Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi:Feruza13pro/Seleng'ur g'ori

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Seleng'ur g'ori[tahrir | manbasini tahrirlash]

Selungur gʻori — Fargʻona vodiysi Soʻx tumanidagi qadimgi manzilgoh. Selungur gʻori - Fargʻona shahridan taxminan 100 km jan.gʻarbida, Haydarkonning gʻarbiy chekkasida joylashgan.

Bu ulkan gʻorning chuqurligi 120 m, kengligi 34 m va balandligi 25 m. Arxeologik qazish ishlari 1980-yildan buyon olib borilyapti. Gʻorda 20—40 sm qalinlikdagi beshta madaniy qatlam aniqlandi. Ular biron arxeologik qoldiqlarsiz toza qatlamlar (30—100 sm) bilan boʻlingan. Bu shundan dalolat beradiki, ibtidoiy odamlar mazkur gʻorda 5 marta yashaganlar va vaqt-vaqti bilan oʻz maskanlarini uzoq muddatga tark etishgan. Bu yerdan tosh qurollar, hayvon suyaklari qoldiqlari va arxantrop tipidagi odam qoldiqlari (10 ta tish va yelka suyagining boʻlagi) ning boy kolleksiyasi topildi. Ushbu kolleksiyada qoʻl choʻqmori, yirik tosh qirgʻichlar va pichoklar, koʻp miqdorda oʻyib ishlangan tishsimon qurollar mavjud. Ular, asosan, yashma, kremniyli chaqmoqtosh, kremniyli ohaktoshlardan tayyorlangan. Madaniy qatlamlardan 32 turdagi yirtqich, tuyoqli, mayda sutemizuvchi va kemiruvchi hayvonlarning suyak qoldiqdari topilib, tadqiq etiladi. Tadqiqotlar natijasida qadimgi davr tabiiy sharoiti, iqlimi xronologik davrini aniqlashga erishildi.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil