Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi:Feruza13pro/Mikrotarix

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mikrotarix[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mikrotarix – mashhur bo‘lmagan kishilar, u yoki bu ijtimoiy qatlamning odatiy bo‘lmagan vakillari hayotini har tomonlama o‘rganish orqali tarixiy tadqiqotlar olib borish yo‘nalishidir. 1950–60-yillarda “mikrotarix” atamasi F.Brodel tomonidan ishlatilgan. Mikrotarix 1970-yillarda Italiyada vujudga kelgan. Bu boradagi dastlabki ishlar avval “Quaderni Storici” nomli jurnalda, keyinchalik Eynaudi nashriyotida Karl Ginzburg va Djovanni Levi tomonidan “Microistirie” nomli seriyada chop etilgan. 1970-yillarda Germaniyada ijtimoiy fanlarning tarixiy-tanqidiy vakillariga qarshi (X.U. Veler, X. Byome, Yu. Kokk, M. Shtyurmer) “davlat siyosatini o‘rganishdan va global ijtimoiy tizimlarni tahlil qilishdan kichik hayotiy voqeliklarga murojaat qilaylik” shiori ostidagi harakat boshlandi. Mikro tarixning paydo bo‘lishiga 1960-yillarda makro tarixiy tadqiqotlarning inqirozi sabab bo‘lgan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

B.A.Odilov "Antropologik va  etnologik tadqiqot usullari" Toshkent-2021