Foydalanuvchi:Feruza13pro/Matematik usullar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Matematik usullar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Matematik usullar – miqdoriy ma’lumotlar asosida voqelik va jarayonlarning miqdoriy, matematik modelini yaratishdir. Ularning ikkalasida ham tahlil uchun miqdoriy ko‘rsatkichlar asos bo‘lib xizmat qilganligi va materiallarni ishlash uchun matematik apparat qo‘llanganligi sababli ular o‘rtasida o‘xshashlik ko‘pligi uchun bu ikki atama aynan bir-biriga o‘xshash deb qabul qilinadi. Bu usul tarixiy tadqiqotlarda ham qo‘llanadi. Bu usul olinadigan zarur ma’lumotlarni o‘rganilayotgan obyektlarni to‘liq yoki saylab kuzatish natijasida ma’lumotlar olishni taqozo etadi. Bunda tadqiqotchi chop etilgan statistik materiallardan hamda o‘zi to‘plagan ma’lumotlardan foydalanishi mumkin. Lekin oddiy holatlarni tasniflash uchun bunday ma’lumotlar to‘liq bo‘lishi, o‘rganilayotgan jarayonning barcha tomonlarini o‘zida aks ettirishi lozim. Bu usul o‘rganilayotgan obyektning miqdoriy va sifatiy o‘xshashliklarini aniqlashga va umumlashgan ko‘rsatkichlarni olishga yordam beradi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

A.A. MADRAIMOV, B.А. ODILOV "TARIX FANINI O‘QITISHNING ZAMONAVIY USULLARI'' TOSHKENT-2020