Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi:Feruza13pro/Sinergetika

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sinergetika[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sinergetika – sinergetika atamasi qadimgi yunon tilidan kelib chiqqan bo‘lib, birgalik, birlashgan holda, hamkorlik, ko‘maklashish, ishtirokchilik yoki ko‘maklashuvchi, yordam beruvchi degan ma’nolarni anglatadi. Sinergetikaning tadqiqot predmeti bo‘lgan tizimlar turli xil bo‘lib, turli fanlar, masalan, fizika, kimyo, biologiya, matematika, iqtisod, sotsiologiya, lingvistika va boshqa fanlar tomonidan o‘rganilishi mumkin. Ilmiy bilishning an’anaviy sohalaridan tashqari sinergetika har qanday tabiatga ega bo‘lgan tizim evolutsiyasining umumiy qonuniyatlarini o‘rganadi. 1980-yillarda Germaniyada bu fan sinergetika (G.Xaken), fransuz tillik davlatlarda – dissipativ tizimlar nazariyasi (I.Prigojin), AQSHda – dinamik tartibsizlik nazariyasi (M.Feygenbaum) deb atalgan. Unda rivojlanish tizimning barqaror holatiga muvofiq ravishda uzoq davrlar izchilligi sifatida tushuniladi. O‘rtada uzilish, ya’ni tartibsiz holatlarning qisqa davri (“bifurkatsiyalar”) ro‘y beradi. Undan keyin yana bifurkatsiya nuqtasida tanlangan fluktatsiyaga qarab keyingi barqaror holatga (“attraktorga”) o‘tiladi. Sintez (yunon.-ulanish) – analiz natijasida olingan qismlarni bir butunga birlashtirishdan iborat. Unda hodisalar o‘zaro bog‘langan, bir butun holda tadqiq etiladi, olingan natijalar umumlashtiriladi va xulosalar chiqariladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

B.A.Odilov "Antropologik va  etnologik tadqiqot usullari" Toshkent-2021