Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi:Husanjon05/qumloq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bu aniq belgilab berilgan muammolarni hal qilish maqsadida oʻrganuvchi guruhlar tomonidan gʻoyalarni yaratish uchun foydalanadigan usul. Boshqariladigan sharoitda va erkin  fikrlash muhitida jamoalar muammoga „ Biz qanday hal qilishimiz mumkin? “ savollari bilan murojaat qilishadi. Ular juda koʻp gʻoyalarni ishlab chiqaradi va potensial yechimlarni topish uchun ular  orasidagi aloqalarni oʻrnatadi. Mazkur metodda biror muammo boʻyicha taʼlim oluvchilar tomonidan bildirilgan erkin fikr va mulohazalarni toʻplab, ular orqali maʼlum bir yechimga kelinadi. „ Aqliy hujum “ metodining yozma va ogʻzaki shakllari mavjud. Ogʻzaki shaklida taʼlim beruvchi tomonidan berilgan savolga taʼlim oluvchilarning har biri oʻz fikrini ogʻzaki bildiradi. Taʼlim oluvchilar oʻz javoblarini aniq va qisqa tarzda bayon etadilar. Yozma shaklida esa berilgan savolga taʼlim oluvchilar oʻz javoblarini qogʻoz kartochkalarga qisqa va barchaga koʻrinarli tarzda yozadilar. Javoblar doskaga ( magnitlar yordamida ) yoki „ pinbord “ doskasiga (ignalar yordamida) mahkamlanadi. „ Aqliy hujum “ metodining yozma shaklida javoblarni maʼlum belgilar boʻyicha guruhlab chiqish imkoniyati mavjuddir[1].

  1. Kreativ fikrlash