Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi:Javarasul00v

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kelajak uchun to'g'ri kasb tanlash!

Kasbni to’g’ri tanlash — bu muvaffaqiyatli kasbiy martaba uchun juda zarur, lekin yetarli bo’lmagan shart. Keyingi shartdan biri — kasbga erishish yo’lini tanlash.Bu yo'l birinchi navbatda kasbning o’ziga xos xususiyatiga bog’liq. Ba’zi mutaxassislar kurslarda faqat bir necha oy o’qishadi — masalan, dizayner yoki veb-dizayner bunga qo'shimcha ravishda hozirgi kunda yoshlarimiz IT ga bo'lgan qizishiqishi juda ham oshgan. Bugungi kunda aksariyat sotuvchilar ushbu kasbni ish joyida o’rganishmoqda. Bir necha yillik tayyorgarlikni talab qiladigan kasblar mavjud — shifokor, o’qituvchi, muhandis. G’alati, hali ham iqtisodchi, psixolog va shifokor kasbi oliy ma’lumot talab etilmasligiga amin bo’lgan yoshlar ham bor. Ehtimol, ko’pgina ta’lim muassasalarining va’dalari muhim rol o’ynaydi, bu kulgili qisqa vaqt ichida sizga universitet yoki akademiya diplomini va hatto xalqaro diplomni berishni va’da qiladi. Tezlashtirilgan dasturga ko’ra, sirtqida o’qigan va hatto pul evaziga imtihonlardan o’tgan jarrohning pichog’i ostiga tushmoqchi bo’lganlar qancha? O’qishni tark etgan me’mor tomonidan ishlab chiqilgan uyda yashashga nima deysiz? To'g'ri bu juda ham achinarli va g'alati!

Eng avvalo kasblar bilan yaxshiroq yaqindan tanishib chiqing.

Maktabni bitirish arafasida o'spirin yoshlar ko‘pincha kasblar haqida noto‘g‘ri tasavvurga ega bo‘ladi. Ular tanlagan kasblarining faqat ijobiy yoki aksincha salbiy jihatlarini ko‘rishadi. Bunda ota-onalar farzandlariga ko'proq  tushunchalarni berishlari kerak.

Siz 9-sinfdan boshlab asta-sekin o‘zingiz tanlagan yo‘nalish bilan tanishish maqsadida institut va universitetlardagi «Ochiq eshiklar» kunlarida ishtirok etish maqsadga muvofiq deb o'ylayman.

Bu bosqichdan o'tkaningizdan so'ng amaliyot bosqichini ham ko'rib chiqing!

Qaysi kasbni tanlash haqida bir qarorga keldingiz, deylik. Endi o‘zingizni shu yo‘nalishda sinab ko‘rishingiz kerak. Buning uchun turli o‘quv-guruhlari bo‘lgan ko‘plab ixtisoslashgan maktablar va kurslar mavjud bo‘lib, ular transport vositalari mexanikasidan tortib, tadbirkorlikkacha o'zingizni sinab ko‘rish imkoniyatlarini beradi.

Qarorni mustaqil qabul qiling!

Ota-onangiz tomonidan beriladigan maslahatlar foydali, lekin ular yakuniy qaror bo‘lmasligi, yordamchi ta'sirga ega bo‘lishi maqsadga muvofiq.

Yoki ota-ona o‘z yoshligida egallay olmagan, armon bo‘lib qolgan kasbga farzandini yo‘naltirishi ham noto‘g‘ri. Farzand – alohida shaxs va uning o‘z istaklari bor. Bu istaklar avvalroq armon bo‘lgan xohishlar uchun qurbon bo‘lmasligi kerak deb o'ylayman va shu sababli o'zingiz kelajakda kasbingizni mustaqil qabul qiling aziz yoshlar!

Yana bir ahamiyatli jihat bu oilaviy an'analarni davom ettirishga majbur emassiz!

Farzand onasi yoki otasining kasbini davom ettirmoqchi bo‘lsa, bu juda yaxshi. Ammo bunga uni majburlash juda ham noto‘g‘ri. Ya'ni otaning shu kasbda o‘z baxti va muvaffaqiyatini topgani o‘g‘ilda ham xuddi shu hikoya takrorlanadi degani emas.

Inson yoqtirmagan ishi bilan butun hayot davomida shug‘ullansa, o‘zini baxsiz his qiladi va hayotga bo'lgan qizishiqishi qolmaydi!

Umumiy xulosa qiladigan bo‘lsak:

– Sizni yaqindan biluvchi insonlar – oila a'zolaringiz, do‘stlaringiz bilan maslahatlashing va o‘zingizga qaysi kasb ko‘proq mos kelishi haqida so‘rab olishingiz va xulosa qilishingiz mumkin.

– Istaklaringiz va hayotdagi maqsadlaringizdan kelib chiqing va xulosa qiling .

– To‘plagan ma'lumotlaringizni chuqur tahlil qiling. «Hayotda menga nima kerak?» degan savolga javob berishga harakat qiling.

– Imkoniyat bo‘lsa, kasb tanlash bo‘yicha malakali mutaxassis bilan maslahatlashish maqsadga muvofiq deb o'ylayman.

==

Havolalar == SFuzYuRUXP[1]

  1. Javohir, Javohir „To'g'ri kasb tanlash“. https://sa=t&source=web&rct=j&url. Javohir Rasulov. Qaraldi: 7-aprel 2023-yil.