Foydalanuvchi:Feruza13pro/Teshiktosh g'ori

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Teshiktosh g'ori[tahrir | manbasini tahrirlash]

Teshiktosh g‘ori – muste madaniyatiga mansub neandertal odam makonidir. Boysuntog‘ (Surxondaryo viloyati) dagi Zovtoloshsoy darasida dengiz sathidan 1500-1600 m balandlikda g‘orning shipi teshik (nomi xam shundan) balandligi 7 m, eni 20 m, chuqurligi 21 m. Saxni kiraverishiga nisbatan yuqoriga ko‘tarilib boradi.

Teshiktosh g‘orini birinchi marta 1938-39 yillarda akademik A.P.Okladnikov o‘rgangan. G‘orning madaniy qatlamlari uncha qalin bo‘lmagan sariq loyqa ostida saqlanib qolgan.

G‘orining topilishi Kaspiy dengizidan to Tinch okeanigacha bo‘lgan hududda olamshumul muhim kashfiyot hisoblanadi. Bu yerda 9 yoshli neandertal bolaning tanasi va bosh suyaklari qoldiqlarini topilgan.

Neandertal odamning tana suyaklari atrofida esa tog‘ echkisining shohlari tartib bilan terilib, uning atrofiga qizil rangli bo‘yoqlar sepib qo‘yilgan. Teshiktosh g‘orining ilmiy tadqiq qilish jarayonida 3 mingga yaqin mehnat qurollari, shu jumladan tosh pichoqlar, qirg‘ichlar hamda o‘tkir uchli paykonlar borligi aniqlangan.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

"Teshiktosh gʻori" OʻzME. T-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil