiyasida. Jiyanlarim esa bolalik beg’uborliklari bilan oila davrasida o’sib ulg’aymoqda. Men yoshligimdan tibbiyot sohasiga qiziqib kelganman. Maktabni kumush medalga tamomlab 2020-yil Toshkent Tibbiyot Akademiyasi talabasi bo’ldim. Oila a’zolarim va mening orzuyim ushaldi. Men bu orzu bilan to’xtab qolmayman. Yanada ko’p maqsad va orzularim bor. Ularga yetishishda albatta oilam menga ko’mak bo’ladi! Men oilam bilan faxrlanaman. Oilam – bu mening hayotim!

      Sirdaryo viloyati 
       Sardoba tumani
          Nazarova Nigora

Foydalanilgan adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. . “Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch” Islom Karimov;
  2. . “ Yangi O’zbekistonda erkin va farovon yashaylik” Shavkat Mirziyoyev
  3. . Milliy ma'naviyatimiz asoslari. O'quv qo'llanma. “O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati” nashriyoti. Toshkent.
  4. . Karimov I.A. “Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo'lida xizmat qilish - eng oliy saodatdir”.

Havolar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • ziyonet.uz
  • natlib.uz