Foydalanuvchi:Feruza13pro/Og'zaki tarix

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Og'zaki tarix[tahrir | manbasini tahrirlash]

Og‘zaki tarix – “Og‘zaki tarix” atamasi paydo bo‘lganligiga ko‘p bo‘lmagan bo‘lsa-da, ammo og‘zaki tarix tushunchasi yangi emas, tarix paydo bo‘lishi bilan og‘zaki tarix vujudga kelgan hamda tarixning birinchi turi edi. XIX asr o‘rtalarida fransuz tarixchisi Ekol Normal, Sorbonna va Kollej de Frans professori Jyul Mishle “Fransuz inqilobi tarixi” (1847-1853) kitobining manbalari faqat yozma manbalar bo‘lmasdan, u esdaliklardan ham keng foydalangan. U 1798-yilda Parijda tug‘ilgan, ya’ni Bastiliya ishg‘ol qilinganiga hali o‘n yil ham to‘lmagan edi. U 10 yillar mobaynida Parijdan tashqarida og‘zaki esdaliklarni tizimli ravishda to‘plagan. Jyul Mishle rasmiy hujjatlar ma’lumotlarini aholining siyosiy qarashlari bilan uyg‘unlashtirishni maqsad qilgan edi. Og‘zaki tarixning “otasi” Pol Tompson “og‘zaki an’ana” deganda alohida insonlarning – dehqonlar, shaharliklar, qariyalar, ayollar, bolalar fikrlari yig‘indisini tushungan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

B.A.Odilov "Antropologik va  etnologik tadqiqot usullari" Toshkent-2021