Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi:Gulasal Ibaydullayeva/Andijon shahar tarixi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Shahar toponomiyasi haqida turli tadqiqodlar, har xil fikrlarni ilgari suradilar. Masalan, ba'zi manbalarda bu nom "andi", "azoq" uruğlari nomidan olingan deyiladi. Ammo, hozirgi kunda köplab olimlar yakdil fikrga kelishdi. Unga köra, "Andijon" nomi söğdcha "adoq", ya'ni "yakun", "oxir" va "kon" - "ariq", "soy" sözlarining birlashuvidan kelib chiqqan. Ya'nikim "Adoqkon" degani "Soyning oxirida joylashgan yer" ma'nosini anglatadi. Bu faraz hozirda öz tasdiğini topmoqda. Bilamizki, Andijon shahri Andijonsoy yoqasida, qadimgi Oqböyra soyi oxirida joylashgan.

Oʻrta asrlarda

Andijonning Ark qismida (hozirgi Bobur mahallasi) va Shahristonda olib borilgan arxeologik qazishlar natijasida 7 — 8- asrlarga oid buyumlarning topilishi uning Oʻrta Osiyodagi koʻhna shaharlardan biri ekanligini tasdiqlaydi. Oʻrta asrlarda shahar Arki mudofaa devorlari bilan oʻrab olingan. Arab xalifaligi davrida Andukon deyilgan. Andijon ilk bor yozma manbalarda 10-asr arab sayyoxlari Ibn Havqal va Muqaddasiy asarlarida Andukon shaklida qayd etilgan. 11 — asrda shahar Qoraxoniylar hukmronligi ostiga oʻtgan. 11—12 — asrlarda Fargʻona vodiysining yirik savdo va hunarmandchilik markaziga aylangan. Shahar moʻgʻullar istilosi davrida vayron etilgan va manbalarda qayd etilishicha, 13- asr oxirlarida moʻgʻul xonlari boʻlmish Tuva va Xaydu tomonidan qayta tiklangan. A. 14- asr 70-ylarida Fargʻona vodiysi bilan birga Amir Temur davlati tarkibiga kirgan. 15 — asr 2 — yarmidan A. Temuriylar davlatiga qarashli Fargʻona viloyatining poytaxti boʻlgan. Ayniqsa Umarshayx Mirzo va uning oʻgʻli Zahiriddin Muhammad Bobur davrida shaharda xoʻjalik, fan, madaniyat rivoj topgan.

“„Oshligʻi vofir, mevasi farovon, qovun va uzumi yaxshi boʻlur. Qovun mahalida poliz boshida qovun sotmoq rasm emas… Andijon noshpotisidan yaxshiroq noshpoti boʻlmas. Movarounnahrda Samarqand va Kesh (hozirgi Shahrisabz) qoʻrgʻonidin soʻngra mundin ulugʻroq qoʻrgʻon yoʻqtur. Uch darvozasi bor… Toʻqqiz tarnov suv kirar. Bu ajabdurkim bir yerdan ham chiqmas… Eli turqdur“….”— Bobur, „Boburnoma“ asaridan

1504-yildan Andijon shayboniylar qoʻl ostiga oʻtgan. 1710-yilda Qoʻqon xonligi tarkibiga kirgan va Rossiya Qoʻqon xonligini butunlay bosib olguniga qadar (1876-yil gacha) A. bekligining qarorgohi boʻlgan. Shaharda mahalliy xalqdan

tashqari Sharqiy Turkiston (Sinszyan)dan kelganlar ham yashagan. Shahar oʻzining hunarmandchilik buyumlari, ip va ipak gazlamalari bilan shuhrat qozongan.

19-asrdagi dahalari

19- asr oʻrtalarida Andijon 4 dahaga boʻlingan edi. Har bir dahaning qozisi, mingboshisi boʻlgan. Dahalar oqsoqol boshliq mahallalarga boʻlingan. 1877-yilda shaharga yondosh Xoqon (Xaqan) qishlogʻi aholisi koʻchirilib oʻrnida rus bosqinchilari uchun yangi shahar qurila boshladi. Shahar Rossiya bilan temir yoʻl orqali bogʻlangach (1899), qishloq xujalik mahsulotlarini qayta ishlaydigan dastlabki sanoat korxonalari vujudga keldi.

Qoʻzgʻolon

1898-yil Andijonda podsho hukumati maʼmurlarining zulmiga qarshi Dukchi Eshon — Muhammadali xalfa Sobir oʻgʻli rahbarligida xalq qoʻzgʻoloni boʻlib oʻtdi. Qoʻzgʻolon nihoyatda shafqatsizlik bilan bostirildi, koʻplab begunoh odamlar oʻldirildi, qoʻzgʻolon tashkilotchilari qatl etildi. 1916-yil Andijon mehnatkashlari podsho hukumatining mardikorlikka olish siyosatiga qarshi xalq qoʻzgʻolonida faol qatnashdi.

Zilzila

Andijon kuchli seysmik zonada joylashgan. 1902-yil 16-dekabrda 9 balli zilzila boʻlib, mahalliy aholi uylari butunlay vayron boʻldi[1].

  1. {{Veb manbasi}} andozasidan foydalanishda sarlavha= parametrini belgilashingiz kerak. „“.