Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi:Feruza13pro/Midiya podsholigi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Midiya podsholigi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Midiya podsholigi. Midiya Eronning shimoli-g'arbida joylashgan qadimiy o'lkalardan biridir. Bu o'lkada  qadim zamonlardan boshlab midiya  

qabilalari yashaganlar. M. av. IX asrda  Midiya hududida qabilalar ittifoqiga asoslangan mavda davlatchalar mavjud bo'lib, qo'shni ossurlar bu yerga tez-tez hujum uyushtirib turgan. Ossurlar midiyaliklarni talab, ulardan xiroj undirganlar, shahar va qishloqlarga o't qo'yib. aholini qirg'inbarot qilib, bir qismini esa asir qilib havdab ketganlar. M.av. VIII asr oxirida Midiyaga kimmeriylar, m.av. VII asr boshlarida esa skif qabilalari bostirib kirgan. Ular Urmiya ko'li atrofidagi Sakasana viloyatiga kelib o'rnashadi. Skiflar shu yerdan turib Ossuriya va  

Urartu ustiga bosqin uyushtirib turgan. Skiflar va kimmeriylar mohir chavandoz, usta merganlar bo’lib,otlari katta tezlikda ketayotgan vaqtda ham dushmanlari ustiga o'q yog'dirib borar edilar. M. av. 672-yili midiyaliklar Kashtariti rahbarligida ossurlarga qarshi kurash boshlab, ularni Midiyadan haydab chiqaradi. Kashtariti Midiyadagi mayda davlatchalarni birlashtirib yagona davlat tuzishga bel bog‘laydi va ilk Midiya davlatini tuzishga erishadi. M. av. VII asr o'rtalariga kelib Midiya Qadimgi Sharqdagi qudratli davlatga aylanadi. M. av. 653-yili Midiya shohi Kashtariti ossurlar ustiga qo'shin tortadi. Ossurlar skiflami midiyaliklarga qarshi kurashga ko'ndiradi. Midiya qo‘shinlari ossur va skiflarning ikki tomondan bergan zarbalariga bardosh bera olmay yengiladi.Bu jangda Kashtariti halok bo'lib, Midiya m. av. 653-625-yillar orasida skiflar ta'siriga tushib qoladi. Kiaksar va Astiag davrida Midiya. M. av. 625-yili Kashtaritining o‘g'li Kiaksar Midiya podshosi bo‘lgach, skiflarni mamlakatdan quvib chiqaradi. Kiaksar Midiyadagi mayda davlatlarni birlashtirib, uni katta kuchli saltanatga aylantiradi. M. av. 614-yili Kiaksar qo'shinlari Ossuriyaga bostirib kirib uning poytaxti Ashshurni vayron qiladi va talaydi. Midiyaliklar Ossuriyadan behisob boylik va asirlar olib qaytadilar. Kiaksar Bobil podshosi Nabopalasar bilan harbiy ittifoq tuzib ossurlarga qarshi jang boshlaydi. M. av. 612-609-yillarda Bobil va Midiya qo‘shinlari ossur qo‘shinlarini yengib Ossuriyaning Nineviya va Ashshur shaharlarini yana vayron qiladilar. Bu mag‘lubiyatdan so’ng ossur qo‘shinlari g'arbga chekinadi. Ossurlar Misr bilan ittifoq tuzib, Bobil-Midiya birlashgan qo'shiniga qarshi kurashga otlanadi. M. av. 605-yilda Misr-Ossur qo’shinlari bilan Midiya-Bobil qo’shinlari o‘rtasida Karxemish yonida dahshatli jang bo‘ladi. Jangda ossur-misr qo'shinlari tor-mor etilib, shu bilan Ossuriya davlati ham barham topadi. Bu janglardan so‘ng shimoliy Mesopotamiyadagi Ossuriya yerlari Midiya ixtiyoriga o‘tadi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

A.Kabirov"Qadimgi sharq tarixi" Toshkent-2016